Arablar diyorida shu olkaning boshligl bolgan
bir ulug‘ hukmdor yashardi. Ko'pdan ko‘p qabi-
lalar unga bo“ysunardi. Hamma uning baxtini
tilashardi.
Chunki u barcha bechora, muhtoj
odamlarga mehribonlik ko‘rsatuvchi, dasturxoni
hamisha hammaga ochiq bolgan mehmonnavoz
kishi edi. Qozoni ostidan olov hamisha o'chmas-
dan sahroda adashib qolgan insonlarga kechalari
yulduz misoli doimo y ol ko'rsatib turardi. Hukm
dor ilmni e’zozlar, doimo o‘z ilmini oshirib borardi.
Ot-u tuyalarining, qo^-u qo'zilarining
hisobiga
ham yetib bolmasdi. Mol-dunyosi m ol-kol bolsa
ham, uning farzandi yo‘q bolib, shundan iztirob
chekardi. Agar hayoti daraxti yiqilgudek bolsa,
agar uning yonida bir yosh novda о‘sib kelayotgan
bolsa, u keksaygan daraxtga soya solgan bolardi.
Bir vorisi bolganda edi, hukmdoming mol-dunyosi
osmonga sovrulmasdi, umr quyoshi so‘nsa, yangi
tug'ilgan quyosh o‘z nuri bilan qabilani yoritgan
bolardi. Shular haqida o“ylar ekan,
Tangriga
to'xtovsiz tavba-tazarrular qilib, o‘z orzusigayetka-
zishini tinmay iltijo qilardi. Nihoyat, uning orzusi
ushaldi: Tangri unga ajoyib bir o‘g‘il farzand berdi.
Shodliklarga to lib toshgan ota behad gavharlami
sochib, o‘g li bilan faxrlanib, farzandiga Qays deb
ism qo“ydi. Bu uning otasining ismi edi.
Qancha-qancha doyalar uni parvarish qilish
ga kirishishdi, qimmatbaho matolar, mo^na-yu
po'stinlarga o‘rab uni beshikka yotqizdilar. Ular
bolani ko‘z qorachigldek asrashar,
biror sovuq
shamolning unga tegishiga yol qo^ishmasdi. Oylar,
yillar otib, so‘zlashni o'rgangach, aqlli fikrlari, dono
so‘zlari bilan odamlarni lol qila bosliladi. Uning har
bir so‘zi elga maqbul bolib, dillariga yoqib tushardi.
Uning donoligi, dilga yoquvchi so'zlari qabilalar-
ga tarqalib, odamlar uni ko'rishga kela boshladi-
lar. Ba’zilar uning yuziga hayrat bilan boqsalar,
boshqalari so‘zlari mag'zini chaqishga intilishar,
muhtojlar
uni jonlaridan sevib, to‘xtovsiz duo
qilishardi. Otasi bilan onasi ham ikki oshiq kabi
uni ma’shuqadek ko'rishar, yomon ko‘zlardan
asrash uchun uni jon pardasi bilan to‘sib, ko‘z
qorachiqlarini isiriq qilishga intilishardi.
Qaysning yoshi to‘rt-besh orasida ekan, otasi
unga talim berish vaqti yetganini angladi. 0 ‘glini
o'qitish uchun qabilalar ichidan dono bir ustozni
topib kelishga buyurdi. Toki uning farzandi ustoz
ilmidan bahramand bolib, bor ilmlardan xabardor
bolsin, ilm-u fanlami o'zlashtirib elga tanilsin va
olamda baland obro'ga ega bolsin.
Nihoyat, Qaysga
talim beruvchi donishmand
bir muallimni izlab topdilar. Ammo u boshqa bir
qabilada maktabdorlik qilib, har kuni dars bergani
uchun o‘zga biron joyga borolmasdi. U qabilaning
sardori qabiladoshlariga har ishda mehribonlik
ko‘rsatuvchi, yuqori shon-sharafga ega bolgan
hukmdor bolib, ochiqqollikda quyoshga monand
edi. Ammo qahri kelganda sahroning issiq shamoli
kabi rahmsiz bolib, qolida toshlarni mumdek eri-
tishga ham qodir edi.
Sardorning
behisob dur-u gavharlari bolib,
ularning bittasi bilan alohida faxrlanardi. Bo'stoni-
da yuzlab chiroyli gullar bolsa ham, ulardan
bittasi bilan dimogl xush edi.
Uchquni sharq
quyoshidek bolgan bir mash’al bilan ko'zi nurli,
olamni ravshan etuvchi bir shamdan xonadoni
charog'on va chiroyli edi.
Dostları ilə paylaş: