«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Shahekim, adolatdur oning ishi



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Shahekim, adolatdur oning ishi,
Teng ermas anga shohlardan kishi.
Yosh, adolatparvar shoh mamlakatni obod qi­
lish uchun yana ko‘p ishlami bajardi. Hokim ko‘p 
yillar davomida o‘rgatgani kabi u adolat havosini 
yaxshi bilib olgandi. Unga adolat ham, shijoat 
ham, hikmat ham yor edi. Quyoshdek olam uzra 
bayroq ko‘tarib, jahonda shunday ishlami qildiki, 
hech kim bu jahonda bajargan emasdi. Shunday 
mo‘jizalarni yaratdiki, ko‘plab jahondorlar uning 
qudrati oldida maglub boldilar. U qilgan ishlami 
aytib tugatish uchun asrlar ham yetmaydi. Barcha 
qilganini aytib ham bolmaydi, so‘z boshlagan bu


aytilganlami tugatishga ham ojizlik qiladi. Yax- 
shisi, bolib otgan hodisalami qisqartirib bayon 
qilingani durust. Shu у о Ini tutsam, maqsadimni 
amalga oshirgan bolaman.
Iskandar - buyuk sarkarda
Hamonki, Iskandar burun Rum taxtiga shoh 
bolgan edi. Dushmanlarini halok qilib, borgan 
yerlarini dushmanlaridan pokladi. Keyin jahonni 
ochmoq, yer-u dengizlami o‘rganish uchun qo‘shin 
bilan yolga otlandi. A w al qasos olish uchun 
Mag'rib zaminga yurish qildi. Zangibor ahlini 
yengib, keyin Doro bilan to'qnashdi. Undan ustun 
kelgach, Farang mulkini fath ayladi. U mamlakat 
eli taslim bolgach, Qrim bilan Andalus olkalari 
ustidan g‘alaba qozondi. Misr mulkini fath etib, 
taxtiga oltirdi. Bu mamlakatning ob-havosini 
yoqtirib qolib, Iskandariya shahrini bunyod etdi. 
Zardushtlar dafig'a kurash ochib, ularning o‘tla- 
rini suv bilan barbod qildi. Iroq va Ajamga yol 
ochib, u yerlar ohangidan navo topdi. Iroqi Arabga 
ot surub, u olkalarning xalqlarini o‘z qadamidan 
bahramand etdi.
Shom-u Halab olkalarini egallab, g'alaba qo­
zondi. Suhayl kabi Yaman sari y o l olib, aqiq 
toshlaridan bahramand boldi. Yer o'pmak maq- 
sadi bilan Makka tomon yurdi, uni qabul qilish 
uchun Makka eshigi ochildi. Sohildan ancha yu­
rib, yana Fors fathi uchun jang qilib g'olib boldi. 
Bu ishlardan so‘ng shimol sari yol oldi, Xorazm 
mamlakatini ham qolga kiritdi. Shundan so'ng 
Iskandar dashti Qipchoq, Saqsin-u Saqlab, Os-u 
Rus, Cherkas-u Gurji mamlakatlarini egallab,


barcha xalqlarini o‘ziga qaram qilib oldi. So'ng 
hukmdor Sharq tomon yol olib, Farxomi xarob 
qilib, keyin Movarounnahmi bosib oldi va bu yer­
da Samarqand shahrini bunyod etdi, Chigil bilan 
Yag‘mo olkalarini zabt etgach, Chin tomon safar 
ayladi. Hind mamlakatini ham egallab, barcha 
butxonalarni vayron qilib, keyin Janubga y o l 
soldi. Sind daiyosini kechib otib, Kirmon, Kech-u 
Mukron yurtlarini kezgach, so‘ng Xurosonni zabt 
etib, bu yerda Hirot shahriga asos soladi.
Isfahon dashtida Ray shahrini egallagach, shu 
bilan jahonni fath etish boyicha maqsadiga yetib, 
bamaylixotir Rum mamlakatiga yo‘naladi, bir qan­
cha vaqt u yerda yashab, qilgan ishlaridan ko'ngli 
tolmay, ulug‘ inshootlar qurishga bel boglab yana 
safarga chiqadi.
Uning g'aroyib ishlaridan biri rabotlar qurish, 
yemi yig‘och olchovi bilan olchash boldi. Ya’juj 
va ma’jujlar elida uzunligi o‘n ikki ming qarini bir 
yig'och hisoblab olchov sifatida qollay boshladi.
Keyin dengiz safariga otlanib minglab kema yasa- 
tib, necha yil suv ichida okeanlar, dengizlami kezib, 
ularni olchatdi. Muhit (Tinch okeani) markazigayol 
ochib, suv ostini kotish uchun maxsus shisha idish 
yasatdi. Shishaga kirib, uning og‘zini berkitdi-yu, 
necha ming qari arqon uchini shishaga ulab, den- 
gizni tomosha qilib qaytdi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin