Maqsadi:milliydinlarning o
’ziga xos xususiyatlariga ta’rif berish; yahudiylikning
vujudga kelishi va ta
’limotini, oqimlari va muqaddas manbalarini, veda, konfutsiychilik,
daosizm, sintoizm kabi milliy dinlarning vujudga kelish tarixini o
’rganish; milliy
dinlarning jahon dinlariga aylanmaganligi sabablarini tahlil qilish. YAHUDIYLIK DINI
Olti burchakli Dovud
yulduzi
– yahudiylikdagi
asosiy ramzlardan biri
Yahudiylik dini mil.av. 2000 yillarning oxirlarida Falastinda
vujudga k
еlgan. U yakkaxudolikni targ’ib qilgan birinchi dindir.
Yahudiylik dini faqat yahudiy xalqiga xos.
“Yahudiy” so’zi Ya'qub payg’ambarning o’g’li Yahudo
nomidan kеlib chiqqan. Yahudiy xalqining yana bir nomi Bani
Isroil
– “Isroil bolalari” bo’lib, Isroil – Ya'qub payg’ambarning
19
ikkinchi ismi, bani
– bolalar ma'nosini bildiradi. Yahudiy xalqiga nisbatan “yеvrеy”
atamasi esa
“yahudiy” so’zining bir shakli sifatida ishlatiladi.