Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги


Shahar simsiz tarmoqlariga WiMAX (802.16) va MBWA-m (802.20) texnologiyalari mansub



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə14/47
tarix24.08.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#140368
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
tarmoq

Shahar simsiz tarmoqlariga WiMAX (802.16) va MBWA-m (802.20) texnologiyalari mansub.
WiMAX texnologiyasi – qurilmalarning keng spektri (kompyuterlardan to mobil telefonlargacha) uchun katta masofada universal simsiz aloqani taqdim etish maqsadida yaratilgan telekommunikatsiya texnologiyasi. Texnologiyaning ishlashi Wireless MAN deb ham ataluvchi IEEE 802.16 standartga asoslangan.
WiMAX texnologiyasidan quyidagi masalalarni echishda foydalanish mumkin:
- Wi-Fi dan foydalanish nuqtalarini bir-biri bilan va Internetning boshqa segmentlari bilan ulash;
- ajratilgan (simli) liniyalarga alternativ sifatida simsiz keng polosali foydalanishni ta’minlash;
- ma’lumotlarni uzatishning tezkor servislarini va telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish;
- geografik o’rniga bog’lanmagan foydalanish nuqtalarini yaratish;
- masofaviy monitoring tizimlarini yaratish.
WiMAX Internetdan yuqori tezlikda, Wi-Fi tarmoqlarga nisbatan anchagina katta qoplash bilan foydalanishni amalga oshirishga imkon beradi. Bu texnologiyani "magistral kanal" sifatida ishlatishga imkon beradi. Bunday "magistral kanallar" an’anaviy ajratilgan (telefon) liniyalar bilan bog’lanishni amalga oshirishi mumkin.
Natijada bunday yondashish shahar doirasidagi masshtablanuvchi tezkor tarmoqlarni yaratishga imkon beradi.
Hozirda WiMAX texnologiyaning to’rtta standarti ma’lum: 802.16a, 802.16d, 802.16e va 802.16f. Bazisining bir xilligiga qaramay ushbu to’rtta standart bir-biriga mos kelmaydi.
WiMAX tarmog’i ikkita asosiy qismdan iborat (3.9-rasm):



3.9-rasm. WiMAX tarmog’i strukturasi


- WiMAX ning bazaviy stansiyasi baland ob’ektda (binoda yoki minorada) joylashishi mumkin;


- WiMAX ning mijoz transiveri - priyomnik/peredatchikli antenna bilan.
Bazaviy stansiya bilan mijoz transiveri orasida ulanish 2-11 GGs diapazonida bajariladi. Ushbu ulanish ma’lumotlarni 20 Mbit/s tezlikda uzatishga imkon beradi va stansiya bilan foydalanuvchi orasida bevosita ko’rinish mavjudligini talab qilmaydi. WiMAX bazaviy stansiyasining ushbu ishlash rejimi keng ishlatiluvchi IEEE 802.11 (Wi-Fi) standartga yaqin. Bu esa WiMAX bilan ishlab chiqarilgan mijoz qurilmalarining mosligiga ishora qilinadi. WiMAX texnologiyasi provayder va foydalanuvchi orasidagi oxirgi qismda va shahar tarmoqlaridan foydalanishni taqdim etishda qo’llaniladi. Qo’shni bazaviy stansiyalar orasida 10-66 GGs chastotalar diapazonidan foydalanib doimiy ulanish o’rnatiladi. Bazaviy stansiyalardan biri keng polosali tezkor ulanish orqali provayder tarmog’i bilan doimiy bog’langan bo’lishi mumkin.
Tipik bazaviy stansiya 6 ta sektordan iborat. 802.16 standart asosida tashkil etilgan korporativ tarmog’ining strukturasi 3.10-rasmda keltirilgan.



3.10-rasm. Korporativ tarmoq strukturasi


Strukturasi bo’yicha WiMAX tarmoqlar mobil aloqaning an’anaviy tarmoqlariga juda o’xshash. WiMAX signallari standart ethernet-kabel orqali bevosita muayyan kompyuterga va Wi-Fi standartning foydalanish nuqtasiga yoki ethernet standartining simli lokal tarmog’iga berilishi mumkin. Bu kabel foydalanishdan WiMAX ga o’tishda hudud yoki ofis lokal tarmoqlarning mavjud infrastrukturasining saqlanishiga imkon beradi.


Hozirgi vaqtda WiMAX texnologiya quyidagi ishlash rejimlarini madadlaydi:
- Fixed WiMAX –belgilangan foydalanish – ko’p polosali simli texnologiyalarga alternativa hisoblanadi. Bunda tarmoqning barcha uzellari harakatsiz qoladi;
- Nomadic WiMAX – seansli foydalanish – mavjud Fixed WiMAXga sessiyalar tushunchasi qo’shilgan. Sessiyalarning mavjudligi mijoz uskunalarini sessiyalar orasida bemalol ko’chirishga va ulanishni WiMAX ning boshqa minoralari yordamida tiklashga imkon beradi;
- Portable WiMAX – ko’chirish rejimida foydalanish. Ushbu rejim uchun mijozni WiMAX ning bir bazaviy stansiyasidan ikkinchisiga ulanishni yo’qotmay, avtomatik tarzda qayta ulash imkoniyati qo’shilgan.
- Mobile WiMAX – mobil foydalanish. Ushbu rejim mijoz uskunasini ko’chirish tezligini 120 km/soatgacha ko’paytirishga imkon beradi. Undan tashqari ushbu rejim signalning ko’p nurli tarqalishiga va ulanishni yo’qotmasdan shaxsiy xalallarga barqaror.
MBWA-m 802.20 texnologiyasi. Internetdan mobil simsiz foydalanish uchun yaratilgan. Shaharlarda, soni cheklangan bazaviy stansiyalarda ishlashga mo’ljallangan WiMAX dan farqli holda, ushbu texnologiya oddiy uyali tizimlarga juda uxshash va 1 Mbit/s dan yuqori tezlikda 3 GGs chastotalar diapazonidagi tezkor mobil ulanishlarga mo’ljallangan. Ushbu texnologiya boshqa texnologiyalar orasida g’alati o’rinni egallaydi. Bir tomondan uni WiMAX (802.16e)ning yaqin konkurenti deb atashadi, ikkinchi tomondan u GPRS yoki CDMA2000ni o’rniga uyali aloqa tizimida ishlatilishi mumkin. Bu endi WWAN. MBWA-m texnologiya abonent terminallarining katta tezlikda (250 km/soat), to’g’ri ko’rinish zonasidan tashqarida ko’chishida ham ishlashni ta’minlaydi.
MBWA-m ning uya doirasi 15 km gacha etishi mumkin. Radiokanal polosasining kengligi- 1,25 MGs dan 40 MGs gacha.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin