«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Layli ishqin tanimda jo n qil



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Layli ishqin tanimda jo n qil,
Layli shavqin ragimda qon qil.
Dardini najotim et, ilohiy!
Yodini hayotim et, ilohiy!
...Dardimga xayolini tabib et,
Jonimg‘a visolini nasib et.
Jannat sari cheksa samavishtim,
Vasli haramini qil behishtim.
Onsiz meni bir dam etma mavjud,
Budumni qil onsiz o4sa nobud!»


Qays atrofida turgan hojilar bu munojatni eshi- 
tib, lol bo*lib qoldilar. Yuzlab kishilar g‘amgin hol- 
da «omin» deb yubordilar. Bechora otasi hushini 
yo'qotgan, barcha yaqinlari hayron bolib turardi- 
lar. Bu nola-yu ko‘z yoshlarining guvohi bolganlar 
uning ishidan qollarini yuvdilar - bu ishqdan hech 
qanday kuch Qaysni judo qila olmasligini anglab 
yetdilar. U esa bu dardli nolasini tugatgach, yana 
hushidan ketib yiqildi. Qarindoshlari-yu do'stlari 
uni ko'tarib, manzillariga ravona boldilar.
Haj tavofiga borib qaytgan odamlar o‘z vatanlari- 
gayol olgach, Majnunning otasi o'glidan butunlay 
umidini uzib, har qanday davoning foydasizligi- 
ga ishonch hosil qilib, ko‘z yoshi jahonni tutdi, 
barcha qarindosh-uruglari ham qayg‘u-alam 
girdobida qoldilar. Devona Qays ham tezlik bilan 
tog'-u biyobonlardan o‘tib, har kuni va har tunda 
yana o‘zi ardoqlaydigan tarafga qarab y o l oldi. 
Uning yurishida ham, turishida ham qaror-u ix- 
tiyori yo‘q edi. «Layli»dan boshqa so'zni aytishni 
ham istamas, tilidan ham, fikridan ham shu so‘z 
joy olgandi. Qaysi tomonga nazar tashlasa, Layli 
chehrasi jilvalanar, yuzi, qaddi, qiyofasi uning 
xayolidan aslo ketmas, ularni sarv ustidagi gul 
deb tasawur qilib, ham sarv oldida bosh qotyar, 
ham gul qoshida ko‘z yoshlarini tolcardi.
Layli g‘ami haqida tafakkur qilar ekan, har biri 
dur misoli yuzlab bayt-u g'azallar ijod qilar, ular­
ning barcha qofiyalari dildorining sifati, barcha 
radifi uning otiga bagishlanardi. Ularni eshitgan 
odamlarning zavqlari oshib, tezdayodlab olishardi. 
Bu baytlarda alangali ma’no, har so'zida shavq 
harfi yashirilgan, har harfida ishq siri pinhon


edi. Hushi borligida duri gavhardek baytlar bitish 
bilan band bolsa, hushsizlik choglarida og‘zidan 
turli behuda so'zlar chiqar, odamlaming so‘zlarini 
anglamas, o‘z so'zini ham tushunmasdi. Tog‘ ichi­
da vahshiy hayvonlardek kezib yurar, bolalardek 
yiglab faiyod qilar, ota-onasi-yu do‘stlarini ham 
eslamas, hatto yeyish-ichishni ham unutgan edi. 
Atrofini kiyiklar о‘rab olar, bu esa xuddi cho‘pon- 
dek ko‘rinar, goh birining peshonasidan о‘par, 
goh boshqasining orqasini silardi. Atrofida bo‘ri- 
lar posbon itidek, yo‘q-yo‘q, cho'pon itidek kezib 
yurishardi.
Bir kuni bu dashtga arablar diyorining obroli 
sardorlaridan biri, jang qilish, o‘q otishda tanilgan 
bahodir Nafvalning yoli tushib qoldi. U har xil qa- 
bilalardan tanlangan do‘st-yorlari bilan sahroda 
ov qilib yurardi. Bu payt Majnun ovchilar davrasi 
ichida qolgan bolib, atrofi kiyiklar bilan tola edi. 
Nafval odamlarini ko‘rgan barcha hayvonlar har 
tarafdan Majnun atrofiga yugurib kela boshlash- 
di. Barchasi unga yolvorishar, najot istab unga 
sig'ingandek boqishardi.
Bu hayratomuz holatni ko'rgan Nafval odam- 
laridan: «Bu ajoyib ishlar ko'nglimga qo'rqinch 
solyapti. Sizlar ham ko'ryapsizlarmi yoki yo'qmi, 
yo faqat mening ko'zimga ko'rinyaptimi?» - deb 
so'radi. Ovchilardan ba’zisi Majnun haqidagi 
voqealardan xabardor edi. Ular Nafvalga o'zlari 
bilgan-eshitganlarini so'zlab berdilar. Nafval ham 
ishq ko'rgan, g‘am dashtida yugurgan odamlar- 
dan edi. Majnun haqidagi hikoyalarini eshitib zor 
yigladi-yu, ov qilishni ham to'xtatdi. «Ishq qanday 
kimyo, qandayin porloq nurki, har bir kishini


g'amnok qiladi-yu, qalbini g‘amdan poklaydi. Qa- 
rangki, elga rom bolmaydigan vahshiy hayvon- 
lar sahroda usiz orom topisholmayaptilar, ishq 
uning vujudini shunday poklabdiki, odamiylikni 
ham unutibdi. Shuning uchun vahshiy hayvonlar 
undan qo'rqishmayapti, chunki bunday insonda 
vahshat ham qolmaydi», - dedi u. Keyin hay- 
vonlarga jafo qilishni to‘xtatdi-da, odamlariga: 
«
0
‘q-u yoylarni tashlab, itlaringizni mahkam qilib 
boglanglar», - deb buyurdi-da, hayvonlar to'pla- 
nayotgan tomonga y o l oldi.
Majnun uning chehrasini ko'rib, kelishidan 
xursand boldi. Yowoyi va xonaki hayvonlar Nafval- 
dan cho‘chib qochishgan bolsa ham, Majnun 
uni kutib turdi. Yetib kelgan Nafval unga salom 
qildi, Majnun ham unga ehtirom ko'rsatdi. So‘ng: 
«Ey qutlug' chehrali zot, yuzingda poklik quyoshi 
namoyon, ruxsoringda safo nuri porlayapti. Yuzlab 
maqsadingga erishganing ayon. Ammo sening bir 
ishing menga g'alati ko'rindi. Bilimsiz odamlardek 
o‘q otib, hayvonlar go'shti bilan o'zingni toydirmoq- 
chisan. Bu xil ovqatga muhtojliging yo‘g‘-u, nega 
talnng ularga ozor yetkazishni istayapti? Nafsingni 
xursand qilish uchun odamlarni to^lab, ko‘ngling 
qon toldshni tilayapti. Shunday zulm qilib top- 
ganing ovqat boladimi, senga bu ish munosibmi? 
Agar tikan oyoglngga nish ursa, ko'ngling oyoglng 
uchun alam chekadi. 
0
‘q otib, jonivorlami oldirish 
senga martaba beradimi? Bularga jonni, hayotni 
Xudo bergan-ku! Bu bechoralaming jonidan kech, 
gunohsiz guruhning qonidan kechgin!»
Nafval bu oqilona so'zlarni eshitgach, yer o'pib, 
uning oldiga bosh qo У di-da: «Ey farishtasifat yigit,


sening fazilatlaring oddiy odamlamikiga o'xshama- 
yapti. So'zingdan ko'zlagan maqsadingni tushun- 
dim, barcha aytganlaringni qabul qildim. Qilich-u 
o'qni o‘z jonimga ravo ко Yearn ko'raman-u, lekin bu 
hayvonlarga zulm qilmayman. Sen o‘z so'zlaringni 
aytding, endi mening ham savollarim bor». Majnun: 
«Ey muborak chehrali zot, gapiraver!» - deya javob 
qildi. Nafval dedi: «Bu bechoralarga azob berma», -
deb to‘g‘ri у о Ini ko'rsatding. Xohishingni inobatga 
olib, ularga dushmanlik qilishdan voz kechdim. 
Sen eldan ayrilib, ular bilan do'stlik qilyapsan. 
Odamlar bilan ulfatchiliging yo‘q, axir bu xil ya- 
shash ham odatimizga zid emasmi? Inson - bilim 
chirog'i, undan cho'chib, hayvonlar orasidan orom 
topish menga sababsiz bolib ko'rinyapti, bu ishing 
boisini tushuna olmayapman. Eshitishimcha, bir 
gul yuzli go'zal sening yuragingga tashvish solib- 
di. Bu gaplar to‘g‘ri bolsa, ulardan voz kechib, bir 
necha kun men bila birga kezgil. Bu yerda zor-u 
mubtalo bolib, g‘am tuzoglda iztirob chekyapsan. 
Men imkoni boricha sevganing bilan nikohingni 
uyushtirishga harakat qilay. Agar ishimiz pul-u, 
mollar bilan hal bolmasa, urush qilib ham muro- 
dmgga yetkaza olmasam, boshqa choralami ham 
ko‘raman. Bu bilan ham yoring visoliga yetkaza 
olmasam, boshqa tadbirga qol uramiz: seni o'zimga 
farzand qilaman. Lekin vahshiy va uy hayvonlari 
bilan yashashdan voz kechgil, chunki odam bilan 
hayvon yaqin bololmaydi, odamning hamjinsi ham 
odam bolishi kerak. Agar muroding yor visoliga 
yetishish bolsa, bu ishda g'ayratli bolishing kerak».
Majnun vasl so'zini eshitishi bilan xursandligi 
awalgidan ham oshib, shodlik uni behol qilib


qotydi, bu esa nutqini lol ayladi. Ancha harakat 
qilib so‘z ochdi-da, ko'zida suv, og'zida tabassum 
bilan dedi: «Menga aytgan gaplaringning har 
biriga javobim bor edi. Lekin visol haqida so‘z 
ochganingdan so‘ng ularning barchasidan voz 
kechdim. Agar bergan va’dalaringni bajo qilsang 
yoki ularni bajarishning iloji bolmay qolsa ham, 
yuzim oting tuyogl, boshim esa uning oyog‘i ostida 
bolsin», - dedi.
Ikkala tomon o‘rtasida mehribonlik paydo 
bolgach, bir-birlari bilan qizgln ko'rishdilar. Maj- 
nunni vasl va’dasi bilan suyuntirgan Nafval uni 
uyiga olib ketdi.
Ikkala do'st Nafval uyiga yetib kelishgach, uy so- 
hibi bir nechta so'zga chechan, har qanday mush- 
kilni hal eta oladigan donishmand olim kishilami 
chaqirtirib, ularga Qays va Layli o‘rtasidagi muno- 
sabatlar haqida batafsil so'zlab berdi-da, Layli ota­
si nomiga xat yozdirib, qizning qabilasiga j о‘natdi. 
Unda shunday so‘zlar bitilgan edi:
«Ey baxt-u tole’yi porloq hukmdor! Arablar 
orasida tengi yo‘q Qays haqidagi hikoyatlardan 
xabardordirsan. Qizing Laylini sevib qolgan bu 
yigitning ishqi pok bolib, unga nihoyatda orzu- 
manddir. Odobi-yu hayosi ahvolini izhor qilishga 
y o l bermaydi. Muhabbat dardida qabilasi-yu 
yaqinlarini unutib, ishq o'tida kuyib dashtda 
yurgan emish. Hushi parishon bolgan bu oshiqni 
«Majnun» deb atashibdi, u sening qabilangdagi 
maktabda o‘qib, olamda bor bolgan barcha ilmlar- 
ni o‘rganibdi. Sen ham bu ishlardan xabardor 
ekansan, uni maqtab gapirib yurar ekansan. Qays 
bu ishqqa mubtalo bolganida, uning otasi qanday


fikrlarga borgan ekan? U senga farzand bolmasa 
Ham, farzanding darajasida edi. Sen bu ishlami 
hal qilishdan o‘zingni chetga olib, holatni yaxshi 
tushunib yetmay, uni g'amga qo“yibsan, shu tufay­
li u goh dashtda, goh tog‘da kezib yuribdi. Muruv- 
vat, odamgarchilik, oliyjanoblik shunday boladi­
mi? Mayli, o'tgan ishlardan shikoyat qilib, ulami 
orqaga qaytarishning iloji yo‘q. Men uni dashtda 
ко‘rib, uyimga olib keldim. Uni o'zimga farzand 
qilib oldim. U o‘z hushida, oqil va dono bir inson. 
Endi shunday ish qilsak: ikkalamiz ularning 
nikohini uyushtirsak. Barcha rasm-rusumlarni 
o'rniga qoyib ularning toyiarini o'tkazsak. Toj 
ustidagi dur yoniga la l qo'yilsa, yanada go‘zalroq 
ko‘rinadi. Agar bu ishlardan bo "yin tovlasang, 
ko'nglim qolishidan vahm qilgin!»
Bu xatga ko'pgina sovg‘a-salomlar qo'shib, Layli 
qabilasi tomon yolladi. Laylining otasi xat olib kel- 
gan kishilami hurmat bilan kutib oldi. Mehmonlar 
o'zlari olib kelgan maktubni uning qoliga topshirish- 
gach, uni o‘qib chiqqan mezbonga Nafvalning so'zlari 
qattiq botib, bir tolg‘anib oldi-da:
«Gap bunday: Layli boshqa bir kishining habibi 
boladi, taqdir uni o‘zga birovga nasib etdi. Bunday 
bolmaganda ham Nafval so‘ziga itoat etishga zaru- 
riyatim yo‘q. U o‘z maktubida ham umid bildiribdi, 
ham qo‘rqitibdi. Umidi meni xursand qilgan bolsa, 
qoYqitishidan koYiglim ranjidi. Talabgorlari son-sa- 
noqsiz bolgan Layli hozir birovga atalgandir. Bu 
javobim Nafvalga ma’qul tushmasa, yaxshiligiga 
ham, yomonligiga ham tayyormiz. Uning o‘ch oli- 
shidan qo'rqadigan joyimiz yo‘q. Urush ochsa, biz 
qasd olamiz, qasd qilsa, biz urush qilamiz», - dedi.


So‘zini tugatdi-da, barcha mehmonlarga javob ber­
di. Mehmonlar xijolat bolib, o'rnilaridan turdilar 
va Nafvalga Layli otasining javobini yetkazdilar.
Nafval bu xabardan g'amga cho‘mib, o‘zi va’da 
qilgan ishni bajarishga kirishdi. Har bir qabiladan 
sipohlar to'plab, urushni boshladi. Majnunni 
yoniga olib, kiyimiga xushbo'y moddalar sepib, 
boshiga salla o'ratib, ot ustiga o‘tqazdi. U bolsa 
nima qilishni bilmay, goh nola qilib, goh oh chek­
ib, oti qayerga y o l olsa ham indamay, bir yerda 
turib qolgan chog‘da esa yurglzishga e’tibor ham 
bermasdi. Sipohlar jangga hozir bolgach, Layli 
qabilasi tomon y ol olishdi.
U qabila a’zolari ham yov kelayotganidan ogoh 
bolishgach, o‘z jasoratlarini isbotlash uchun har 
tomondan sipoh yiglb, bellarini mahkam boglash- 
di-da, jangga tayyorlanishdi.
Nafval lashkari ham saf chekib, mast tuyalardek 
oglzlaridan tupik sochishib turishardi. Shu tarz­
da g'azabli ikki qo'shin qon toldshga bel boglab, 
bir-birlari bilan to'qnashdilar. Bahorda kuchli 
yomglr yog'ganidek, maydonga yoy o'qlari yogllar- 
di. Otkir qilichlar ustara kabi el halokini is tab, 
ustaradek tezlik bilan soch o‘rniga boshlarni ke- 
sardi. Yoy o'qlari qushlardek havoga uchib, qanot- 
lari ochilar ekan, dushman askarlarining hayoti 
о‘char, nayzalar uchar jrulduzlardek otilib borib, 
yov kolcragiga o'rnatilgan sovutlarni igna ipak 
matoga sanchilgani kabi oson teshib о‘tar, xan- 
jarlar qon tolcaverganidan qip-qizil tilga o'xshab, 
odamlar bag'rini til bilan yaralagandek tilka-pora 
qilardi. Gurzilar el boshini yanchuvchilik vazifasini 
bajarardi. Qattiq jang oqshomgacha davom etdi.


Nafval lashkarining soni raqiblaridan ko‘proq 
bolib, mardlik bilan jang qildilar. Dushmanlar bu 
holatni ко'rib, qo‘rquvga tushdilar-da, himoyaga 
kuch berdilar. Kun kech bolgan esa-da, biron 
tomon maglub bolmadi. Nafval jang natijasidan 
xursand bolib, sipohni dam olishga buyurdi.
Tunda Nafval ertaga davom etadigan jangda 
g‘alaba qozonish rejasini tuzar ekan, bu chog‘ 
raqib tomon maglub bolishdan qo'rquvda edi. 
Laylining otasi o‘z lashkarining yaxshi urusha 
olmayotganini ко‘rib, nima qilish haqida о 

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin