Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги


Mobil qurilmalar tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə41/47
tarix24.08.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#140368
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
tarmoq

Mobil qurilmalar tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar
Sinxronizatsiya xizmati - ushbu xizmat mobil qurilmada qilingan barcha o’zgarishlarni bulutli serverga qaytarib yuboradi.
OfflintAPp xizmati - ushbu xizmat Sync va Push kabi pastki sath xizmatlari ishidagi muvofiqlikni yaratishga imkon beradi; dasturchini sinxronlashni bajarish kodini yozishdan ozod qiladi, chunki muayyan vaziyat uchun sinxronlashning qaysi mexanizmi yaxshiroq mos kelishini ushbu xizmat hal qiladi.
InterApp Bus xizmati - ushbu xizmat qurilmada o’rnatilgan ilovalar orasidagi pastki sath ta’sirini ta’minlaydi.
Tarmoqli o’zaro ta’sir xizmati - ushbu xizmat serverdan push-xabarni olish uchun kerakli uzatish kanalini o’rnatadi; qurilma va server orasida aloqani avtomatik tarzda o’rnatishga imkon beradi. Bu pastki sath xizmati.
Push xizmati - bulutli servis tarqatgan tuzatishlarni boshqaradi; foydalanuvchi ishini yaxshilaydi, chunki foydalanuvchining yangi axborot mavjudligini mustaqil tekshirishi kerak emas.
Ma’lumotlar bazasi xizmati - mobil ilovalar uchun ma’lumotlarni lokal saqlagichidan iborat: platformaga bog’liq holda saqlash uchun mos imkoniyatlar ishlatiladi. Ushbu xizmatning asosiy vazifasi - ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash. Network kabi pastki sath xizmati hisoblanadi.
Bulutli muhit tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar
Sync xizmati (Cloud Syncronization) - bulutli saqlagichda joylangan ma’lumotlarni foydalanuvchining mobil qurilmasidagi ma’lumotlar bilan avtomatik tarzda sinxronlash texnologiyasi.
Push xizmati - server Push xizmati yangilashlar uchun ma’lumotlarni uzatish kanallarini kuzatadi. Yangilashlar aniqlangani onida qurilmaga mos xabar jo’natiladi. Qandaydir sababga ko’ra qurilma tarmoqdan uzilgan bo’lsa, xizmat kutadi va so’ngra, qurilma yangitdan ulanishi bilanoq, xabar etkaziladi.
Secure Socket-Based Data Service xizmati - ushbu xizmat ilova talab qiluvchi xavfsizlik darajasiga bog’liq holda plain socket yoki SSL socket serverlarni yoki ikkalasini ta’minlaydi.
Xavfsizlik - ushbu komponent autentifikatsiyani va avtorizatsiyani ta’minlaydi. Natijada, bulutli serverga ulangan mobil qurilmalarning haqiqatan undan foydalanishlariga ishonch hosil qilinadi. Har bir qurilma oldindan ro’yxatdan o’tishi lozim. So’ngra, qurilma autentifikatsiya/avtorizatsiya muolajasidan o’tadi va undan keyingina serverdan foydalanishga ruhsat oladi.

10.1-rasm. OpenMobster platforma arxitekturasi




Boshqarish konsoli - har bir bulutli server foydalanuvchiga tizimni boshqarish va ma’murlash (masalan, ma’lumotlarni masofadan yo’q qilish, masofaviy blokirovkalash va h.) imkonini beruvchi maxsus ilovaga ega bo’lishi lozim.



Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin