«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


«Ki bu y o ‘l ne balo uzog‘ o ‘ldi



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

«Ki bu y o ‘l ne balo uzog‘ o ‘ldi,
Tobidin dog‘im uzra dog‘ o ‘ldi.
Yetti og‘zimg‘a ranjdin jonim,
Qolmadi g ‘am yemakka imkonim.
Umrdin noumid b o ‘ldim lo!
Mehnati hajr ichinda o ‘ldim lo!
Ul kun o ‘lg‘aymu, ey sipehri daniy,
Ki solib shoh xizmatig ‘a meni.
Qulog‘ig‘a s o ‘zumni yetkursang,
A y o g ‘ig‘a ko‘zumni yetkursang.
Vasldin hosil o flsa darmonim,
B o ‘lmag‘ay o ‘lsam o ‘zga armonim!»
Bu xil ashulani eshitgan shoh oh tortib, yoqa- 
sini yirtdi. Daraxt bag'ridagi g‘ordan yuz nola-yu 
fig‘on bilan yugurib chiqdi-da, borib o‘zini yorining 
oyog'iga tashladi, go у о oftobga sig‘inuvchi kishi 
quyoshni ко‘rib sajda qilgandek boldi va parini 
ko'rgan devonadek hushini yo'qotib yiqildi. Bu ho- 
latni ko'rgan parivash hayratdan lol bolib turardi. 
Keyin shoh oyoglga ко‘zidan durlar toldb, oyoglni 
o'pgach, u ham о‘zidan ketdi. Yer ustida ikkovi 
bexud bolib o'zlariga kelmay yotishardi. Quyosh 
olamga o‘zining nurli ipaklarini yoygach, karvon 
ahli uyg'onishib ularning ahvollaridan xabardor 
boldilar va ikkovining boshi uzra to'plandilar. Xoja 
bu ajoyib holni kuzatar ekan, ularning boshlariga 
iqbol qushi qo'nganini bildi, keyin odamlarni tarqa- 
tib bir oq chodir olib keldi-da, ular yotgan yerga 
o'matdi. Ikki dilxoh o'zlariga kelishgach, nimalar 
haqida suhbatlashganlaridan men ogoh emasman, 
chunki ulami o‘z og4ishiga olgan yotoqxonaga el- 
gina emas, sahar nasimi ham sirdosh bololmasdi. 
Xullas, shoh murodiga yetdi, u xursand bolib xo-


jani o'ziga maxsus vazir etib tayinlab, savdogarlik 
ishlaridan qutqardi. Odamlar vaqtni g'animat bilib 
shahar tomon yolga tushdilar.
*
*
*
Shoh Bahrom shaharga qaytgach, jismi tam- 
omila sog'ayib, yana bazmlarga berilib ketdi. U 
har haftaning yetti kunini yetti rango-rang qasrda 
o'tkazib, mahvash dildorlari qolidan may ichishni 
odatga aylantirdi. Qasrlardagi gulchehralar unga 
aziz bolsalar ham, u o ‘z mahbubasi Diloromni 
barchasidan ko‘proq sevardi. Shoh bir necha yilni 
shu tarzda bazmlar bilan o‘tkazdi. Lekin podshoh 
uch yuz yil davr-u davron sursa ham, barcha 
taxtlami egallab, butun jahonga hukmdorlik qilsa 
ham, yetti osmon gumbazida orom olib, Mirrix 
(Mars) sayyorasi uning dargohida eshik og‘asi 
bolib xizmat qilsa ham, hamma narsani qoldirib 
ketishi kerak boladi. Shoh Bahromning ham bar­
cha murodlari hosil bolgach, hayoti shunday nati- 
ja bilan tugadi. U yetti qasrda to'xtovsiz may ichar 
ekan, qaysi manzilda bolsa ham gill yuzli sarvdek 
go'zal yori Dilorom unga hamrohlik qilardi. U o‘z 
changini yangratib, qo'shiq kuylab shoh ko'ngli- 
ni, shod etardi. Bahrom ovga chiqqan mahalda 
ham mahbubasi ot ustida chang chalib, ashula 
aytib borardi. Xonandasi ham, soqiysi ham, um- 
riboqiysi ham Dilorom edi. U shoh bazmlarining 
bezagi bolib hukmdorni xursand etar, Bahrom 
aysh mahalida ham, toat paytida ham sevimli 
mahbubasini bir soat ko'rmay turolmas edi.
Bir kuni shoh nihoyatda keng bir maydonda ov 
qildi. U yerda hayvonlar yulduzlardek son-sanoq-


siz bolib, qochish yollari ham berk edi. Ovchilar 
ham, ovlanuvchi hayvonlar ham g'oyatda ko‘p 
edi. Keng o‘tloq otliqlarga tola bolib, ular bir 
necha qator davra hosil qilishgandi. Ov qilinadi- 
gan joyning doirasi uch yog'och, ovchilar esa o‘n 
besh saf edilar. Ov boshlangach, ko'm-ko'k o'tloq 
hayvonlar qonidan lolazorga aylandi. Bu qonlar 
sel bolib oqardi.
Shoh Bahrom rahm-shafqatni unutib, ko'plab 
hayvonlami oldirar ekan, yonidagi mingga yaqin 
mergan yigitlar ham undan kam ov qilmaslikka 
tirishar edilar. Safdagi otliqlar yomg'irdek o‘q 
yogdirishganda, hayvonlar qay tomonga yugur- 
masinlar, qochib qutula olmasdilar. Ovchilar 
necha o‘n minglab begunoh hayvonlami rahm- 
sizlik bilan oldirar ekanlar, kiyimlari qop-qora 
qonga boyalgandi. U manzilda go у о qondan bir 
guliston paydo bolgandek edi.
Bu manzildagi o'tloqning osti balchiq va suv- 
dan iborat bolgan botqoqlik ekan. Uning yuzini 
chang-to‘zon bosgach, yom gir yog'ganida, u 
yerdan o‘t-olanlar о‘sib chiqqan, keyin o'rmonga 
aylangan, daraxtlar ildiz otib, botqoq ostini qotirib 
qo^gan ekan. Ov vaqtida oqqan qonlar o'tloq os­
tiga singigach, botqoqlik suviga yetib borib, unga 
qo‘shildi-da, balchiq paydo qilib, ovchilaming beli- 
gacha yetib bordi. Otlar ham balchiqqa bota bosh- 
lashdi. Shu payt quyosh yuzini bulutlar to‘sdi-da, 
qattiq yomg'ir yog‘a boshladi. Go^o Nuh toToni 
yuz berganga o'xshardi. Ov maydoni odamlarga 
to lib kelgach, yerning yuki oglrligidan egilib, yuz 
ming balchiq ostiga kirib ketdi. Barchalari ovga 
borib, ov qilish joyidagi tuzoqqa ilindilar. Sher bi­
lan jayron, ya’ni Bahrom bilan Dilorom ham shu


tuzoqqa tushib qoldilar. Ikkovlari ham qutulish 
imkoni yo'qligini anglab, bir-birlari bilan mahkam 
quchoqlashganlaricha balchiq ostiga kirib ketdi- 
lar. Shuncha behisob lashkarlar chumolilardek 
to'polon kotarishdi-yu, barchalari chumolilardek 
yer ostiga ravona bolishdi. Bu g'azabkor sipohlar 
chumolilardek yer ostiga kirishgan ekan, Sulay- 
mon ham ravona bolmay qolmadi.
Barcha olam ahlining oqibat boradigan joyi 
go‘r (qabr) dir. Uning ismi ham Bahromi Go‘r edi. 
Ajdarhoga o'xshaydigan bu razil dunyoning doimiy 
odati odamlami yutishdan iborat. U ana shu odati 
bo'yicha yuta olganicha xalqni yutdi. Lekin uning 
yutishida bir qonun mavjud bolib, u bir yoki o‘n, 
yuz yoki ming kishini yamlardi. Lekin bu jihatdan 
qaraganda, Bahrom ishi boshqacharoq yuz ber­
di, ya’ni bu dahshatli ajdaho uni shuncha obro‘, 
xazina, jahonga sig‘magan sipohi bilan bir dam- 
da shunday yutib yubordiki, undan hech kimsa 
xabar topolmay qoldi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin