Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVIII) Mavzu: Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVIII) Reja: Kirish i-bob. Misrning Usmoniylar bosqini arafasida va undan keyingi davr tarixi



Yüklə 66,22 Kb.
səhifə4/6
tarix22.12.2023
ölçüsü66,22 Kb.
#190674
1   2   3   4   5   6
Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVIII) Mavzu Misr Us-fayllar.org

Napoleon ekspeditsiyasining Misrga kelishi.
Fransiya XVIII asrda Hindiston va G’arbiy yarimshardagi koloniyalaridan

mahrum bo’lgandan so’ng, u o’z mustamlakachilik siyosatini O’rtayer dengizi


sharqiy sohillariga qaratdi. Uning koloniyalari Angliya qo’liga o’tib ketgan edi. O’rtayer dengizi hududlari masalasida ham Fransiyaning asosiy raqobatchisi Angliya hisoblanar edi. Fransiya hukumati Avstriya va Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzganidan so’ng faqatgina Angliya bilan urushga tayyor holatda edi. Direktoriya Angliyaga qarshi urush olib borishni rejalashtirgan edi, lekin Fransiya dengiz floti kuchsizlanib qolgan edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun Fransiya bir nechta rejalarni ham ishlab chiqqan edi, lekin masalani yana bir muhim tomoni shunda ediki bu davrda Angliya dengiz hukmdori edi va Fransuz harbiy dengiz flotini erkin, talofotlarsiz harakatlanishi qiyin edi. Fransiya Angliyaga qarshi flotini Irlandiyaga (bu yerda inglizlarga qarshi harakatlar qo’llab quvvatlanar edi) yoki Usmonlilar imperiyasining bir necha joylariga tushurishni rejalashtirdi. Angliya istilochilik kuch – qudratini yo’q qilish, Direktoriya hukumatini Hindistondagi inglizlar egallagan boy hududlarini olib qo’yish maqsadida ekspeditsiya tuzishga qaror qiladi. Hindistonga olib boradigan asosiy yo’llar arab mamlakatlari hududidan o’tgan edi. Shu maqsadda Misrni egallash zaruriyati tug’ildi va Misr asosiy Angliyaga qarshi harakatlar maydoniga aylandi. Misr rasman usmonlilar sultonligi tarkibida edi, lekin bu davrga kelib ham ichki ham tashqi siyosatida mustaqil bo’lib olgan edi. Sulton hukumati esa Fransiyaning Misrga nisbatan har qanday harakatiga hayrixox ekanligini tan oldi. Napoleon boshchiligidagi qo’shinni Irlandiyaga tushirilishiga ishongan Angliya hukumati Gibraltar bo’g’ozini berkitib qo’ydi. Ekspeditsiya 1798 yilning 19 mayida maxfiy ravishda Tulon, Genuya, Ayachcho va Chivitavekke portlarini tark etib, birlashgan holda janubga tomon yo’l oldi. Napaleon Bonapart boshchiligidagi Misrga bo’lgan ekspeditsiya (1798 – 1801 y.) shu maqsadni harbiy kuch yordamida oshirishga bo’lgan ilk harakat edi.39 Misrni qo’lga kiritish Sharq bozorlariga bo’lgan yo’lni ochib berishi kerak edi. Napalaeon davridayoq Suvaysh kanalini qazish loyihasi ishlab chiqilgan, lekin bu loyiha amalga oshmay qolgan. Birinchi zabt etilishi kerak bo’lgan nuqta bu Malta oroli edi. Bu yerda Malta ordeni joylashtirilgan edi. Malta ordeni Jazoirlik qaroqchilarga qarshi tuzilgan bo’lib, u ham og’ir ahvolga tushib qolgan edi. U yerdagi ritserlar ham Fransiyaning dushmanlari Angliya va Rossiya bilan dostona aloqada edilar, hattoki ingliz qo’shinlar ba’zan Maltani o’z harakatlarini olib borish uchun vaqtinchlaik makon qilar edilar. 1798 yilning 11 iyunida Maltada kutilmagan holatda katta fransuz floti paydo bo’ldi va ichimligi suvi g’amlab olish uchun ruxsat so’radi, lekin maltaliklar faqatgina birgina kemaga ruhsat berishdi, umumiy kemalar soni 400 ta edi. Fransuzlar bunga qarshi ultimatum e’lon qilishdi, malataliklar urushga tayyorgarlik ko’rib yuborishdi. Fransuz floti Maltaga bir nechta desantlarni tushirdi va ular qisqa vaqat ichida orolni egalladilar. Ritsirlar ularga qarshilik ko’rsata olmadilar, aksincha yollanma qo’shinga olinganlar qurollarini topshirib frasuzlar tarfiga o’tib ketdilar. Shu yerda Napoleon ikki ming kishilik qo’shinini qoldirib Misr tomon yo’l oldi. Napaleonning bu harakatlaridan habardor bo’lgan ingliz razvedka hizmati, General Nelson boshchiligida eskadra yubordi. Bu vaqatga kelib Malta egallangan va fransuzlar nomalum yo’nalishda janubga tomon yo’l olgan edilar. General Nelson fransuz qo’shinlarini Misrga yo’l olganini taxmin qilib, o’zi ham Aleksandriyaga yo’l oldi, lekin u yerda fransuz qo’shinlariga duch kelmadi va ikkinchi asosiy maskan deb taxmin qilgan Istambulga yo’l oldi. U yerda ham fransuz qo’shinlariga duch kelmadi va Misrdan kelgan kema Napoleon qo’shinlari Aleksandriyani egallaganligi haqidagi habarni olmagunga qadar Dardanella bo’g’ozini berkitib qo’ydi. 1 iyul kuni tunda Napoleon qo’shinlari Aleksandriyaga kelib tushdi va ertasi kuniyoq Aleksandriyani egalladilar. Fransuz floti admiral de Bryuesa boshchiligid Aleksandriya yaqinida qoldi va u kemalarni berkitish uchun biron panaroq joy toppish buyurig’ini oldi. Asosiy qo’shin esa Qohira tomon yo’l oldi. Yuqorida aytib o’tilganidek hukumat turklarga emas, balki, mamlyuklar qo’liga o’tib ketgan edi. 21 iyul kuni fransuz qo’shinlari mamluklar yo’lboshchilari Murod – bey va Ibroxim – bey bilan to’qnash keldilar, bu jang tarixda “Ehromlar yonidagi jang” nomi bilan mashhurdir. Fransuzlar urush olib borish taktikasida kuchliroq bo’lganliklari uchun va zamonaviy qurol – yaroqqa ega bo’lganliklari uchun urushda katta talofatlarsiz g’alaba qozondilar. Piramidalar yonidagi jangda fransuzar mamlyuklarni mag’lubiyatga uchratib, Qohira tomon yo’l olishadi. Mag’lubiyatga uchragan Murod – bey va Ibroxim – beylar Qohirani tark etib berkinishga majbur bo’ldilar. Harbiy kuch – qudratni yo’qotgan bo’lishlariga qaramasdan mamlyuklar mamlakatda siyosiy mavqeylarini saqlab qoladilar. Qohirqni eggalagandan so’ng Napoleon general Devu boshchiligidagi qo’shinni Yuqori Misrni eggalash uchun yubordi. O’zi esa mamlakatni egglash uchun bir necha tadbirlar olib bordi va xalqni o’zi tomon og’dira boshladi. Bu davrga kelib fransuzlar mamlakatni yarmisini egallab bo’lishadi. Bu kabi g’alabalarga qaramasdan fransuzlar Misrda ko’p vaqt qola olmaydilar. General Nelson boshchiligidagi ingliz floti 1798 yili 1 avgustda Abukir yaqinida fransuz flotini mag’lubiyatga uchratadi va fransuzlarni yordam kuchlaridan mahrum qiladi. Bu jang qanday bo’lib o’tganini aytib o’tadigan bo’lsak, Fransuz floti (13ta kema, 4 ta fregat 10 kishi bilan, 1183 ta qurol - yaroq) Abukir ko’rfazida vitse – admiral F. Bryues boshchiligida turgan bo’lgan. 1 avgust kuni kutilmagan holda ingliz floti (14ta kemada 8 ming kishibilan, 1012ta qurol – yaroq) Abukirda paydo bo’ldi. Urish taxminan soat 19 larda boshlangan. Fransuzlarning eng kuchli 5ta kemasiga qarshi Nelson 8ta kemani qo’yadi, 4ta kema esa qirg’oq tomondon turib o’t ochishadi, qolgan ikki kema esa fransuzlarning markaziga zarba beradi. Soat 21ga yaqin fransuzlarning eng kuchli kemalari va markaz batamom mag’lub etiladi. Soat 12da 2 avgust kuni kont – admiral P.Sh. Vilnyov mag’lubiyatni tan oladi. Bu jang natijasida fransuzlar 11ta kema, 2 ta fregat, 6 ming kishidan ziyod qo’shindan mahrum bo’ladilar. Inglizlar esa 900 kishidan mahrum bo’ladilar. Bu sonlarning o’zi shuni ko’rsatib turibdiki fransuzlar qanchalik talofat ko’rib, boshlari egik holda Misrni tashlab ketishga majbur bo’lganliklarini. Buning natijasida Napoleon Bonapart va uning 30 ming kishilik qo’shini bilan aloqa uzilib qoladi. Napoleon o’zini mamlyuklar zulmiga qarshi kurashuvchi qilib ko’rsatib, u “Ollohni, uning payg’ambarini va Qur’onni hurmat qilishini” aytadi. Mamlyuklardan ko’ra fransuzlar qishloq axolisini yomon ahvolga tushirib qo’yadilar. Fransuzlar mamlyuklardan ham ko’proq soliq va yig’imlar yig’ib ola boshlaydilar. 1798 yil oktabr oyida Qohirada fransuzlarga qarshi qo’zg’alon bo’lib o’tadi. Al – Azxar masjidi bu safar ham qo’zg’alon markazi hisoblanadi. Napaleon bu qo’zg’alonni qiyinchilik bilan bostiradi. Turk sultoni Salim III Fransiyaga qarshi urush e’lon qiladi. 1799 yili Rossiya va Angliya bilan ittifoq tuzib Suriya orqali fransuzlarga qarshi yurish yurish qilindi. Turklardan oldin Suriyani egallash maqsadida fransuz qo’shinlari 1799 yili erta bahorida janubiy Suriyaga bostirib kirib, Akkani egallashad, lekin ikki oylik qamaldan so’ng Misrga qaytishga majbur bo’ladilar. Napoleonning Misrga qilgan ekspeditsiyasi faqat urushlardan iborat bo’lib qolmadi. O’sha davr fransuz olimlari Misrda bir necha tadqiqot ishlarini olib
borganlar, buning yaqqol misoli sifatida fransuz olimi Fransua Shampaleon ko’sak bo’ladi. U insoniyatga xali nomalum bo’lgan Misr ierogliflarini kashf etib, o’qishga
muvaffaq bo’ladi. Fransua Shampaleon kashf etgan tosh nomi hozirda “Rezet toshi” arabchasiga “ حجر رشيد “ deb ataladi. 20 mayga kelib chekinish boshlandi. Napoleon Bonapart turklarni mag’lubiyatga uchrat oladigan holatda edi, lekin napoleon tuzoqda ekanligini bilib qoldi. Napoleon Bonapart 23 avgust kuni qo’mondonlikni general Kleberga topshirib Fransiyaga qaytib ketadi, chunki Direktoriya o’gir ahvolga tushib qolgan va muxolifatga qarshilik qila olmay qolgan edi va 9 oktabr kuni Fransiya yaqinidagi Frejyuse portiga kelib tushadi. Fransuzlarni Misrdagi bir necha g’alabalariga qaramasdan, ularning ahvollari yomonlashib qolgan edi. Fransuzlarga qarshi xalqning nafrati oshib bordi. 1800 yil mart oyida Qohira yaqinida fransuz va turk armiyasi urush olib borayotgan paytda, poytaxt aholisi qo’zg’alon ko’tarib, fransuz qo’shinlarini bir qismini mag’lubiyatga uchratadilar. General Kleber o’ldiriladi. Bir oy ichida ittifoqchilar fransuz armiyasi bilan to’qnashib turdilar. Qishloq joylarda baddaviylar fransuzlarga qarshi partizan urushini olib bordilar. 1801 yil sentabr oyida Misrni tark etdilar, bu davrga kelib ular 27 ming nafar askarlarini yo’qotgan edilar. 1801 yilda mamlyuklar, turklar va inglizlar o’z harakatlarini kuchaytirib, fransuzlarni Misrni tashlab chiqib ketishga majbur qildilar. 1801 yilgi fransuzlar evakuuatsuyasi davrida mamlyuklarning bir qismi ular bilan birga olib chiqib ketiladi, Napoleon ularni o’z otxonasiga oladi va keyinroq ulardan otliq qo’shin tuzadi. 1812 yilgi rus – fransuz urushi davrida mamlyuklar deyarli yo’q qilib yuboriladilar.



Yüklə 66,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin