Xulosa o’rnida aytish mumkinki, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor munosabatlarini rivojlantirish moliyaviy boshqaruvning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi. Moliyaviy boshqaruv korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy faoliyatni boshqarishidir. Bunda pul oqimlari har bir korxona uchun asosiy faoliyat omili bo’lgani uni jarayon obyekti sifatida tanlashni taqozo qilgan.Uning tizimli va alohida maxsuslashtirilgan funkiyalari uni korporativ tuzilma faoliyatidagi o’rnini, qanday tashkil etilish jarayonini ifodalaydi.
Asosiy maqsadi bo’lib, foydani maksimallashtirib borish orqali mulkdorlar moddiy farovonligini va bevosita korxona bozor qiymatini oshirib borish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, moliyaviy boshqaruv oldiga operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilish bilan bog’liq vazifalar qo‘yiladi.
Moliyaviy boshqarishning izchil va samarali ishlash tizimini ta’minlashda korporativ tuzilmaning barcha bo’linmalari operatsion strategiyalarini va aksiyadorlar uzoq muddatli maqsadlarini integratsiyalashda malakali, xorij tajribalarini chuqur egallagan moliyaviy boshqaruvchilar katta ahamiyat kasb etadi.
Korporativ moliyaviy boshqarish jarayonlarini tartibga soluvchi va amalga oshiruvchi asosiy elеmеntlar tizimini birlashtiradigan mexanizm yaratish muhimdir. Bu mexanizm korxonani dastlabki tashkil etish davridan boshlab, ularni rivojlanish siklining barcha bosqichlarida moliyaviy boshqaruvning alohida jihatlari va prinsiplarini e'tiborga olgan holda qarorlar qabul qilish, uning samarali amalga oshirilishi, ijrosini ta'minlash hamda nazorat qilishni o’z ichiga qamrab olishi maqsadga muvofiqdir.
Jahon amaliyotidan ko’rishimiz mumkinki, korxonalar faoliyatini tartibga solishning bozor, faoliyatining ayrim jihatlarini tartibga soluvchi ichki mеxanizm, moliyaviy boshqaruvning axborot ta’minot tizimi, qabul qilingan boshqaruv qarorlarini ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish kabi ichki va tashqi richaglar keng miqyosda qo’llanilib kelinadi. Ko’pchilik tuzilmalarda faoliyat turlaridan kеlib chiqqan holda moliyaviy boshqaruvni tashkil etish bo’lim va bo’linmalarga ajratilgan. Har bir bo’linma ma’suliyati nuqtai nazaridan o’z vazifasini bajaradi. Yaponiyada esa ko’pchilik korporativ tuzilmalarda aksincha holatni, ya’ni barcha tarkibiy qism moliyaviy faoliyat jarayoniga javobgaligini ko’rishimiz mumkin.
Korporativ moliyaviy boshqarishni samarali tashkil etish borasida bugungi kunda bir qancha dolzarb masalalar mavjud. Bular qatoriga moliyaviy ta'minotni samarali tashkil etish, arzon moliyaviy rеsurslar jalb qilish kapital bahosini aniqlash orqali kapitalning optimal tarkibini shakllantirish, emissiya qilingan qimmatli qog’ozlarni muvaffaqiyatli joylashtirish, jalb qilingan qarz mablag’laridan samarali foydalanish orqali majburiyatlarni o’z vaqtida ko’plash natijasida ijobiy krеdit tarixiga ega bo’lish, aksiyalar ochiq obunasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, erishilgan sof foydani rеinvеstitsiyalashda va dividеndlarga taqsimlashda optimal nisbatni bеlgilash kabilar kiradi.
Korporativ moliyaviy boshqaruvning samarali tashkil etilishi, emissiyalarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi, qarzni o'z vaqtida to'lash hisobiga ijobiy kredit tarixini shakllantirish, sof foydani optimallashtirish va dividendlarni optimal taqsimlash hamda arzon moliyaviy resurslarni jalb qilish orqali kapitalning qiymatini aniqlab, kapitalning maqbul tuzilmasini yaratishdan iborat. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi korporativ boshqaruvda muvaffaqiyatga erishishga, bozor ulushini oshirishga va biznes qiymatini oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |