Missonerlik nima ? Missionerlikning geosiyosiy maqsadlari



Yüklə 26,38 Kb.
səhifə5/5
tarix20.11.2023
ölçüsü26,38 Kb.
#162565
1   2   3   4   5
Elektir energiya

O`zbekiston qonunchiligida missionerlik haqida qanday fikrlar bor?
Suhbatimiz yakunida fikrlarimizni qonunchilik bilan mustahkamlagan holda, O`zbekistonda missionerlikka berilgan tavsif bilan tanishtirib o`tamiz.«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi Qonunga ko`ra, missionerlik — aniq maqsadga qaratilgan mafkuraviy ta`sir o`tkazish orqali shaxsni (bir guruh shaxslarni) o`z diniga kiritish maqsadida unga (ularga) diniy qarashlarni majburan singdirishga va diniy ta`limotni tarqatishga doir faoliyatdir. Ushbu qonunda Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil ekanligi hamda missionerlikni amalga oshirishga yo`l qo`yilmasligi qat`iy belgilangan. Masalan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga muvofiq, bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi.Jinoyat kodeksiga muvofiq, bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning xayrixoh va tarafdorlari ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Buning asosiy sababi muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, odamzodni doimo ezgulikka chorlashi, hayot sinovlariga o‘zini oqlagan qadriyat va an’analarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o‘rni va ahamiyati bilan bog‘liq. Xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Alloh marhamat qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish islom madaniyatining ezgu-g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Bir necha diniy ekstremistik oqim va yo‘nalishlar faoliyati tobora keskinlashib borayotgan bir davrda muqaddas islom dinimizga va milliy ma’naviyatimiz hamda qadriyatlarimizga rahna solishga urinayotgan noislomiy yo‘nalishlardan biri bu Missionerlik yo‘nalishidir. Missionerlik to‘g‘risida so‘z ochganda, avval uning kelib chikishi va rivojlanishi davriga to‘xtalib o‘tish lozim bo‘ladi.“Missionerlik” tushunchasi umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar o‘rtasida boshqa dinni targ‘ib qilish ma’nosini anglatadi. Missionerlik, asosan xristianlik diniga xosdir. Bunday harakat xristianlik dini qadimiy Vizantiya imperiyasining davlat dini sifatida e’lon qilingan davrdan buyon amalga oshirilib kelmokda. Xristian ruhoniylari dastavval missionerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko‘pxudolikka e’tiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka da’vat qilish bayrog‘i ostida olib bordilar. Shu tariqa IVasrda paydo bo‘lgan xristian missionerligi XIII-XVI asrlarda Hindiston, Xitoy, va Yaponiyaga kirib bordi.Katolik cherkovida esa missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XIII-XVIasrlar) da taraqqiy etdi.Missionerlik harakati Buyuk Rim imperiyasiga yangi yerlarni o‘zlashtirishga katta yordam berdi. Katolik missionerligiga raxbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda “Diniy targ‘ibot kongregatsiyasi” ni ta’sis etdi.XIX asrga kelib esa missionerlik yangidan faollashdi.Ushbu harakat vakillari bo‘lgan missionerlar o‘z faoliyatlarini Afrikada keng tarzda yoyib, o‘z mamlakatlarining siyosatini o‘tkazishga yordam berdilar.Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan faoliyati xristianlikni targ‘ib qilishda maxsus adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish masalalariga e’tibor qaratadilar.Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o‘zi ham missionerlik harakati turli din vakillari o‘rtasida hamda musulmonlar orasida dinlararo va millatlararo nizolarni keltirib chiqarishga zamin yaratish mumkin ekanligiga dalolat beradi
Yüklə 26,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin