Mmt-94 guruh talabasi O’tkurova Mohira Javoblar


Byudjetlararo transfertlarning turlari va ularning xususiyatlari?



Yüklə 65,86 Kb.
səhifə6/8
tarix13.12.2023
ölçüsü65,86 Kb.
#176354
1   2   3   4   5   6   7   8
LPX2n7sLSsJubOJIisALCzUMTzDMW70X

4.Byudjetlararo transfertlarning turlari va ularning xususiyatlari?
Byudjet ssudalari- qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg’’armalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag’lari. Prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan xarajatlar o’rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun byudjet ssudasi to’qqiz oygacha bo’lgan muddatga, daromadlar tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish o’rtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun esa olti oygacha bo’lgan muddatga beriladi.
Maqsadli ijtimoiy transfertlar- yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga ta‘lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to’lovlar bo’yicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladigan pul mablag’lari. Mahalliy byudjetlarga moliyaviy yordamning mazkur turi O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi ―Soliq va byudjet siyosatining 2018-yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida‖gi O’RQ-454-sonli qonuni106 bilan amaliyotga joriy qilingan bo’lib, yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga ta‘lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to’lovlar bo’yicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Ularning miqdorlari ham tegishincha, asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlari va davlat byudjetining asosiy parametrlari to’g’risidagi qarorlar bilan hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy byudjetlar parametrlari to’g’risidagi qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Byudjet dotatsiyalari- byudjet tizimi byudjetlariga ularning o’z daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o’rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari. Subvensiyalar va o’tkazib beriladigan daromadlarni hisobga olganda ham quyi turuvchi byudjet xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi mazkur byudjet daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga dotatsiya ajratiladi.

Yüklə 65,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin