Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги


Mobil moliya xizmatlari modeli



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə35/47
tarix24.08.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#140368
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
tarmoq

9.1. Mobil moliya xizmatlari modeli

Zamonaviy mobil moliya xizmatlari tizimi, asosan 9.1-rasmda keltirilgan sxema bo’yicha quriladi:



9.1-rasm. Mobil moliya xizmatini amalga oshirish sxemasi

Hozirda quyidagi mobil moliya xizmatlari modellari mavjud:


- Premium-SMS - asosida to’lov;
- mobil kommersiya.
Premium-SMS asosida to’lov - qandaydir to’lov xizmatini olish uchun ishlatiluvchi SMS ning alohida tarifikatsiyalanuvchi turi.
Abonent to’lash uchun operatorning qisqa nomeriga xabar yuboradi, operator abonent hisob varag’idan sotuvchiga kerakli pul miqdorini (hisob varag’idan muomila uchun yetarli mablag’ning borligiga ishonch hosil qilganidan so’ng) o’tkazadi, so’ngra abonent xizmatni aktivatsiyalash uchun saytdan yoki koddan foydalanishga ruxsat oladi.
Jo’natiluvchi xabarga maxsus tarif bo’yicha to’lanadi (odatda, standart SMS narxidan aytarlicha qimmat). To’lovni abonentning o’zi (SMS yoki sayt orqali so’rov yuborib) yoki mablag’ni oluvchi (bunda abonentning aynan o’zi ekanligining tasdig’i kerak bo’ladi) boshlab berishi mumkin. Shaxsiy hisob varag’idan mablag’ jo’natilganidan va hisobdan chiqarilganidan so’ng, abonent xizmatdan foydalana oladi. Ba’zida, Premium-SMS mobil aloqaga bevosita tegishli bo’lmagan servislar (masalan, Internet resurslarda to’lash uchun, turli ovoz berish va h.) uchun ishlatiladi.
SMS to’lovlarni amalga oshirish sxemasi 9.2-rasmda keltirilgan.

6

6

6

5

5

5

4

2

2

4

4

3

3

2

1




1 - so’ralgan tovar yoki xizmatni tanlash

4 - to’langanligini bildirish

2 - tovar yoki xizmat uchun to’lov scheti

5 - moliya axboroti

3 - mijoz to’lovining tasdig’i

6 - pulni o’tkazish

9.2-rasm. SMS to’lovlarni amalga oshirish sxemasi


Premium-SMS modelida tarifikatsiyaning quyidagi ikki turi mavjud:


- MO-tarifikatsiya ("Mobile Originated"). Mablag’ abonent hisob varag’idan, u ma’lum qisqa nomerga SMS-xabar jo’natgan onida, hisobdan chiqariladi;
- MT-tarifikatsiya ("Mobile Terminated"). Mablag’ abonent hisob varag’idan, SMS-xabar olingan onida, hisobdan chiqariladi. Avval foydalanuvchi qisqa nomerga SMS jo’natadi (buning uchun pul olinmaydi), so’ngra abonentning xizmatga to’lash uchun pulining yetarligi va sotuvchining ushbu xizmatni taqdim eta olishi tekshiriladi. Agar barchasi ijobiy bo’lsa, abonentga xabar jo’natiladi (buning uchun pul olinadi). To’lovning ushbu usulining afzalligi - foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini sotuvchi saytiga kiritishi shart emas, qandaydir to’lov tizimida ro’yxatga olinishi talab etilmaydi, to’satdan xarid qilinganda qulay. Xarid amalga oshirish eng kam vaqtni talab qiladi. Bu usulda operator ham foydalanadi, u 30-60% vositachilik haqiga ega bo’ladi.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin