Toshkent shahri – islom madaniyatining poytaxti Islom Konferensiyasi Tashkilotining ta
’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha
ixtisoslashgan tuzilmasi (ISESCO) faoliyatida har yili Osiyo, arab dunyosi va Afrika
bo
’yicha islom madaniyatining poytaxtlarini e’lon qilish o’ziga xos an’anaga aylangan.
2007 yilda bunday sharafli unvonga Toshkent (O
’zbekiston), Tripoli (Liviya), Fes
(Marokash) va Dakar (Senegal) shaharlari munosib topildi.
Toshkent shahriga islom madaniyati poytaxti degan yuksak nomning berilishi
nafaqat Toshkent, balki butun O
’zbekiston xalqi uchun ulkan tarixiy va madaniy-ma’rifiy
voqea bo
’ldi.