Plеrosеrkoid 1 — 1,5 sm uzunlikdagi chuvalchang boʻlib, tanasining oldingi qismi yon tomonida ikkita tirqishsimon soʻrgʼichlari boʻladi. Plеrosеrkoid invaziyali (zararlovchi) davr — finnaga mos kеladi. Zararlangan balik gushtini odam, it yoki mushuklar еganida, ularning ichagiga yopishib olib 10-12m gacha uzunlikdagi voyaga yetgan parazitga aylanadi.
Qo'y miya qurti (Milticeps multiceps) asosiy xo‘jayini, asosan cho‘pon itlari, oraliq xo‘jayini qo‘y va boshqa ba’zi uy va yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. It ichidagi chuvalchangning uzunligi 40 mm dan 80 mm gacha bo‘lib, itlarga katta ziyon yetkazmaydi. Miya qurtining pufaksimon fmnasi yong‘oqdek yoki undan kattaroq bo‘ladi; uni senur deyiladi. Senur devorida parazitning yuzlab boshchasi hosil bo‘ladi. Bunday pufak qo‘y va boshqa hayvonlar miyasi yarimsharlaridan birida hosil bo‘lganidan hayvon faqat bir tomoni bilan aylana boshlaydi. Ana shuning uchun bu kasallik “gir aylanma” yoki “tentak kasali” deyiladi. Miya qurti bolalar orasida ham uchrab turadi.
Exinokokk (Echinococcus granulosus, 6 1-rasm) finnasi ancha yirik bo‘ladi. Voyaga yetgan exinokokk uzunligi 2-6 mm; uning asosiy xo‘jayini it, bo‘ri, chiyabo‘ri vatulki hisoblanadi. Parazitning tanasi 3-4 bo‘g‘imdan iborat bo‘ lib, asosiy xo‘jayiniga katta ziyon keltirmaydi. Asosiy xo‘jayini ichagidan chiqadigan onkosferali tuxumlari odam va ko‘pchilik o ‘txoʻr hayvonlar ichagiga tushganida lichinkasi ichak devoridan o ‘tib, qon orqali jigar, o‘pka va ba’zan boshqa organlarga boradi va finnaga aylanadi. Exinokokk finnasi juda katta, bolaning boshidek yoki undan ham kattaroq bo‘lishi mumkin. Sigir jigarida 64 kg og‘irlikdagi finna topilgan. Exinokokk finnasi juda sekin, bir yil davomida taxminan 1 sm gacha o ‘sadi. Pufak o'sgan sayin uning ichida yangi birinchi, ikkinchi, uchinchi va xokazo tartibdagi pufaklar paydo bo‘ladi. Pufaklar devorida, va uning ichidagi suyuqlikda parazitning juda ko‘p boshchalari suzib yuradi. Odam (ko‘pincha yosh bolalar) it juniga tegib, exinokokkni yuqtirishadi. Itlar va boshqa yirtqich sutemizuvchilar exinokokk bilan zararlangan organlami yoki kasal hayvonlarni yeb, parazitni yuqtiradi. Cho‘chqa tasmasimoni
bachadonining har bir tomonida 7-12 tadan, qoramol tasmasimonida esa
17-35 tadan yon shoxlari bo‘ladi. Cho‘chqa tasmasimoni uchun odam
faqat asosiy xo‘jayin emas, balki oraliq xo‘jayin ham bo‘lishi mumkin.
Iflos qo‘l orqali tuxumlar oshqozonga tushib qolganida, tuxumdan chiqa-
digan lichinkalar odamning jigari, miyasi, ko‘zi va boshqa joy larigaborib,
finnaga aylanadi. Finnalar og‘ir oqibatga, ba’zan o ‘limga sabab, bo‘ladi.
Zararlangan odam ko‘ngli aynab qayt qilganida ham uning barcha organ-
lari cho‘chqa tasmasimoni tuxumlari bilan yoppasiga zararlanishi mumkin.
Chunki odam ko‘ngli aynab qusgandabo‘g‘imlari uzilib oshqozonga chiqadi;
oshqozon shirasi ta’sirida tuxumlardan chiqqan lichinkalar ichki organlar-
ga borib finnaga aylanadi.
Xulosa:
Tasmasimon chuvalchanglar odam va hayvonlarga katta ziyon keltiradi. Kasallik tug‘diruvchi ko‘pchilik chuvalchanglar Cyclophyllidea va Pseudophyllidea turkumlariga kiradi. Birinchi turkumdan ichak ligulasi (Ligula intestinalis) baliqlarga ayniqsa katta zarar yetkazadi. Uning uzunligi 50- 80 sm bo‘lib, karpsimon baliqlar (qora baliq, zog‘ora, oqcha, qizil ko‘z) tana bo ‘ shlig‘ida parazitlik qiladi. Kasal baliqlar o ‘sishdan qolib, ko‘pincha halok boladi. Voyaga yetgan ligulaning uzunligi 1 m ga yetadi. U suvda suzuvchi va suv bo‘yida yashovchi baliqxo‘r qushlarning ichagida parazitlik qiladi. Ligula tanasi bo‘g ‘imlarga bo‘linmaydi, lekin germafrodit jinsiy organi tanasi bo‘ylab ko‘p marta takrorlanadi. Qush ichagidan suvga tushgan tuxumdan koratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka birinchi oraliq xo‘jayin diaptomus qisqichbaqasi tana bo‘shlig‘iga o‘tadi. Uning ikkinchi oraliq xo'jayini baliqlar diaptomus qisqichbaqasini yeb zararlanadi. Parazitning asosiy xo‘jayini bolgan qushlar esa kasallangan baliqlami yeb zararlanadi. Odam va sut emizuvchi hayvonlarga exinokokk, miya qurti, qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchanglari ham katta ziyon keltiradi. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi qoramol tasmasimoniga o ‘xshaydi, lekin undan bir munchakichikligi (uzunligi 2-3 m), boshida so‘rg‘ichlari bilan birga ilmoqlari bolishi, tanasining keyingi qismidagi yetilgan bo‘g‘imlari 5-6 tadan uzilib chiqishi bilan farq qiladi. Qoramol tasmasimonining boshida ilmoqlari bo‘lmaydi; yetishgan bo‘g‘imlari bittadan uzilib chiqadi va harakatchan bo‘ladi.Parazit chuvalchanglardan moneziya (Moniezia expansa) muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Moneziya otlar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib, og ‘ir ichak kasalligini paydo qiladi. Moneziya bilan kasallangan hayvonlar ko‘plab qirilib ketadi. Moneziya mayda finnalari sovutli kanalar (Oribatidae oilasi) tanasida rivojlanadi. Hayvonlar kanalarni o‘t bilan birga yutib zararlanadi.[6. 162-204b]
SESTODSIMONLAR (CESTODARIA) SINFI
Sestodsimonlaming tuzilishi ko‘p jihatdan tasmasimonlarga o‘xshash; hazm qilish sistemasi bo‘lmaydi. Lekin ularning likofora lichinkasida 6 ta emas, balki 10 ta embrional ilmoqlar bo‘ladi. Lichinka serkomerasi ko‘pincha voyaga yetgan davrida ham saqlanib qoladi. Hamma sestodsimonlaming tanasi bo‘g ‘imlarga bo‘linmagan; jinsiy apparati ham bitta bo‘ladi. Jinsiy sistemasi germafrodit, juda ko‘p follikular urug‘donlardan va bitta ikki bo‘lakli tuxumdondan iborat. Sariqdonlari rivojlangan; bachadoni alohida teshik orqali tashqariga ochiladi. Jinsiy qini rivojlangan. Boshqa organlari tasmasimonlarga o ‘xshash bo‘ladi. Sestodsimonlarning tipik vakili amfilina (Amphilina foliacea) osetrsimon baliqlarda parazitlik qiladi. Tana shakli bargsimon oval, uzunligi 5 sm. Voyaga yetgan davrida ichakda emas,balki tana bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Oraliq xo‘jayini ayrim yonlab suzarlar (Amphipoda turkumi) va ayrioyoq qisqichbaqasimonlar (Mysidacea turkumi) hisoblanadi. Oraliq xo‘jayini tanasida protserkoid tipidagi lichinkasi bo'lgan qisqichbaqasimonlar bilan asosiy xo‘jayini tanasiga o'tib, voyaga yetadi. Amfilina amfilinalar (Amphiilidea) turkumiga kiradi. Girokotilidlar (Gyrocotylidea) turkumi vakillari ximeralar (akulasimon baliqlar) ichagida parazitlik qiladi. Yassi tanasining keyingi qismida yopishuv diski, oldingi qismida kichikroq so‘rg‘ichi bo‘ladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasining keyingi qismida serkomerasi bo‘ladi. Girokotilidlar monogeneyalar bilan tasmasimon chuvalchanglarning tuzilishi belgilarini o ‘zida mujassamlashtirgan oraliq formalar hisoblanadi.
Amfilina.
1 - bachadon teshigi, 2 - urug'donlar,
3 - bachadon, 4 - sarig'donlar,
5 - tuxumdon, 6 - ootip,
7 - jinsiy qin, 8 -jinsiy qin teshigi,
9 -erkaklik jinsiy teshigi. 10-urugʼ yo'li
Xulosa:
Yassi chuvalchanglar orasida ichaksiz kiprikli chuvalchanglar eng sodda tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Kipriklilar gipotetik planulasimon bo‘shliqichlilardan kelib chiqqan. Ichaksiz kiprikli chuvalchanglardan to‘g‘ri ichaklilar kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Yassi chuvalchanglarning boshqa hamma guruhlari filogenetik jihatdan ana shu to‘g ‘ri ichaklilar bilan bog‘langan. Hozirgi parazit yassi chuvalchanglar filogenetik jihatdan to‘g‘ri ichakli kiprikli chuvalchanglar ajdodlari bilan bog‘langan. Qadimgi to‘g‘ri ichaklilaming evolyutsiyasi uch xil yo‘nalishda borgan. Ulardan biridan xozirgi to‘g ‘ri ichaklilar, qolgan ikkitasidan parazit yassi chuvalchanglar paydo bolgan. Erkin yashovchi hayvonlaming parazitlikka о ‘tishi bir necha yo‘nalishda borgan bo‘lishi mumkin. Bu jihatdan "kvartirantlik” deb ataladigan simbioz diqqatga sazovor. Simbiozning bu xilida hayvonlardan biri, ya’ni kichikrog‘i boshqasi (yirikrog‘i) tanasidan pana joy sifatida foydalangan. Hozirgi monogeneyalarning kiprikli chuvalchanglarga o‘xshaydigan ajdodi ana shunday kvartirant bo‘lgan. Ular baliqlar jabrasi, terisi yoki suzgichlariga yopishib olib, dastlab yuqoridan bu joyga tushadigan mayda organizmlar yoki baliq tanasidan ajraladigan shilimshiq modda bilan oziqlangan kvartirant keyinchalik xo‘jayini tanasini jarohatlab, o ‘ziga bitmas-tuganmas oziq topib olgan; asta-sekin qon va xo‘jayin tanasi to'qimasi bilan oziqlanishga o ‘tib, parazitga aylangan. Qadimgi monogeneyalami parazitlikka o ‘tishi tog‘ayli baliqlar (ximeralar va akulalar) ning paydo bolishi bilan bog‘liq. Monogeneyalar evolyutsiyasining asosiy yo‘nalishi dastlab organning takomillashuvi, ya’ni parazitni xo‘jayin bilan bog‘lanishini yanada mustahkamlanishiga yordam beradigan yopishuv diskini mukammallashuvidan iborat bo‘lgan. Ayrim hollarda ektoparazitlik ichki parazitlikning paydo bo‘lishiga olib kelishi ham mumkin. Bu jarayonni tushuntirishda yuqorida ta’riflangan baqa ko‘p so‘rg‘ichlisini misol keltirish mumkin. Hozirgi monogeneyalar orasida ham baliqlarning og‘iz bo‘shlig‘i, halqumi va qizil о ‘ngachida parazitlik qiladigan turlari bor. Extimol, evolyutsiya davomida dastlab jabralarda parazitlik qilgan hayvon asta-sekin og‘iz bo‘shlig‘i orqali ichak bo‘shlig‘ida parazitlik qilishga o‘tgan. Ana shu yo‘l bilan qadimgi monogeneyalardan tasmasimonlar va sestodsimonlar kelib chiqqan. Yuqorida girokotilidlami morfologik jihatdan monogeneyalar bilan tasmasimonlarning tuzilish belgilariga ega bolishi ko‘rsatib o ‘tilgan edi. Ana shunday dalillarga asoslanib, ektoparazit monogeneyalami o ‘rganish orqali endoparazit tasmasimonlaming kelib chiqishini tushuntirib berish mumkin. Endoparazit hayot kechirishga o ‘tish parazitlaming tuzilishini yanada soddalashuviga, ya’ni ichak va sezgi organlarining yo‘qolishiga, jinsiy organlami yanada kuchliroq rivojlanib, seфushtlikning ortishiga sabab bo‘lgan. Individlar sonining ortishi ba’zan ikkilamchi tarzda lichinkalik metagenez (pedagenez)ning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq (exinokokk, miya qurti). Evolyutsiya davomida ayrim sestodsimonlaming oraliq xo‘jayini paydo bo'lgan (amfilina). Ektoparazitlaming tarqalishida oraliq xo‘jayin katta ahamiyatga ega emas. Shuning uchun ularning hayot siklida oraliq xo‘jayin bo‘lmaydi. So‘rg‘ichlilar evolyutsiyasi simbiotik munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lsada, tasmasimon chuvalchanglarga nisbatan boshqacha borgan. Hozirgi so‘rg‘ichlilar hayot siklining mollyuskalar bilan bog‘liqligi nazarda tutiladigan bo‘lsa, ularning evolyutsiyasi qadimgi erkin yashovchi kipriklilaming mollyuskalar bilan simbiotik munosabatlariga borib taqaladi. So‘rg‘ichlilaming to‘g ‘ri ichakli kipriklilarga o ‘xshash lichinkasi suv tubidagi toshlar ostidayashagan yoki mollyuskalar chig‘anog‘idan panajoy sifatida foydalangan. Chuvalchang chig‘anoqdan jabra bo‘shlig‘ida kvartirantlikka, asta-sekin mustaqil oziqlanishdan parazit yashashga o ‘tgan. Molluska ichiga o ‘tishi bilan parazit juda qulay oziqlanish imkoniyatiga ega; tashqi muhitning noqulay sharoitidan yaxshi himoyalangan bo‘ladi. Bu xol parazit tuzilishining soddalashuviga, uning tashqi muhitga chiqishidan rivojlanishiga imkon berdi. Ilgari xo‘jayin tanasidan chiqib, tashqi muhitda voyaga yetadigan parazit, endi undan chiqmasdan ko‘payishga va rivojlanishga o ‘tadi; parazit hayoti geterogeniya xususiyatiga ega boladi, ya’ni hayot sikli ikki xil jinsiy naslning almashinuvidan iborat bo‘lib qoladi. Uning tuzilishi soddalashib, germafroditlikdan partenogenetik urg‘ochilikkao‘tadi; erkin yashovchi nasli esa germafrodit bo‘lib qoladi. Trias davrida suyakli baliqlarning paydo bo‘lishi bilan so‘rg‘ichlilaming hayot siklida ikkinchi oraliq xo‘jayin ham paydo bo‘lgan; germafrodit erkin yashovchi nasi ham parazit yashashga o‘tadi. Germafrodit naslning ancha keyinroq parazit yashashga o‘tishi uning tuzilishida erkin yashovchi yassi chuvalchanglarga xos belgilar (jinsiy, ayirish, hazm qilish sistemalari va boshqalar)ning borligi bilan isbotlash mumkin.[5. 328-340b]
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umurtqasizlar zoologiyasi O. Mavlonov, Sh. Xurramov, X. Eshova Toshkent 2006 y. (133-160 b)
2. Umurtqasizlar zoologiyasi O. Mavlonov, Sh. Xurramov, Z. Horboyev Toshkent "Oʻzbekiston" 2002 y.(131-161 b)
3.Muhаmmаdiеv А.M. Umurtqаsiz hаyvonlаr zoologiyasi Toshkеnt
O’qituvchi. 1976 y. (253-271 b.)
4.Dubovskiy G.P, А.M.Ummаtov Umurtqаsizlаr zoologiyasi. (qo’llаnmа)
Toshkеnt. 1996 y. (163-174 b.)
5.Nаtаli V.F. Zoologiya bеzpozvonochnix M. 1988 y. (328-340 b.)
6.И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s. 162-204 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
Dostları ilə paylaş: |