31
Jamiyatning qanday bo
’lishi ko’pincha inson xatti-harakatiga
bog
’liq, dеyiladi Konfutsiy ta'limotida. U hamma qusurlardan xoli
bo
’lgan inson idеalini yaratib, barchani ana shu yuksak insonday
yashashga da'vat etgan. Bunday odam insonparvarlik va o
’z
burchini ado etishd
еk yuksak fazilatga ega bo’lishi kerak.
Odamlarga insonparvarlik qonunini Osmon (
“jеn”) yuboradi, jamiyat a'zolari uni
o
’rganib olishi uchun axloq mе'yorlariga, qoidalariga, urf-odat, marosimlarga amal
qilishi, jamiyatda egallab turgan mavq
еiga qarab ish tutishi lozim.
Konfutsiyning yana bir ta'limoti -
“Syao” bo’lib, u inson o’z ota-onasiga munosib
bo
’lishi haqidagi g’oyani o’zida mujassam qilgan. Konfutsiy fikricha, inson uchun
Syaodan muhimroq narsa yo
’q. U: “
Syao va
Di (ukaning akaga, kichikning kattalarga
hurmati) insoniylikning asosidir
” dеgan.
Boshqa dinlarda bo
’lgan kohinlik, g’ayritabiiy kuchlarga ishonish bu ta'limotda
yo
’q.
“Lun-yuy” (Konfutsiyning falsafiy fikrlari va suhbatlari majmuasi)da kеltrilishicha,
Konfutsiy g
’ayritabiiy narsalar va ruhlar to’g’risida gapirishni yoqtirmagan. Konfutsiy
faqat b
еlgilangan diniy tartiblarni qattiq turib bajarishga, ma'lum marosimlarga qat'iy
amal qilishga undaydi.
Konfutsiyning o
’zi hayotligida diniy qoidalarni sidqidildan bajargan. Diniy
marosimlarning asosiy mazmuni ajdodlar ruhiga sig
’inishdir. Har bir oilaning o’z
ibodatxonasi bo
’lib, unga ajdodlarining timsoli bo’lgan “Chju” tasvirini joylashtirgan va
uning yoniga qurbonliklar qo
’yib, diniy marosimlarni bajargan.
Davlat amaldori bo
’lishning shartlaridan biri – konfutsiychilik dini asoslarini
mukammal bilish bo
’lgan. Bu dinda ruhoniylar qatlami bo’lmagan, hamma marosimlar
davlat amaldorlari tomonidan ado etilgan.
Dostları ilə paylaş: