Mmt 76-guruh talabasi Pardayev Zufar Xalqaro moliya



Yüklə 35,83 Kb.
səhifə3/4
tarix26.12.2023
ölçüsü35,83 Kb.
#198204
1   2   3   4
Xalqaro moliyaZufar.docx 1111 (3)

Xalqaro tashkilotlar - ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo'lib, doimiy faoIiyat ko'rsatuvchi organlarga ega bo'lgan holda jahon xo'jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini bajaradi. Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari - jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy lashkilotlar. Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar kabi subyektlar faol rol o'ynaydi.
Markaziy Osiyoda xalqaro savdo uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
Xalqaro savdo- bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarining ayriboshlash jarayonidir.
Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo markazi Ready4Trade Central Asia loyihasi natijalarini taqdim etdi. Loyihada savdo tartib-qoidalari soddalashtirildi, transchegaraviy boshqaruv bo‘yicha o‘quv dasturi joriy qilindi. Xalqaro savdo markazi Ready4Trade Central Asia loyihasi natijalarini taqdim etdi. Loyihada savdo tartib-qoidalari soddalashtirildi, transchegaraviy boshqaruv bo‘yicha o‘quv dasturi joriy qilindi.
Markaziy Osiyoda xalqaro savdo uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
17-may kuni Xalqaro savdo markazi (XSM), BMT va JST qo‘shma agentligi Olma-ota shahridagi (Qozog‘iston) matbuot-anjumani davomida Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan Ready4Trade Central Asia loyihasi natijalarini taqdim qildi.
Yakunda loyihaning uchta tarkibiy qismi bo‘yicha quyidagi natijalar e’lon qilindi:
Savdo tartibini soddalashtirish bo‘yicha portal. Bugungi kunda “Uzbekistan Trade Info” mahalliy platformasi 54 ta muhim mahsulot guruhlari bo‘yicha import, eksport va tranzit rasmiyatchiliklari yuzasidan qadam-baqadam yo‘l-yo‘riq, jumladan, zarur hujjatlar, shakllar va amaldagi qoidalar va tartiblar, shuningdek, kichik biznes uchun muhim axborotlar taqdim etib kelmoqda. Platforma ishga tushgan 2022-yil 23-noyabr sanasidan boshlab undan 4600 dan ziyod kishi foydalangan va uning auditoriyasi o‘sishda davom etmoqda.
Transchegaraviy boshqaruv bo‘yicha o‘quv dasturi. Mintaqaviy va xalqaro savdoni rivojlantirish uchun XSM kichik va o‘rta biznes korxonalari (KO‘BK) uchun tartiblar va normativ transchegaraviy talablarni qamrab olgan bepul kurslar ishlab chiqdi va o‘tkazdi, ular doirasida bugunga kelib O‘zbekistonda 980 dan ortiq benefitsiarlar sertifikatga ega bo‘ldi. Dasturning genderga oid tarkibiy qismi. XSM Markaziy Osiyoning beshta mamlakatida 1500 dan ortiq ayol ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazdi. Chegara xizmatlarining 600 dan ziyod xodimi genderga xos chegara muhitini yaratish maqsadida savdoga ko‘maklashishning adolatli, axloqiy metodlarini ishlab chiqish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tdi. O‘zbekistonda yuzma-yuz seminarlarda instruktorlar qo‘l ostida 1000 dan ziyod KO‘B benefitsiarlari tayyorgarlikdan o‘tkazildi, ulardan 50% ga yaqinini ayollar tashkil etdi
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanish evolutsiyasi bilan lIzviy bog'liqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo'jaligining shakllanishi jarayonida alohida o'rin tutadi. Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo'jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon xo'jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Jahon xo'jaligi bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga bo'ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o'zaro bog'liq milliy iqtisodiyotlar yig'indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir. Jahon xo'jaligining harqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar holati mllhim o'rin tlltadi. Chunki. milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyckti hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati. mamlakalning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o'rin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil et ish bilan uzviy bog'liqdir. Ta'kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni o'ziga qamrab oladi; ya'ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma'lumki, mamlakatlar o'rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan me'yoriy normalar, davlatlararo darajadagi shartnoma va bitimlar, mamlakatlar o'rtasida o'zaro qabul qilingan kelishllvlarga amal qilinadi. Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konvensiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo'l-yo'riqlami amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi.
Xalqaro moliya bozorlaridagi o'zgarishlar. MilIiy iqtisodiyotda faoliyat ko'rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi.
• Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyollar tomonidan jahon bozorlarida o'rin egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ish lab chiqarish va ularni sot ish jarayonida vujudga keladi.
• Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, ya'ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali yuzaga keldi.
• Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o'rin tutadi. • Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me'yoriy-huquqiy bazasini qabul etilishi. • Mamlakatlar o'rtasidagi moIiyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan tartibga sol ish va nazorat qiIish tizimining tashkil qilinishi. Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko'rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin:
- eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi;
- import kvotasinin miqdori, bunda import hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi;
- tashqi savdo kvotasining miqdori. bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi.
Mazkur ko'rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya munosabatiaridagi ishtirokini baholash mumkin. lahon iqtisodiyotida ro'y bergan o'zgarishlar xalqaro moliya munosabatlarining istiqbolda rivojlanish lendensiyalarini belgilab berdi:
- xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko'p tomonlama munosabatlarga o'tish;
- jahon xo'jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
- xalqaro savdo munosabatlarining an'anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko'rsatish vositasiga aylanib borishi;
- kapital migratsiyasining globallashuvi; - hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi va jadallashuvi. Xalqaro moliya munosabatiari rivojlanishida kapitalning xalqaro harakati, ayniqsa, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, xalqaro savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar ko'rsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta'sir ko'rsatmoqda. lahon savdosining o'sishi, ish lab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro moliya munosabatiarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmiliiy korporatsiyalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadaliashuviga imkon yaratdi.

Yüklə 35,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin