Boshidagi eski sallasi buram-buram bo'lib
ketgan, egri hassasi hiyla uyining ustuni, koshki
u sinib, bu uy yiqilganida edi. Qolidagi. tasbeh
donalarini butparast yo'ngan.
Beo‘xshov
soqoli kulgu uchun osilgandek,
ko'rinishi ham egri yog‘och ustiga chiqib o'tirgan
echkidek tuyiladi. Ishida echkichalik ham to‘g‘rilik
yo‘q, u o‘g‘rini tutsa, buning o‘zi o‘g‘rilik qiladi.
Echki ahliga yashil o‘t, yaxshilik tilasa,
mingta
echkiga ham peshvolik qila oladi. Tog‘da ham,
dashtda ham to'dani boshqarib, yol qiyinchilildaridan
omon olib o‘tadi. Qop-qorong‘i vodiyda ham yo‘l
topib, to‘g‘ri yoldan adashtirmay galasini boshqa-
radi. Bu to'dasiga to‘g‘ri y o l ko'rsatib borsa, bunisi
to'g'ri jahannam o‘ti tomon boshlaydi.
U1 ajojdb to‘da zulmat vodiysi
tomon y o l olib,
xonaqohga yetib borishadi-da, u yerga bo'yra
to'shab, riyokor shayxni o'zlariga
shayx deb
ataydilar. 0 ‘zini orif deb, Xizr deb bilgan bu «pir»
«muridlar»ni o‘z usullariga o^natadi. Shayxga mu-
nosib riyo ahli gohi baland ovoz bilan baqirishib,
gohida pirpirakdek charx urishib, o‘rnidan turol-
maydigan darajada behol bo lib tiqilishadi. Keyin
shayxni o‘z sultonlari deb duo qiladilar-da, unga
hadyalar, mol-dunyolar tortiq qiladilar.
Bunday
el yomonlaming yomonidurlarkim,
ulardan yo-
monroq kishilami topib bolmaydi. Bularga, hatto,
do'zax ham xajrf. Ular o‘tga ham azob beradilar.
Ey ko'ngul, ikki jahondangina emas, hatto jon-
laridan ham kechadigan, joniga jonini fido qilishga
tayyor turuvchi elga jahonlar fido bolsin. Ular
qay
tomon nazar tashlasalar, Haqni ko‘radilar,
nabiy sunnatiga amal qilib, jannat umidini ham,
do‘zax vahimasini ham nazar-pisand qilmaydilar.
Borliqni foniy bilib, o'zlarini yo'qlik o‘ti ichida kul
aylaydilar. Ularga muhabbat lofi noravo.
Dostları ilə paylaş: