Agar boshimni kesish uchun kelgan bolsang,
muhlat ber, senga bir-ikki so‘z ayta olay», - dedi.
«Men bu ishlardan xabardor bolsam ham,
rozilik bermagan edim», - dedi Iskandar. Doro:
«Mening uch so'zim uch nasihatdir. Awalo, be
gunoh holda menga qilieh sanchgan qotillarimni
jazolagin. Ikkinchisi: qarindoshlarimni jazolama,
uchinchisi, qizim Ravshanakni o‘z nikohingga ol!»
- deb xayrlashdi. Keyin motam tutishib, shohona
bir tarzda Doroni dafn qilib, urushni to'xtatishdi.
Doro vafotidan so‘ng to'plangan lashkarlar bi-
rin-ketin o‘z vatanlariga qayta boshladilar. Iskandar
Doro taxtiga otirib, uning vasiyatlarini bajarishga
kirishdi. Burun shoh Doroga aza tutdi, Doroni oldir-
gan ikki qotilni ham soVoq qilib, ikki dorga oyogidan
ostirdi va elga ulami toshbo‘ron
qilishga farmon
berdi. Keyin badanlarini kuydirishga, kullarini esa
osmonga sovurishga buyurdi. Elga shodlik qilishga
ruxsat berildi. Ravshanakka noma yozilib, azani
to'xtatishi, totyga rozilik berishi so'raldi.
Iskandar Doro taxtiga otirdi. O'zigacha hukm-
dorlik qilgan ming uch yuz yil davomida o‘n to‘rt
olampanohning Doro qal’asidagi 180 xazinasini
tekshirishib, shoh devonidagi xazina daftarini olib
boruvchi amaldor
bilan hisob-kitob qildilar-da,
barcha xazina molini jamlab shoh huzuriga olib
keldilar. Shoh xazinalar hisobini ochiq holda elga
bayon qilishni buyurdi. Ro'yxat o‘qilganda, barcha
odamlar hayron qoldilar. Shoh farmoniga itoat
qilib ulami saroydagi asosiy xazinaga tashishdilar.
Ikki yilgacha shahardagi
xazinalar mulki saroy
xazinasiga tashildi. Bu hali bor mulkning choragi-
ga to‘g‘ri kelardi. Keyin shoh farmoni bilan qolgan
mol-mulkni o‘z joyida qoldirib, yaxshilab berkit-
dilar. Qolgan mulk hisobchilar sanog'iga ko‘ra
yetti yuz ming tuman ekanligi ayon boldi. So‘ng
shoh sipohlarining har bir guruhi, sipohdorlar,
nawob-u hojiblar qanchadan oylik olishni aniqlab
jamlashni buyurdi.
Ularning miqdori ham saroy
belgilaganidan ancha ortiqligi malum boldi. Oylik
uchun belgilangan pulning yarmigina sipohlar
qoliga yetib borar ekan. Shoh bu ahvoldan xabar
topgach: «Maosh barcha sipoh ahliga barobar qilib
berilsin», - degan buyruq bolib,
ular xarajatlari
uchun yetarli maosh ola boshladilar. Sipohlardan
tashqari 600 000 yordamchi ishchilarning maosh-
lari ham shu tarzda ko‘paytirildi. Barcha sipohi-
ylar shohning: «Manga ganj havas emas, sipoh-u
raiyat manga ganj», - degan so'zlaridan nihoyatda
quvonib, shodlanishardi. «Xazinadan elga naf ye-
tmasa, undagi lallardan oddiy tosh afzaldir. Agar
tosh
zarar keltirmasa, xazinadagi boyliklardan
elga yuz xatar bordir. Agar shoh xazinasi foyda
bermas ekan, jahon
ahli uning sarbasar dush-
manidir. El xazinadan foydalanar ekan, jahonni
zabt etmoq ham oson boladi», - dedi Iskandar.
Dostları ilə paylaş: