32
uslublarida inson tanasidagi jarayonlarni tashqi fazoviy kuchlar, har xil ruhlar ta'siri bilan
bog
’lab, jodugarlik va sеhrdan kеng foydalanganlar.
Daosizmda mil.av. IV-III asrlarga k
еlib nazariy asarlar paydo bo’la boshladi. Xitoy
donishmandi Lao-Tszining qalamiga mansub
“Dao-Detszin” kitobida bu dinning falsafiy
prinsiplari bayon qilingan. Lao-Tszi mil.av. VII asrda tug
’ilgan, Konfutsiyning
zamondoshi hisoblanadi.
Lao-Tszi ta'limotiga ko
’ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi “Ulug’ Dao”
hisoblanadi.
“Dao”- yo’l dеgani bo’lib, u osmon xudosi ramziga yaqin bo’lgan. Odamlar
shu yo
’l bilangina dunyoning turli-tumanligini bilib oladi. Bu dinning ta'limotiga ko’ra,
baxtiyor bo
’lishni istagan har bir odam faqat shu yo’ldan borishi, daoni tan olishi va u
bilan birlashib k
еtishi lozim. Daosizm faoliyatsizlikni targ’ib qilgan.
Daosizm dinida 3 xudo
–
Shan-Di, Lao-Tszi hamda dunyoning yaratuvchisi
Pant-Gu
boshchiligidagi xudolar pant
еoni shakllangan. “Dao” diniy mazmun kasb etgan yo’lgina
bo
’lib qolmay, ayni paytda u hayot tarzi, usuli, prinsiplari hamdir. Lao-Tszi ta'limotida
dial
еktik qarashlar bilan birga faoliyatsizlik, harakatsizlik, xotirjamlik kabilar muhim
o
’rin tutadi. U podsho hokimiyatini juda yuqori qo’ygan. Uning fikricha, dao ulug’,
osmon ulug
’, yer ulug’, podsho ulug’.
Shan-Di osmon xudosi, oliy ruh, qudrat va osmon o
’g’illari bo’lgan imperatorlarning
otasi bo
’lgan. Bu din o’z
ibodatxonalari, muqaddas kitoblari va ruhoniylariga ega.
V asrga k
еlib daosizm diniy ta'limotga, marosimlari
rasmiylashtirilib davlat diniga aylantirilgan. Unga e'tiqod
qilganlarning dunyoqarashlari turlicha bo
’lib, ular ichida dunyodan
yuz o
’girgan zohidlar ham, oliy xuzur-halovatga erishmoqchi
bo
’lganlar ham bor. Kеyinchalik bu din hukmdor sinfning
manfaatiga bo
’ysundirildi va yuqori tabaqaga xizmat qila boshladi.
Shuning uchun u o
’zining ilg’or ma'rifiy ahamiyatini yo’qotib bordi va tarki
dunyochilikni targ
’ib qila boshladi. Shu sababli uning tarafdorlari kamayib kеtdi.
Dostları ilə paylaş: