«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

omon
y o l olishgan tunda Majnun ko'zidan 
gulrang ko‘z yoshlarini tolrib o'tirardi. Bir payt 
hajr o‘ti uni beqaror qildi-yu bexud bolib uydan 
chiqdi-da, dasht sari yugurib ketdi. Oh-faryod urib 
borar ekan, oldidan bir suruk qo“y chiqib qoldi. 
Ularni haydab kelayotgan chp*pon ham tanishroq 
ko'rindi. U Majnunni ko'rgach, muloyimlik bilan 
ahvolini so'radi. Majnun: «Ey qutlug' chehrali in­
son, Majnun seni qayerda ko'rgan ediki, yuzing 
oshno ko'rinyapti, so‘zlaring unga davo bolyapti? 
Sen unga mehribonlik ko‘rsatib, ardoqlayapsan?» -
deb so'radi. Cho‘pon uning oyoglga boshini qo^ib, 
shunday javob berdi: «Mening ishim cho'ponlik 
bolib, qo^-u qo'zilarni parvarish qilishdir. 
0
‘zim 
Layli qoyiarini boqaman. Seni maktabda o‘qiyot- 
gan vaqtingda ko‘rgandim. Ishqing alamlaridan 
ham xabardorman».
Majnun uning tovoniga bosh urib, etiklariga 
qoshlarini surtdi-da: «Sening so Glaring tanimga 
jon baglshladi. Sen Isodek bolib olukni tiriltirib,


yaxshi mo'jizalar ko‘rsatar ekansan. Yo‘q, yo‘q, 
cho'ponlikda Muso bolib, qolingdagi tayoq ham 
ajdarga o'xshaydi. Muso nima bolibdi, sen g‘am 
zulmatida panohim bolding. Endi meni hayot suvi 
tomon boshla: Laylimni uzoqdan bolsa ham ko'ra- 
yin. Hajrida juda bemorman, rahm aylagin, ko‘p 
bemadorman», - deb iltijo qila boshladi. Cho'pon 
dediki: «Oqshomgacha menga suhbatdosh bolgin, 
biron chora izlab topib senga yordam ko'rsatay». 
Majnun uning aytganini qilib, bir yildek bolib 
ko‘ringan o‘sha kunni cho'pon yonida o‘tkazdi. 
Quyosh g‘arb tomon yuz qo“ygan chog‘ cho'pon 
qoyiarini qabila tomon surdi. Bir qo*y terisini olib 
kelib, Majnunga: «Buni ustingga yopib ol. Qo^ga 
o'xshab bu terini 
o ‘zingga
kiyim qilgin-da, qad- 
dingni egib yur. Layli qizlar bilan birga qo'ylarni 
sogishni tomosha qilish uchun keladi. Senga 
yaqinlashganida, qancha xohlasang, shuncha 
ko'raverasan», - dedi.
Majnun terini ustiga mahkam qilib yopti-da, 
qo^lar ichida qaddini egib, to‘rt oyoglab borar 
ekan, qabilaga yetishgach, qizlar xuddi yuldu- 
zlarga o'xshab yugurishib chiqib kelishdi. Layli 
ular ichida oydek bolib ko'rinib turar, yori ishqida 
ko(p iztirob chekkanidan sochlari parishon, hijron 
o'tidan yuzlari qizargan holda edi. U Majnun 
turgan joyga yaqinlashganda, Majnun qattiq bir 
oh tortib, qoyiar ichida yiqildi. Bundan qo‘rqib 
ketgan qo^lar har tomonga qochishdi-da, uning 
o‘zi yolglz qoldi. Layli bu o‘tli ohni eshitib, ichi 
o'rtanib, kim ekanini bilish uchun ungayaqinlash- 
di. Ko'rsaki, qoy terisi ichida o‘zining sevgili yori 
yotibdi. Uni ko'rgan Layli ham oh urib, hushidan


ketdi-da, yerga yiqildi. Bu holatni ко‘rib turgan 
qizlar qabila ahli bilib qolsa, ikkoviga ham yomon 
bolishini anglashdi-da, Laylini ko‘tarishib, uyiga 
olib ketishdi. Ko'rgan voqealardan hayratda qotib 
qolgan cho'pon nima qilishini bilmay turarkan, 
tuyalarini tez yurgizib kelayotgan ikki kishiga ko'zi 
tushdi. Ular Majnunni ko‘rib tuyaga ortishdi-da, 
oyoqlarini mahkam boglab qoyib, tuyalami tez 
yurg‘azib, yigit qabilasi tomon y o l olishdi.
Qaysni uyga olib kirishgach, u o‘ziga keldi. 
Otasi yana yiglab pand-nasihat qilishga tushdi. 
U esa xijolat bolganidan otasining yuziga ham 
boqolmasdan, yuzini yerga qoyganicha - otasining 
oyoglni o‘pib turib, mehriboni so'zlarini eshitib: 
«Gunohimni kechir, sening yaxshiliging mening 
panohimdir», - deb iltijo qildi. Uning uzr so‘ray о t- 
ganini ko'rgan ota: «Qilgan barcha ishlaringdan 
qaytib, nima desam, shuni bajarsang, shariat 
amrini qabul etsang, meni rozi qilgan bolasan», -
dedi. Majnun oliyjanob, ehson-u muruvat sohibi 
bolgan odamlardan bolib, hushi o‘zida bolgan 
onlarida hech qachon odob doirasidan tashqari 
chiqmasdi. Shuning uchun Tangri va ota-onasi 
rizoligini tilab dediki: «Sening roziligingga qarab 
ish qilaman. Hukmingni ayt: uni bajarish shiorim 
boladi». Otasi uning so‘zlaridan xursand bolib, 
Nafval haqida so‘z ochdi. Uning arablar orasida, 
faqat Arabistonda emas, hatto, olamdayagona zot 
ekanini aytgach: «U sen uchun ko‘p alamlar chek­
di, taqdir bolmagani uchun oldin bu ish bolmadi, 
endi undan kechirim so‘rab, tilagini bajarish senga 
qarzdir. Nafvalning ham, otangning ham iltimosi 
sening unga farzand bolishingdir. Sohibjamol,


boshidan oyogl go'zal va dilkash, odob-u hayoli 
qizi bor ekan, qabilasi ham unga zor-u shay- 
do ekan. Uning visoliga yetishni istaganlarning 
son-sanogl yo‘q ekan. Mening roziligimni istasang, 
shu qizga uylanishga rozi bolgin», - dedi. Majnun 
sukut saqlab, so'zlamay turar ekan, otasi buni 
o'glining roziligiga yoyib xursand boldi-da, qabila 
uluglarini uyiga chaqirtirdi. Nikoh uchun barcha 
narsalami hozirlab, Majnunni yasatishib fursatni 
boy bermay, Nafval qabilasiga qarab yol olishdi. 
U ham toVga tayyorlik ко‘rib, xesh-u aqrabolarini 
chaqirtirgach, katta bazm uyushtirib, kuyov to- 
monni kutib oldi. Barcha shodlikka yuz burib, 
xursandchilik qilar, kecha-yu kunduz tinmay 
ichkilik ichishardi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin