«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


 Masnadnishin - taxtda o'tiruvchi



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

28 Masnadnishin - taxtda o'tiruvchi.
29 Amin - saqlovchi, posbon.


cha shu tarzda dard-u g‘am chekib, fig'on qilish- 
lardan quwati ketdi-da, hushini у о ‘qotib, olikdek 
yerga cho‘zildi. Uning bu holatiga osmon ko‘k 
kiyib, falak yulduzlar duridan ko‘z yosh to'kar, 
asta ko'tarilib kelayotgan quyosh ham bu oshiq 
yigit dardiga malham bolishga ojiz edi.
Farhod kishanlardan qutulib istagan tomonga 
borish imkoniyatiga ega bo'lsa ham, nogahon 
Xisrav eshitib soqchilarni jazolamasin, degan fikr 
bilan o‘z manzilidan ko‘p uzoq ketmasdi. Lekin 
bu ishlaming bari shoh qulog'iga borib yetgan- 
di. Darg'azab bolgan Xisrav soqchilarni qattiq 
jazoladi. Keyin Farhodning o‘sha yerda ekanligi, 
o‘z manzilidan yiroqqa ketmayotganini bildi-da: 
«0 ‘zimni bilmaslikka olib, bu voqealarni eshit- 
magandek yurishim ma’qulga o'xshaydi», - degan 
qarorga keldi. Farhodni kishanda ko'rgach esa 
yanada xursand boldi.
Shoh makkorlik bilan Farhodni qolga olgan 
paytda Shopur shaharga kirgan edi. Uo'z do'stin- 
ing ahvolini o^lab nola-yu faryod qilar, kolcragiga 
tosh urib iztirob chekardi. Farhodning hiyla bilan 
behush holda bandi qilingani, shoh savollariga 
oshiq yigitning qanday javoblar qaytargani, Xisrav 
gunohsiz raqibini qatl qilmoqchi bolgani, bunga 
parvo qilmagan Farhodning aslida Xito-yu Chin 
eliga xon ekani xalq orasida keng tarqalib ket- 
gan edi. Shahar aholisi Xisravdan g'azablanib, 
Farhodga maftun bolgandi. Bu voqealar haqida, 
oshiq yigitning donoligi-yu jasorati to‘g‘risida 
shoirlar ko'plab g'azallar yozishar, xonandalar 
ashulalar kuylashardi.
Bolib o'tgan barcha hodisalar Mehinbonuga 
ham eshitilgan bolib, qanday chora topishni bil-


may yiglagani yiglagan edi, bu so'zlardan Shirin 
xabar topsa, shubhasiz, o'zini o'ldiradi, deb tash- 
vish chekardi. Lekin Shirin o‘z yorining dushman 
qoliga tushganini sezgan bolib, goh o‘zida, goh 
behush edi. Parda orqasida o'tirib cheksiz azob 
chekar, ayriliqdan nihoyatda g‘amgin edi.
Bir kuni u toza havodan bahra olish uchun 
qasr tomiga chiqdi. Atrofga boqib, bog‘dagi gullar- 
ni tomosha qilib turar ekan, quloglga hazin bir 
ashula eshitildi. Dardli qo'shiq so'zlariga diqqat 
qilar ekan, har bir bayt Farhod haqida, Xisravning 
yigit boshiga solgan behad zulmi to‘g‘risida ekani- 
ni angladi-da, bag'riga o'tkir bir xanjar qadalgan- 
dek bolib kuchli bir oh tortdi-yu, boshini yerga 
urib, qonga bo^aldi, gulgun yoqasini chok qilib, 
sochlarini yoyib, faryod chekib, hushini yo‘qotib, 
yerga yiqildi. Uning boshiga yetib kelgan Mehin­
bonu tinmay yiglab turar ekan, Shopur ham 
kelib, malika oldida yer o'pdi va shunday dedi: 
«Malikam, yovuz Xisrav bechora Farhodni hiyla 
bilan band etganida, uni behush aylagan mak- 
korni tosh bilan urib oldirdim-u, keyin do'stim 
oldiga borishni ham, sizning huzuringizga kelishni 
ham bilolmay, yiglab, iztirob chekib yurdim, bir 
vayronada behush yiqilgancha ancha kun yotdim. 
0 ‘zimga kelgach, qo‘rg‘ondan tashqari chiqib, 
Xisrav lashkari orasida bekinib yurib, ularning 
so‘zlariga quloq tutdim. Ular Farhod haqida faqat 
yaxshi so'zlami a^ishardi. Shuni ham eshitdim- 
ki, Farhod o‘zi zindonband etilgan qadimgi bir 
qo‘rg‘onda sog‘-omon ekan. Xisravning soqchi- 
larga: «Agar bu mahbus o‘zi turgan yeridan uzoq 
ketsa, hammangni oldiraman», - degan po'pisas- 
ini eshitgan Farhod soqchilarga ozor yetmasin


deb, o‘sha tog'dan uzoqqa ketolmay yurar ekan. 
Bu so'zlardan xabar topgach, uning tomoniga 
bormay, sizlar tomon y ol oldim. Chunki el orasi- 
dagi gaplardan sizlarning ahvolingizni bilar edim. 
Shuning uchun ikkovingizni xursand qilishga 
shoshildim. Sizlami ко‘rib, keyin do‘stim yoniga 
bormoqchiman. Yo so‘zlarimni tobctatib, hoziroq 
u tomonga jo'naymi?»
Bu so'zlarni eshitgan Mehinbonu: «Sen aytgan 
so'zlar jarohatli ko‘nglimga malham boldi. Seni to- 
polmay juda noshod edik. Farhodning sog-omon- 
ligini eshitib juda xursand boldik. U yotgari 
qo‘rg‘on tomon boradigan bolsang, bizning ayt- 
moqchi bolgan so'zlarimiz ko'p, Allohga shukrlar 
bolsinki, seni ко‘rib Farhodni koYgandek boldik»,
- dedi-da, Shirin ahvoli, hozirgina behush bolib 
yiqilganini aytib berdi. Shirinning dimog'iga turli 
xushboy isli tutatqilarni tutib hushiga keltirishdi. 
Ko'zini ochib, Shopurni ko‘rgan Shirin yana o‘z 
Farhodini yodga olib, faiyod qildi:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin