yu,
shahzoda bir taxtaga mahkam yopishib olib
omon qoldi. Tolqinlar bu taxtani u yon-bu yon
otar ekan, Farhod jonidan umid uzib qolgan edi.
Dengiz taxtani Yam an mamlakati tomonga su-
rib ketdi. Shahzoda taxta ustida behush yotarkan,
Yamanga qarab borayotgan tez suzar bir kema
ustidagi savdogarlar ko‘rib qolishdi-da, den-
gizchilarni shahzoda tomonga yuborishdi. Yigit
taxta ustida olikdek yotardi. Qutqaruvchilar na
fas olayotganini ко‘rib, tirik ekaniga ishonch hosil
qilishdi-da, kemaga olib chiqishdi. Kema ahli turli
hidli moddalarni burniga tutishgan edi, Farhod
ko'zini ochdi. Sharbat va ovqatlar berib, uni o‘zi-
ga keltirishdi. Nihoyat, shahzoda turib o‘tirdi-da,
o‘zi bilan nima ahvol yuz berganini so‘radi. Sa
vdogarlar bolgan voqealami so‘zlab berdilar, keyin
yigitning kimligini soYadilar. Farhod: «Biz, bir guruh
savdogarlar Xo'tandan Yaman tomon kelayotgan
edik, to Ton kemamizni dengizga cholctirib yubor
di. Men mana shu taxta ustida omon qoldim.
Goh hushyor, goh behush yotardim. Hushimni
yo‘qotgan vaqtda sizlarga duch kelibman. Men
hayotdan umidimni uzib qoVgandim. Sizlarning
yaxshiligingiz tufayli olimdan qutulib qoldim. To
tirik ekanman, sizlarning xizmatingizdaman», -
deb javob qaytardi. Bu so‘zlami eshitgan kema
ahli uni yoqtirib qolib, to quwatga kirgunicha
unga mehribonlik ko'rsatishdi.
Bir kuni kemadagilar o‘zlari tomon suzib ke
layotgan bir necha qayiqni ко‘rib qolishdi-yu,
hammalari oh-voh qila boshlashdi. Farhod buning
sababini so‘ragan edi, ular yiglab: «Sen dengiz us
tida ko‘rayotgan bu qayiqlardagi odamlar orollar-
da yashaydigan qaroqchilardir. Bittami, ikkitami
yoki uchtami kemani ко‘rib qolishsa, har tomon-
dan o‘rab olishib neftli shisha idishlami yondirib
turib, kema tomon otishadi-da, odamlarni oldirib,
mollarini egallab olishadi. Biz dengizdagi to‘g‘ri
yoldan adashib, to‘fon mahali shu yerga kelib
qolibmiz. Ularga duch kelgan odamlarda qutu-
lish umidi qolmaydi», - dedilar. Savdogarlaming
bu so'zlarini eshitgan Farhod ularning ko‘ngilla-
rini shod qilib: «Sizlar hecham qayghirmanglar,
Xudo sizlami har qanday ofatdan omon saqlaydi.
Sizlarda ko'proq o‘q bilan kuchli yoy topiladimi?»
- deb so'radi. Uning gaplariga hamma hayron
bo‘ldi-yu, lekin so‘ragan narsalarini tezda topib
kelishdi. Yoy Farhod istaganicha bolmasa ham,
o'qlar yoyga mos edi. U yoy-u o'qlarni hozirlagun-
cha, har tomondan qaroqchilar yetib kelishdi-da,
kemaga o t yog'dirish uchun neftli shishalarini
hozirlay boshlashdi. Kemani ularning shishalari
yetmaydigan joyda to'xtatishni buyurgan Farhod
shishadagi neftni yoqib, savdogarlar kemasiga
otmoqchi bolib turgan qaroqchini nishonga olib,
shunday o‘q uzdiki, neftli shisha parchalanib,
qayiqqa o‘t ketdi-yu, undagi barcha qaroqchilar
yonib ketishdi. Yana bir qayiqqa qarab o‘q otgan
edi, u ham yonib ketdi. Ikkita qayiqdagilar kuyib
ketgach, qaroqchilar qochishga kirishishdi. Ular
o‘z kemalari boshini orqaga burgunicha, Farhod
yana o‘n-o‘n besh qayiqni shu tarzda kuydirib
yo‘q qildi. Qaroqchilarning ba’zilari olib, ba’zi-
lari kuydi, qolganlari qochib qoldi. Bu ishlami
ко‘rib turgan kema ahli xursand bolishib, unga
mol-u jonlarini berishga tayyor edilar. Farhod esa
hamon o‘z dard-u alamlari bilan band edi. Bir
necha kun o‘tgach, ular ko‘zlagan manzil ko‘rindi.
Kema Yaman bandargohi tomon y ol oldi, hamma
sohilga chiqdi. Dengizdagi minglab balolardan
omon qolgan barcha savdogarlar g'oyatda xush-
nud edilar. Shahardagi bir manzilda joylashib,
safar kiyimlarini yechdilar. So'ngra may topib
kelib, ichishga kirishdilar.
Maydan boshi qizigan Farhod taxti, qasrlari
va sipohlari yodiga tushib, dengizda qolgan ota-
si-yu ozor chekayotgan onasini eslab, o'zining bu
tarzda ovora bolib yurgani, ko'nglidagi yoriga ye-
tisha olmayotganidan xafa bolib, ko‘z yoshi to lea
boshladi. Savdogarlar uning bu holatini ко‘rib biri
yiglasa, boshqasi lol-u hayron bolardi.
Bu yerga to'plangan odamlar ichida bir hu-
narmand naqqosh bolib, uning chizgan suratlari
jahon xalqlari e’tiborini qozongandi. U olamdagi
barcha mamlakatlami kezib chiqqan, Xitoyda ham
bolgan, Moniy bilan suhbat qurgan inson bolib,
nomi Shopur edi. Sayohat qilib yurar ekan, sav
dogarlar kelayotgan kemaga tushib qolgan Shopur
Farhod qilayotgan ishlardan hayratga tushar,
lekin bu holatlar sababini о*у1аЬ topolmasdi.
Dengizda ko‘rsatgan jasorati, quruqlikdagi ushbu
ahvoli: ko‘z yoshlari bilan chekayotgan nola-yu
zorlarini kuzatarkan, oyiab-oyiab uning ko'nglini
ishq tigl yaralaganini anglab yetdi. Bu haqda so‘z
ochilganda esa Farhod beparvodek ko'rinardi. Yigit
dilidagi dardni so'rab bilolmagan naqqosh ishq
dardi haqida so‘z ochdi. Uning hikoyalari Farhodga
ta’sir qilayotganini koVgandan keyin Shopur ishqiy
afsonalarni ko'proq so'zlab beradigan boldi. Shu
tarzda ikkovlari do'stlashib qolishdi.
Farhod Shopumi bir dam ko'rmasa, darrov uni
izlab topar va muhabbat haqidagi afsonalaridan
aj^tib berishini iltimos qilardi, ularni eshitar ekan,
yigldan tinmasdi. Nihoyat, Farhod Shopuming o‘z
ahvoli haqidagi savollariga javob beradigan boldi.
Bir kuni Shopuming: «Ota-onang, mamlakating
hamda o‘z hayoting haqida so'zlab bergin», - degan
iltimosiga: «Bu gaplardan foyda yo‘q, yaxshisi,
senga bir voqeani aytib beray. Bir kuni bir ajoyib
mamlakat tushimga kirdi. Unga o'xshash olkani
ko'rgan emas man», - dedi-da, ko‘z oldida namoyon
bolgan manzaralarni birma-bir so'zlab berdi. Gap
o‘zi sevib qolgan qizga taqalganida esa oh tortib,
hushidan ketib qoldi. Shopur uni zo‘rg‘a hushiga
keltirdi. Atrofdagi odamlar esa to'xtovsiz may ichish
bilan band bolib, ikkala do'stning gaplariga parvo
qilishmasdi. Shunda Shopur: «Do'stim, men senga
hamsuhbat bolib, yashirin sirlaringdan ogohlik
topdim. Sen endi g‘am yemagin, chunki sen bel-
gilarini aytib bergan yer jahondagi eng go'zal joy
bolib, men uni koVganman. Havosi rohatbaxsh,
gullari hisobsiz, go‘zallikda Bog‘i Eramdek bu
joyning nomi Armandir. Sen u yerga bormoqchi
bolsang, men hamrohlik qilay», - dedi.
Bu gaplami eshitgan Farhod o‘z baxtiga ishon-
mas edi. Buni ko'rgan Shopur: «So'zlarimga is-
honmayotgan bolsang, dalil keltiray», - dedi-da,
qog‘oz-u qalamini qoliga olib, o‘zi aytgan diyoming
suratini chiza boshladi. Shunday bir tasvir yarat-
diki, Farhod ko‘zguda ko‘rgan manzaradan bi-
ronta ham farqi yo‘q edi. Suratni tomosha qilgan
shahzoda do'stining so'zlari rost ekaniga ishonch
hosil qildi-yu, mastlardek yiqildi.
Farhod uyqudan ko'zini ochishi bilanoq Shopur
aytgan so'zlar, u chizgan ajoyib surat yodiga tushib
o'midan turdi-yu, Shopur oldiga yugurdi. Uning
tovushidan uyg'onib ketgan Shopur bu kelishdan
uning maqsadi nima ekanligini so‘radi. Farhod
uning oyoglga boshini qoyib: «Bergan va’dangga
vafo qilgil!» - deb iltimos qildi. Shopur rozilik bildir-
gach, ikkala do‘st yolga tushdilar. Manzilma-manzil
dam olmay borishar ekan, Shopur bilan Farhod shi-
rin suhbatlashar, do‘stlik, hamdardlig-u hamkorlik
haqida fikrlashishar, Arman diyori tasvirlangan
surat to‘g‘risida so‘z yuritishardi.
Shu tarzda ancha yurib, Arman mamlakatiga
qadam qoydilar. «Sen tushingda ko‘rgan mam-
lakat mana shu. Atrofni aylanib tomosha qil-
gin-da, о‘zing tilagan joyni topgin», - dedi Shopur.
Farhod shu diyorni ikki-uch kun kezgach, o‘zi
tushida ko‘rgan dasht uning ko‘z oldida namoyon
boldi. 0 ‘sha maysalar, o‘sha savsan, o‘sha gullar,
atrofida o‘sha bulbullar... Qayoqqa qaramasin,
o‘ziga tanish gullar, tikanlar, giyohlami ko‘rardi.
Bulardan ko'ngli hayajonga to lib, bezovtalanardi.
Shunda Shopurga qarab: «Ey hamdam do‘stim,
tushimda ko‘rgan hamma narsa bu yerda ko‘rinib
turibdi. Endi menga yaqinroq yurib, holimdan
xabardor bolib turgin. Bu yerda tosh qaziyotgan
odamlarning shovqinlari eshitilyapti, jonim esa
o‘sha tomon borishga intilyapti», - dedi.
Ikkala do‘st o'sha tarafga y o l oldilar. Ko‘p
o‘tmay, tog‘ ichida ariq qazish bilan mashg'ul
bolgan ikki jruzga yaqin odamlarni ko‘rdilar,
hammalarining qollarida tesha bolib, uni toshga
urishar, lekin qattiq toshlami kesish shunchalik
qijdn ediki, yuz marta tesha urilganda ham no'xat-
cha, hatto kolcnor uruglcha toshni ham kesib
olisha olmasdi. Ikki yuzta usta uch yil davomida
to‘xtovsiz metin ursalar ham, faqat ikki-uch yuz
qari9 yerdagi toshnigina qazib olishgan bolib,
Dostları ilə paylaş: |