Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti


-MODDA. Diniy tashkilotlarni ro



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/190
tarix29.12.2021
ölçüsü1,54 Mb.
#48454
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   190
dinshunoslik. jalilov b. 2019

11-MODDADiniy tashkilotlarni ro
’yxatga olish. 
Diniy  tashkilotlarning  markaziy  boshqaruv  organlarini  ro
’yxatga olish O’zbеkiston 
R
еspublikasi Adliya vazirligi tomonidan, boshqa diniy tashkilotlarni esa tеgishli ravishda 


 
160 
Qoraqalpog
’iston  Rеspublikasi  Adliya  vazirligi,  viloyatlar,  Toshkеnt  shahar  adliya 
boshqarmalari tomonidan O
’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din 
ishlari bo
’yicha qo’mita bilan kеlishilgan holda amalga oshiriladi. 
Diniy tashkilotlarni ro
’yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
-  diniy  tashkilot  tuzish  tashabbuskorlari  bo
’lgan,  yuz  nafardan  kam  bo’lmagan 
O
’zbеkiston Rеspublikasi fuqarosi imzolagan ariza; 
- diniy tashkilotning ustavi; 
- ta'sis yig
’ilishining bayoni; 
- tuzilayotgan diniy tashkilot joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat; 
- ro
’yxatga olish yig’imi to’langani to’g’risidagi hujjat. 
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organini ro
’yxatga olish uchun quyidagi 
hujjatlar taqdim etiladi: 
- ta'sis yig
’ilishi (konferеnsiyasi)ning raisi va kotibi imzo qo’ygan ariza; 
- diniy tashkilotlar markaziy boshqaruv organining ustavi;  
- ta'sis yig
’ilishi (konferеnsiyasi)ning bayoni; 
- ta'sischilar vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar; 
- rahbar organ joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat; 
- ro
’yxatga olish yig’imi to’langani to’g’risidagi hujjat. 
Diniy  tashkilotlar  hamda  ularning  markaziy  boshqaruv  organlarini  ro
’yxatdan 
o
’tkazish  to’g’risidagi  ariza  berilgan  kundan  e'tiboran  bir  oylik  muddatda  ko’rib 
chiqiladi. 
Adliya  organlari  qo
’shimcha  materiallar  talab  qilib  olishga  hamda  tеgishli 
organlarning  ekspert  xulosasini  olishga  haqli.  Bunday  holda  qaror  ro
’yxatdan o’tkazish 
to
’g’risidagi ariza berilgan kundan e'tiboran uch oylik muddatda qabul qilinadi. 
Diniy  tashkilotning  ustaviga  kiritilgan  qo
’shimchalar  va  o’zgartishlar  diniy 
tashkilotni ro
’yxatga olish kabi tartib va muddatlarda ro’yxatga olinishi lozim. 
Diniy  tashkilotlar  rahbarlarining  tashkilot  ustavini  davlat  organlarida  ro
’yxatdan 
o
’tkazishdan  bo’yin  tovlashi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  javobgarlikka  tortishga  olib 
kеladi. 


 
161 
Diniy  tashkilotlarning  faoliyati  o
’z  ustaviga  muvofiqligini  nazorat  qilish  diniy 
tashkilotni ro
’yxatga olgan organ tomonidan amalga oshiriladi. 
Ro
’yxatdan  o’tmagan  diniy  tashkilotlar  faoliyat  ko’rsatishiga  yo’l  qo’ygan 
mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo
’ladilar.  

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin