153
ISLOMDAGI DINIY LAVOZIMLAR, UNVONLAR VA MANSABLAR
(maqomiga ko
’ra)
Xalifa
– butun dunyo musulmonlarining diniy va dunyoviy oliy hukmdori;
Payg
’ambarning noibi, o’rinbosari; hozirda tarixga aylangan mansab.
Amir al-mo
’minin – mo’minlar amiri dеgani bo’lib, ilk islom davridagi xalifalar
(Muhammad payg
’ambar o’rinbosarlari)ning unvoni. Diniy, dunyoviy, harbiy hokimiyat
yakka hukmdor
– xalifa qo’lida jamlanganligi uchun bu vazifalarni bajaruvchilar
“xalifa”, “imom”, “amir” istilohlari o’rniga, har uchala mazmunni ifodalovchi yagona
ana shu
“Amir al-mo’minin” istilohi bilan atalgan. Bu unvonni birinchi bo’lib xalifa
Umar qabul qilgan. Undan k
еyingi barcha xalifalar ham shu unvon bilan atalganlar.
Muftiy
– “fatvo beruvchi”, “diniy qarorlar chiqaruvchi” ma'nolarini anglatadi;
sunniylikda oliy martabali ruhoniy; uning fikr va qarorlari fatvolarda bayon etilib,
musulmonlar uchun dasturilamal hisoblanadi; aqoid olimi, Qur
’oni Karimni sharhlovchi,
fatvo beruvchi, shariat hukmini bayon etuvchi qonunshunos; mamlakatning diniy
rahnamosi. Diniy qurultoyda saylanadi.
Dostları ilə paylaş: