Missionerlik va prozelitizmning siyosiy-ijtimoiy xavfi Reja: Missionerlik va prozelitizm tushunсhalari, mazmun-mohiyati va mintaqaviy xususiyatlari
Missionerlik va prozelitizm tushunchasihamda uning kelib chiqishi
O'zbekistonda missionerlik va prozelitizmning oldini olishning huquqiy asoslari hamda diniy tolerantlik
O'zbekistonda missionerlik va prozelitizmning oldini olishning huquqiy asoslari
O'zbekistonda diniy bag'rikenglik va konfessiyalararo hamkorlik –missionerlik va prozelitizmni oldini olishning asosi sifatida
Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug'aviy va istilohiy ma'nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim. Ushbu so'z lotin tilidagi «missio» fe'lidan olingan bo'lib, «yuborish», «vazifa topshirish», miesioner esa "vazifani bajaruvchi" degan ma'nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi. Turli lug'atlar va manbalarda missionerlikka ko'plab ta'riflar berilgan. Ularning deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar atroflicha tavsiflangan. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan "Jahon kitobi" entsiklopediyasida "Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o'z diniga targ'ib qilish vakiritish uchun yuborilgan inson",- degan fikr qayd etilgan. 2005 yilda Moskvada nashr etilgan "Kirill va Mefodiyning katta entsiklopediyasi"da esa «Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o'z e'tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati», - degan ta'rif keltirilgan. Umuman olganda, turli lug'atlar va manbalarda bayon etilgan ta'riflar bir-biriga juda yaqin va o'xshash bo'lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik —bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ'ib qilishni anglatadi. Missionerlik bilan bir qatorda prozelitizm haqida ham gapiriladi.
Prozelitizm (prozelit, lat.proselytus «yangidinga kirgan», «o'z o'rnini topgan, kelgindi») :o'zgalarni o'z diniga kiritish, o'z e'tiqodini yoyish, ko'chma ma'noda esa yangi qabul qilingan ta'limotga o'ta sadoqatli bo'lish. Bundan —prozelit ko'p holllarda yangi dinga kirgan kishi ma'nosini anglatadi. Prozelitizm hamma dinlarda ham yoqlanmaydi. Bir qator dinlarda, masalan yahudiylikda prozelitizmdan(dinni o'z jamoasidan tashqarida yoyishdan)voz kechiladi va o'z jamoalariga qo'shishni bir qator ongli ravishda o'tishga tayyorgarlikni talab etuvchi shartlar bilan chegaralaydilar.Prozelitizm to'g'ridan-to'g'ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o'z dinidan voz kechishga va o'zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi.2U o'z mohiyatiga ko'ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham ko'rish mumkin. Xususan, bizga qo'shni bo'lgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo'yish bilan bog'liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon ota-onalari o'z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini o'z musulmon birodarlari yotgan joyga qo'yishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.Shuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi o'z o'g'lini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, o'z nabirasini musulmon urf-odatlariga ko'ra xatna qildirishni istagani tufayli ota-bola o'rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma'lum Xristian yoki boshqa dinni qabul qilgan qizning turmushga chiqishi ham muammoga aylanmoqda. Oilada qizning ota-onasi musulmon. Albatta, ular o'z qizlarini musulmon kishiga turmushga chiqishini istaydilar. Ammo xristianlikni qabul qilgan qizga musulmon kishining uylanishi amri mahol.Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o'zi ham missionerlikning tarkibiy qismi bo'lgan prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda xristianlikning ayrim yo'nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo bo'lishi orqali dinlararo nizolarning kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi.Ma'lumki, xristianlikning ayrim yo'nalishlarida "Missionerlik har bir dindor uchun shart", -deb hisoblanadi. Iso Masihning o'ziga 12 havoriyni tanlab olishi va ularni Isroilning qishloqlari bo'ylab da'vat qilish uchun yuborgani haqida Marqdan rivoyat qilingan "Injil"da keltirilgan quyidagi so'zlar bunday qarashlar uchun asos qilib olinadi:"... 15. Iso shogardlariga dedi: «Butun jahon bo'ylab yuringlar va hamma tirik jonga Injil Xushxabarini targ'ib qilinglar".Bunday da'vat Mattodan rivoyat qilingan «Injil»da ham mavjud. Unda Iso havoriylarga yaqinlashib, shunday degani qayd qilinadi:"19. ...barchaxalkdardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh nomi bilan cho'qintiringlar.Yuqoridagi kabi chaqiriqlarni «Injil»dan yana ko'plab topish mumkin. Ammo missionerlar o'z faoliyatini tashkil etishda asosan qayd etilgan dalillarga tayanadilar.Missionerlar, odatda o'z qarashlarini asoslash uchun Luqodan rivoyat qilingan "Injil"da Iso Masihning o'z shogirdlarini turli qishloqlarga yuborgani haqidagi quyidagi so'zlarni keltiradilar, intilayotganlarini ham ta'kidlash zarur. 1-oktyabr' –“O'qituvchilar va murabbiylar kuni”ni nishonlash bayrog'i ostida ayrim protestant yo'nalishidagi tashkilotlarning g'ayriqonuniy yig'inlar o'tkazishga urinishlarining oldi olingani bunga misol bo'la oladi. Kishilar faoliyatiga g'oyaviy mazmun baxsh etish, e'tiqodiy tarbiyani amalga oshirish, inson tafakkuri va dunyoqarashini o'stirish va o'zgartirishda badiiy adabiyot o'ziga xos o'rinni egallaydi. Aynan mana shu xususiyatlar missionerlarning badiiy adabiyotdan o'z maqsadlari yo'lida foydalanishga intilishini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, missionerlar o'z maqsadlari yo'lida badiiy adabiyot namunalari mazmunini buzib talqin qilishdan ham toymayotganini qayd etish lozim. Ayrim missionerlar respublikamizda masihiylikni targ'ib qilishda Alisher Navoiy she'rlaridagi muayyan misralardan foydalanishga intilayotgani ham fikrimizning isboti bo'la oladi. Masalan: Bir qadah bersang, qo'yarmen butqa yuz, ey piri dayr,Ikkisin olib, boshimg'a hasbatan lilloh, kel.Garchi kelmay –kelmay o'lturding Navoiyni valek,Ey Masih, oning mazori boshig'a goh –goh kel.Mazmuni: Ey dayr piri “Tarsolar ibodatxonasi boshlig'i” agar menga bir qadah bersang butga sig'inaman. Sen ikkitasini olib, Olloh uchun yonimga kel. Ey Masih, sen Navoiyni yoniga kelmay o'ldirding, endi uning mozori boshiga goh –goh kel. Bu misralarda badiiy tasvir vositasi sifatida “qadah”, “but”, “piri dayr”, “Masih” so'zlari ishlatilgan.La'lini sevdim, ko'zining qatlidin qayg'urmog'um,Ne g'am o'lmakdin kishi bo'lsa Masiho birla do'st.Mazmuni: Men yorning la'lini (lablarini) sevdim. Jallod ko'zlarining qatl etishidan qayg'urmayman, chunki Masiho bilan do'st bo'lgan kishining o'lmoqdan g'ami bo'lmaydi. Yuqoridagi misralar “talmeh san'ati”ning, ya'ni joy, tarixiy shaxslar, payg'ambarlar, avliyolar nomlarini o'z fikrini ifoda etishi uchun badiiy tasvir vositasi sifatida ishlatishning yorqin namunasidir. Alisher Navoiy asarlarida shunday ruhda yozilgan hamda Iso va Masih nomlari istifoda etilgan misralarni ko'plab topish mumkin. Talmeh she'riy san'ati Navoiygacha, uning ustozlari ijodida ham ko'plab uchraydi. Bundan aslo ular xristian (nasroniy) diniga e'tiqod qo'yganlar degan xulosa kelib chiqmaydi. Zero, Alisher Navoiy islom dini va shariat ahkomlarining peshvosi va homiysi bo'lgan. Barcha payg'ambarlar qatori Iso Masihni ham ehtirom bilan tilga olgan. Сhunki ularning nomlari va faoliyati Qur'oni karimda qayd etilib, tegishli baho berilgan. Jumladan, Alisher Navoiyning xristianlikni targ'ib qilgani haqida gapirmoqdalar. Ushbu misol ham missionerlarning o'z niyatlariga erishish yo'lida hech narsadan qaytmasliklarini yana bir bor tasdiqlaydi.Iegovochilar musulmonlarga “Iegovo” Allohning 99 ismidan biri, degan fikrni singdirishga intilish barobarida o'z e'tiqodlarining to'g'riligini asoslashda jumladan “Qur'on”ning quyidagi oyatidan foydalanadilar:“Va ular senga va sendan oldin nozil qilingan narsaga iymon keltirarlar va oxiratga aniq ishonarlar” (Baqara surasi, 4-oyat).Iegovochilar ta'kidiga ko'ra, oyatdagi “sendan oldin nozil qilingan narsaga”, degan so'zlarda “Tavrot” va “Injil” nazarda tutilgan. Ularning fikricha, ushbu oyat “Bibliya”ning muqaddas kitob ekanini tasdiqlaydi. Mufassirlar qayd qilganlaridek, ushbu so'zlar haqiqatan ham “Tavrot” va “Injil”ga ishora qiladi. Ammo islom aqidasiga binoan “Qur'on”da zikr etilgan “Tavrot” va “Injil” hozirda mavjud emas. Zero, bugungi kunda shu nom ostida istifoda qilinayotgan kitoblar o'zgartishlarga uchragan.Shuningdek, iegovochilar o'zlarining go'yoki, haq ekanini asoslash uchun “Qur'on”dagi quyidagi oyatdan ham foydalanishga harakat qilishadi:
“Agar ular “Tavrot”ga, “Injil”ga va ularga Robbilaridan nozil bo'lgan narsaga amal qilganlarida edi, albatta, tepalaridan ham, oyoqlari ostidan ham (rizq) yegan bo'lardilar...”(Moida surasi, 66-oyat). Qayd etilgan oyatni o'zlarining manfaatlariga mos tarzda talqin qilib, ular musulmonlar ongiga “Qur'on” ham “Tavrot” va “Injil”ga amal qilishni buyurmoqda, degan g'oyani singdirishga harakat qilishadi. Ammo ularning bunday da'volari mutlaqo asossizdir.Missionerlar o'z maqsadlariga erishish yo'lida hech narsadan qaytmasliklarini yuqorida ham ko'rgan edik. Mazkur holatda ham shunday yo'l tutilayotganini qayd etish lozim. Сhunki iegovochilar o'z manfaatlariga xizmat qilmagani uchun ushbu oyatning bir qismini “unutib qo'yadilar”. E'tibor berilsa, oyat o'zining to'liq shaklida va musulmon ulamolari tafsirida mutlaqo boshqacha mazmun kasb etadi:“Agar ular “Tavrot”ga, “Injil”ga va ularga Robbilaridan nozil bo'lgan narsaga amal qilganlarida edi, albatta, tepalaridan ham, oyoqlari ostidan ham (rizq) yegan bo'lardilar. Ulardan mo''tadil toifalar ham bor. Ularning ko'plarining qilgan narsalari juda ham yomon” (Moida surasi, 66-oyat).1Mufassirlar ushbu oyatni sharhlar ekanlar undan murod Olloh tomonidan nozil qilingan “Tavrot” va “Injil”dagi oxirzamon payg'ambari kelishi va barcha unga ergashishi lozimligi haqidagi buyruqqa amal qilishdir deganlar. Islom e'tiqodiga binoan “Tavrot” va “Injil”ning asl nusxalari mavjud bo'lgan taqdirda ham, baribir yuqoridagi buyruqdan boshqasiga amal qilish bekor qilinardi.“Qur'on”ning muqaddasligini inkor etish, unda izchillik va davomiylik yo'qligini ta'kidlash,unda noto'g'ri ma'lumotlar va ziddiyatlar ko'pligini “yoritish” ham iegovochilar targ'ibot yo'lining tarkibiy qismi hisoblanadi. 1Qur'oni Karim ma'nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. –T.: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2007y, 65-b.
Shu bilan birga, ular “Islom tanazzulga yuz tutmoqda va nasroniylik barcha millatlar orasiga kirib bormoqda”, degan qarashlarni tarqatishga alohida e'tibor berayotganini ham qayd etish lozim Ayni paytda, “Iegovo shohidlari” o'z “tushuntirish” ishlarida kishilar kundalik hayotda duch kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning ko'pligini go'yoki, bugungi jamiyatda otashparastlik, butparastlik elementlari ko'payib borayotgani bilan bog'lamoqdalar. Ularning fikricha, kishilarning “Iegovo shohidlari” ta'limotini qabul qilishi yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketishning yagona va eng to'g'ri yo'li hisoblanadi.Xususan, iegovochilar pravoslavlikning aqidaviy asoslarini xato, “iblisona” deb bilgan holda, u bilan shu jumladan, Markaziy Osiyoda kurashishni o'zining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'lon qilganini ta'kidlash zarur.2007 yilning iyunida ular tomonidan Сhirchiq shahridagi Rus pravoslav cherkovining “Svyatoy Georgiy pobedonosets” erkaklar monastiri hududida ibodatga kelganlar orasida o'z adabiyotlarini tarqatishga uringanlarini ham bu yo'ldagi amaliy harakatlar jumlasiga kiritish mumkin.Natijada missionerlar faoliyati ustidan O'zbekistonda e'tiqod qiluvchilarning soni bo'yicha musulmonlardan keyin ikkinchi o'rinda turadigan pravoslavlik vakillaridan ham ko'plab shikoyatlar tushmoqda. Pravoslav ruhoniylari, ularning ta'biri bilan aytganda, bunday «sektantlar»ga qarshi kurashish lozimligini tobora qat'iy va astoydil talab qilmoqdalar. Bugungi kunda turli diniy sektalar ham o'z tarafdorlari sonini ko'paytirish maqsadida missionerlik bilan shug'ulanmoqdalar. Xususan, mintaqamizda yangicha nasroniylik yo'nalishidagi diniy-mistik harakat hisoblangan “Pastor Mun cherkovi”birlashmasi faoliyat olib borgani fikrimizning isboti bo'la oladi. Ayni paytda, bu tashkilot tarafdorlari “Toshkent ayollarining butun dunyoda tinchlik uyushmasi” va “Qiynalgan yoshlarning uyg'un rivojlanishi” nomli jamoat tashkilotlari niqobida ham faoliyat ko'rsatgan. Bir necha bor qonun talablarini buzgan va ochiq missionerlik harakatlarini namoyish etgani uchun 1994 yilda tegishli tartibda rasmiy diniy tashkilotlar ro'yxatidan chiqarilgan. Mazkur tashkilot rahbarlari mamlakatdan chiqarib yuborildi.1960-yillarning o'rtalarida jahonda diniy e'tiqod borasida kutilmagan o'zgarishlar ro'y berdi. Jumladan, AQShda qabul qilingan qonun-qoidalar, shuningdek, V'etnamdagi urushga qarshi harakat shiori ostida yoshlarning “Satanistlar”-“shayton malaylari” deb nomlanuvchi oqimi shakllandi. Ularning ta'limotiga ko'ra, shaytonning Xudodan farqi uning insonga bu dunyoda yaxshiga qarshi yomon borligini bildiruvchi va Yer yuzida fahsh, alkogol', narkotik kabi dunyo lazzatlari borligini o'rgatuvchi ekanidir. Rossiyada bu oqim vakillari qabr va muqaddas sanalgan obidalarni buzish kabi turli nomaqbul ishlarni amalga oshirganlar. O'zbekistonda satanistlar faoliyati aniq holatlarda kuzatilmagan. Ammo, ayrim hollarda “satanistlar” kabi kiyinib olgan 5-6 kishidan iborat yoshlar guruhi fuqarolar tarafidan kuzatilgani aniqlangan.Qozog'istonda paydo bo'lgan va ba'zan “Quyoshga topinuvchilar” (“Solntsepoklonniki”) deb atalayotgan sekta ham O'zbekistonda faoliyat yuritishga harakat qilmoqda. Ko'pchilik hollarda “Farxat Ata” (yoki “Alla ota”) sektasi, deb ataladigan ushbu sektaga Farxot Muxammadovich Abdullaev va uning turmush o'rtog'i Nina Abdullaevalar tomonidan asos solingan. Qozog'istonning Olma-ota viloyati Сhundja uyg'ur tumanida tug'ilgan Farxot Abdullaev uzoq vaqt davomida traktorchi bo'lib ishlagan. Nafaqaga chiqqach, turli yo'llar, asosan gipnoz va go'yoki, o'zi o'ylab topgan “Quyosh formulasi” yordamida odamlarni davolash bilan shug'ullangan. Tibbiy faoliyatidan “shifo topganlar” soni ko'payaborgan F.Abdullaev o'zini “borliqning yaratuvchisi” deb e'lon qiladi.
Sekta barcha dinlarni inkor qilib, faqat Farxot ota va uning ayoliga ibodat qilish kerak, degan g'oyani olg'a suradi. Sekta asoschilari tomonidan ishlab chiqilgan “davolash” jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:1. Quyidagi "Hayot formulasi"ni yodlash va tez-tez o'qib turish. “Alla Nina ona Yaratuvchi Farxot ota Alla Oyam 37 40 6 8 10 Alla Borliq Lazzami Alla Uyg'ur Oyam Alla”.Bu yerda Alla –go'dak, oyat -“Yaratuvchi” tomonidan boshqariladigan Quyosh energiyasi, lazzam –sevgi, uyg'ur –“ yangi ong”, “yangi tsivilizatsiya” ma'nolarida ishlatiladi.Formulada keltirilgan 37 raqami F.Abdullaevning (1937), 40 raqami uning turmush o'rtog'i Nina Abdullaevaning (1940) tug'ilgan yillarini bildirsa, 6 raqami ularning farzandlari, 8 cheksizlikni hamda Farxot ota oila a'zolari (Farxot ota, Nina ona va 6 farzand) sonini ifodalaydi. 10 raqami esa “Yaratuvchi” kuchining ifodasi, deb talqin qilinadi. Bunda 1 raqami Farxot otaning, nol' esa Quyoshning ifodasi deb bilinadi.2. Kuniga kamida 3 daqiqa Quyoshga uzluksiz tikilib turish.3. Etken –choy iste'mol qilish(bayxachoyiga sut va tuz solinadi).Sekta izdoshlari orasidagipnoz ko'p ishlatiladi. Qozog'istonda sekta izdoshlari orasida ruhiy kasallikka chalinish va o'z jonigaqasd qilish holatlari uchragach, jamoa faoliyati taqiqlangan.Jamoa rahbari, “borliqning yaratuvchisi” Farxot Abdullaev 2007 yil 17 iyunda vafot etgan.Ushbu sekta tarafdorlarining faoliyati Qoraqalpog'iston hududida kuzatilgan. Ko'rilgan tezkor tadbirlar natijasidabunday harakatlarning oldi olingan.
Umuman olganda, yuqoridagi kabi sektalar, missionerlik tashkilotlari faoliyatiga chek qo'yish mintaqa mamlakatlari oldida turgan dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolayotganini ta'kidlash zarur.Missionerlik va prozelitizm keltirib chiqarayotgan tahdidlarning mohiyati bizga qo'shni bo'lgan mamlakatlarda ham tobora chuqurroq anglanmoqda. Natijada, hamma vaqt ham samarali bo'lmasa-da, muayyan choralar ko'rilmoqda. Xususan, Qozog'istonda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonun 1992 yil 15 yanvarda qabul qilingan edi. 2001 yilda qonunning yangi tahriri tayyorlangan, u parlamentning quyi va yuqori palatalarida ma'qullanib, Prezidentga imzolash uchun taqdim etilgan edi.Ko'plab xalqaro tashkilotlar mazkur qonunning yangi tahriri Qozog'istonda inson huquqlari va erkinliklarining buzilishiga olib keladi, deb ayhannos solganlaridan so'ng davlat boshlig'i uni ko'rib chiqishni Konstitutsiyaviy kengashga havola etgan, u esa o'z navbatida qonunni tasdiqlamagan edi. Shu tariqa, missionerlar diniy adabiyotlarni xohlagan joyda tarqatish, uyma-uy yurib targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, o'quv yurtlari, jazoni ijro etish muassasalarida bemalol faoliyat olib borish imkoniyatini saqlab qoldilar. «Iegovo shohidlari» kabi tashkilotlar vakillarining davlat madhiyasini ijro etishdan, ushbu oqimga mansub yuzlab yoshlarning armiyada xizmat qilishdan va saylovlarda qatnashishdan bosh tortishi tabiiy bir holga aylandi. Iegovochilarning qon quyishga qarshilik ko'rsatishlari natijasida esa bolalar o'limining sodir bo'lishi davom etdi.Yuqoridagi kabi omillar ta'sirida yuzaga kelgan vaziyatni quyidagi raqamlarda ham ko'rish mumkin. Bugungi kunda Qozog'istonda 49 diniy konfessiyaning, jumladan, musulmonlarning 2200 ta, Rus pravoslav cherkovining 280 ta diniy tashkiloti faoliyat ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, mamlakat aholisi tarkibidagi ulushi 1 foizdan ham kam bo'lgan protestantlarning 1300 ta diniy tashkiloti emin-erkin ish olib borayotganinini ham alohida qayd etish lozim. Ma'lumotlarga ko'ra, ular AQSh, Koreya va boshqa mamlakatlardagi missionerlik tashkilotlaridan doimiy ravishda moliyaviy ko'mak olib kelmoqdalar.1Shu o'rinda yana bir holatni qayd etish zarur. Tojikiston va Qirg'iziston davlatlarida ham diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solish, kishilarning vijdon erkinligi bilan bog'liq huquqlarini ta'minlash va himoya qilishgaqaratilgan amaldagi qonunlarni qayta ko'rib chiqish va yangi tahrirda qabul qilish bo'yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Demak, yaqin istiqbolda ushbu mamlakatlarda ham demokratik qadriyatlar poymol qilinayotgani haqidagi da'volar yangray boshlashiga shubha qilmasa ham bo'ladi.Missionerlar tomonidan bu dunyoda moddiy-ma'naviy ko'mak, oxiratda esa abadiy rohat va'dasini olgan prozelitlar ham qarzdor bo'lib qolmaydi. Missionerlar onglari yetarlicha o'zgartirilgan prozelitlarga cherkovga xayr-ehson qilishni taklif qilishadi.Oila a'zolaridan biri yangi konfessiyaga a'zo bo'lgach, uydagi jihozlarni sotib, cherkov hisobiga o'tkazgani, hatto xayr-ehson uchun uydagi pullarni o'g'irlashgacha ham borganini isbotlovchi hayotiy misollarni istagancha topish mumkin, xushchaqchaq o'tgan va qanchalik yorqin xotiralar qoldirgan bo'lmasin, uni hayf ketgan, deb hisoblayverishi mumkin”, deb yozgan edi donishmandlardanbiri. Shunday ekan, yoshlarimizning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish, kasb-hunar, foydali mehnatga o'rgatish, turli to'garaklar faoliyatini jonlantirish, sport klublarida qulay imkoniyatlar yaratib berish ham ko'zlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Yoshlarni missionerlikva prozelitizmtahdidlaridan himoya qilish haqida gap ketar ekan, yana bir jihatga alohida e'tibor berish lozim. Yoshlarimizda o'z kuchiga va bilimiga ishonch kuchli. Bunday ishonch ko'zlangan maqsadlarga erishish va hayotiy-amaliy faoliyatdagi sobitlikning asosidir. Ammo bu hushyorlikni yo'qotib qo'yishga, zamonaviy fan yutuqlariga tayangan holda o'z faoliyatini tobora takomillashtirib borayotgan missionerlarni mensimaslikka zamin yaratmasligi lozim. Bunday mensimaslik, hushyorlikni yo'qotish hamisha og'ir oqibatlarga olib keladi. Bizda bir bolaga yetti mahalla tarbiya beradi. Farzand noqobil chiqsa yetti mahalla isnodga qoladi. Xalqimiz qiz olib, qiz berishda nafaqat kelin yoki kuyovning o'ziga, balki uning yetti pushtiga ahamiyat beradi. O'zbeklar farzandlari boshqa dinga o'tib ketsa, hech qachon «o'zing bilasan, bilganingni qil» demaydi. O'zbeklar bag'rikeng xalq, boshqa din vakillarini hurmat qilib, g'ayridin qo'shnilari bilan yaxshi aloqa qiladi. Buni o'zining yuksak insoniylik burchi, deb biladi. Faqat o'z farzandining g'ayridin qo'shnisi tomonidan e'tiqodi o'zgartirilishiga chiday olmaydi.Shunday vaziyatda missionerlar harakati natijasida bir oila vakili yoki vakilasining boshqa dinni qabul qilishi jamiyatning ilk va eng muhim bo'lagi bo'lmish oilaning janjal va nizolar domiga tortilishiga olib keladi. Ota-ona, qavmu qarindoshlar mahalla-ko'yda bosh ko'tara olmay qoladi. Oila mahalladan va o'z yaqinlaridan uzilib qoladi.
Shunday ekan, ota-onalarimizning o'z farzandlarida sog'lom e'tiqodni shakllantirish, xulqi va faoliyatidagi o'zgarishlarni nazoratsiz qoldirmaslik, ongi va ruhiyatini zaharli mafkuralar ta'siridan qat'iyat bilan himoya qilishdek masalalarga alohida e'tibor bilan qarashlari ularning ertangi kuni porloq bo'lishini ta'minlashning muhim omili hisoblanadi. Bunday e'tibor ezgulik va yovuzlik o'rtasida azaldan davom etib kelayotgan kurash, inson ma'naviyati va e'tiqodiga qarshi qaratilgan harakatlar globallashuv ta'sirida o'ziga xos shaklu shamoyil kasb etayotgan bir davrda ayniqsa muhimdir. Zero, bugungi kunda ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo'q, deb beparvo qarab bo'lmaydi. Ozgina beparvolik, kichkina bir loqaydlik farzandlarimizning missionerlar ta'siriga tushib qolishiga, zararini hechnarsa bilan qoplab bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishiga zamin yaratishi mumkinligini hech qachon yoddan chiqarmaslik lozim. Respublikamizda xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini, jamiyat va davlat hayotidagi o'rni va nufuzini yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yetarli huquqiy-me'yoriy asoslar yaratilib, ular doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda, mazkur yo'nalishda maxsus dasturlar qabul qilinib, izchil hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Jumladan, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, kasanachilik mehnatini tashkil etish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni davr taqozo etayotgan mutaxassislarga o'qitish ishlari tubdan yaxshilanmoqda. Mamlakatimizda o'ziga xos institut -fuqarolar yig'inlarining diniy ma'rifatva ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchilari lavozimi joriy qilindi. Ushbu lavozimlarda obro'-etiborli, milliy-diniy an'ana va urf-odatlarimizni yaxshi biladigan hamda katta hayotiy-amaliy tajribaga ega faol ayollar mehnat qilmoqda.
Shunday bo'lsa-da, missionerlarning ayollar orasida faol targ'ibot olib borishga intilayotgani xotin-qizlarimizni turli zararli diniy oqimlar, shu jumladan, missionerlik ta'siridan himoya qilish, bu boradagi muammolarni tizimli o'rganib borish, baholash va tegishli chora-tadbirlar belgilashni taqozo etmoqda.Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishda ayollarimizni hozirgi davrda mamlakatimizda din sohasida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan muntazam asosda tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega.Shu bilan birga, qiziqishlari, bilim darajalarini inobatga olgan va differentsial yondashgan holda xotin-qizlarimizning din, shu jumladan, xalqimiz asrlar davomida e'tiqod qilib kelgan islom dini, haqidagi bilimlarni va milliy-diniy an'analar asoslarini sog'lom asosda egallashlariga ko'maklashish ham bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda.Bunday bilimlar ob'ektiv bo'lishi, voqelikni to'g'ri va to'liq aks ettirishi va o'z mohiyatiga ko'ra, Vatan va millat manfaatlari bilan uzviy bog'liq bo'lmog'i kerak. Fuqarolarimizning missionerlikning mohiyati haqida xolis va yetarli bilimga ega bo'lishlari unga qarshi immunitetni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Egallangan bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo'lsa, uning zamirida yuzaga keladigan baholar, qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo'ladi. Shakllangan qadriyatlar tizimi esa turli tahdidlar yo'lida mustahkam qalqon bo'lib xizmat qiladi. «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an'ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o'z ta'siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o'z manfaati yo'lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar»,-deb yozadi Prezidentimiz.11Karimov I.A. Xushyorlikka da'vat. 8jild, Toshkent, «O'zbekiston», 2000, 31 -bet.
Shunday ekan, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning eng tasirchan uslublaridan foydalangan holda xalqimizning milliy-diniy an'ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma'naviy negizlarini qo'porishga qaratilgan missionerlikning aksilmilliy mohiyatini keng tushuntirish va bunday harakatlarning oldini olish borasida ayollarimizning faol kurashchanlik pozitsiyasini shakllantirish ham hayotiy-amaliy ahamiyatga ega ekanini alohida ta'kidlash zarur.Respublikamizda konfessiyalararo totuvlik va bag'rikenglik ustuvorlik qilmoqda. Har bir fuqaromizning missionerlikning mohiyatini chuqur anglab yetishi, befarqlik va loqaydlikka yo'l qo'ymagan holda, uning oldini olish bo'yicha ishlarda faol ishtirok etishi ana shu barqarorlik muhitini saqlab qolish va yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.Befarqlik ijtimoiy illat sifatida og'ir oqibatlarni keltirib chiqarishi hayotiy tajribadan ma'lum. Mashhur faylasuflardan biri befarqlik oqibatlariga to'xtalib shunday deb yozgan edi: “Dushmanlardan qo'rqma -nari borsa, ular seni o'ldirishi mumkin. Do'stlardan qo'rqma -nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo'rq -ular seni o'ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo'laveradi”. Missionerlar faoliyatiga nisbatan befarqlik haqida gap ketar ekan, quyidagilarni alohida ta'kidlash zarur. Birinchidan, bunday befarqlik va loqaydlik dinning inson va jamiyat hayotidagi o'rni haqidagi bilimlarning nihoyat darajada sayozligining, ikkinchidan, “chin e'tiqod” bayrog'i ostida taqdim etilayotgan g'oyalar, qarashlar va qadriyatlarning mohiyatini, keltirib chiqaradigan oqibatlarini chuqur anglab yetmaslikning natijasidir.Shu bilan birga, yuqoridagi kabi befarqlik muayyan hollarda dinning davlatdan ajratilgani, qanday e'tiqodni tanlash fuqaroning shaxsiy huquqi ekani haqidagi konstitutsiyaviy tamoyillarning tub mazmun-mohiyatini to'g'ri tushunmaslik, ba'zihollarda esa missionerlikning oldini olish huquq-tartibot organlarining ishi degan bir yoqlama va noto'g'ri tasavvurning mavjudligi bilan ham izohlanadi.Shunday ekan, har bir kishida xalqimizning ertangi kuni, jamiyatimiz istiqboli va Vatanimiz taqdiri uchun daxldorlik tuyg'usini, o'z bilim va malakasi, irodasi va qudratini el-yurt manfaatlari, uning birligi va taraqqiyoti yo'lida safarbar etishda namoyon bo'ladigan fidoyilikni tarbiyalash hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Yurtboshimiz so'zlari bilan aytganda, “...har kuni,har soatda fidoiy bo'lish, o'zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish”gina ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni ta'minlashimizga mustahkam zamin yaratadi.
Missionerlik va prozelitizm milliy birlik va jamiyat barqarorligiga tahdidgaaylangan ekan, unga qarshi kurash, oldini olishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Buninguchun mamlakatimizda yetarli huquqiy asoslar ham yaratilgan. Shundan kelib chiqib, missionerlikva prozelitizmning oldini olishning huquqiy asoslari hamda bu jarayonda diniy ma'rifat va bag'rikenglik madaniyatining o'rni va ahamiyati katta.Diplom ishimdayoshlarniinjillashtirishdan ko'zlanayotgan maqsadlar, bugungi kunda missionerlikning g'arazli geosiyosiy maqsadlar bilan uyg'unlashib ketgani, ularga erishish yo'lida missionerlar va prozelitlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus rejalar va dasturlar, missionerlik strategiyasining mazmuni, bu yo'nalishdagi faoliyatni amalga oshirishning moliyaviyasoslari kabi masalalarnio'rganib, tahlil etishga harakat qildim, deb o'ylayman. Shuni aytish lozimki, bugungi kunda prozelitizm va missionerlikni amalga oshirishda tibbiyot va ta'lim-tarbiya sohasidagifaoliyat, xayriya yordamlari ko'rsatish, uyma-uy yurib targ'ibot olib borish, mahalliy tillarda xristianlikni targ'ib qiluvchi adabiyotlarni tarqatish, ro'znoma va jurnallar, radio va teledasturlar, kino mahsulotlari va internet alohida o'rin egallaydi. Missionerlik va prozelitizm bugungi kunda vaziyatga moslashgan holda takomillashib bormoqda. Bu missionerlarva prozelitlarning aholining turli qatlamlari, jumladan, bolalar, yoshlar, ayollar, pensionerlar va nogironlar orasida ish olib borishga urinamoqdalar.Shu sababli ularning targ'ibot va tashviqot usullari mintaqamiz, mamlakatimiz hamda milliy mentalitetimiz va qadriyatlarmizga xos ayrim xususiyatlarni inobatga olgan holda, olib borayotgan harakatlarida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Missionerlikning mohiyati, namoyon bo'lish shakllari, ular qo'llayotgan uslublar va vositalar haqidagi masalalar murakkab va serqirra xarakterga ega.Shuning uchun ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning eng tasirchan uslublaridan foydalangan holda xalqimizning milliy-diniy an'ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma'naviy negizlarini qo'porishga qaratilgan missionerlikva prozelitizmningaksilmilliy mohiyatini yoshlar orasida, xususan maktablar, kollej va litseylaro'quvchilari orasida keng tushuntirish zarur. Shuningdek, bunday harakatlarning oldini olish borasida ayollarimizning faolkurashchanlik pozitsiyasini shakllantirish ham hayotiy-amaliy ahamiyatga ega ekanini alohida ta'kidlash lozim.Mazkur mavzu bo'yicha ma'rifiy hamda tarbiyaviy maqsadda qo'llash uchun quyidagicha taklif va tavsiyalar berishni joyiz topdim:-missionerlik va prozelitizmni yanada chuqurroq o'rganib, ushbu mavzuga va uning oldini olishga doir adabiyotlarni chop etish;-ta'lim muassasalarida uning mohiyati va zararli oqibatlariniyoshlarga tushuntirish maqsadida darslar tashkil qilish;-milliy qadriyatlarimiz va g'arbona qadriyatlar, individualizm, egotsentrizm g'oyalarini o'zaro chog'ishtirish asosida axloqiy, ma'naviy tarbiya berish;-begona, yot diniy g'oyalarga qarshi yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish;-mahalla, korxona va muassasalarda musulmonlar diniy idoralari va qonun-tartibot idoralari vakillari ishtirokida ma'rifiy suhbatlar tashkil etish lozim.Xulosa qilib aytsak,yoshlarni milliy g'oya ruhida tarbiyalash hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ta'lim dargohlarida, aholi o'rtasida, mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni olib borish prozelitizm va missionerlik harakatlarining g'arazli maqsadlarini chuqurroq anglab yetishlariga xizmat qiladi