INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
55
mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlar kompyuterlardan farqli o‘laroq,
mobil qurilmaga qo‘yiladigan talablardagi farqlar hamda ularni amalga
oshirishga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Xotira va protsessor tezligidagi cheklovlar
2.
Mobil qurilmalardagi turli modellarining ekranlari, ekrandagi
navigatorlarni turli dizayn va konstruktivdagi farqlari
3.
Asosiy fayl formatlari bilan mos kelishi
4.
Multimedia imkoniyatlari
5.
Aloqa va tarmoq texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashi.
Hozirgi vaqtda mobil qurilma tanlovida asosan operatsion tizim tanloviga
to‘g‘ri keladi. Symbian OS operatsion tizimiga 1998 yilda asos solingan bo‘lib,
Symbian konsortsiumi (Nokia, Ericsson, Psion, Motorola) tomonidan ishlab
chiqilgan. Symbian Foundation Symbian OS operatsion tizimi asosida turli
kompaniyalarning mobil qurilmalari uchun mos yagona mobil platformani
ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullangan, bu ishlanma Nokia
tomonidan moliyalashtirilgan [2,5].
2009 yil oxirida mobil operatsion tizimlari quyidagicha taqsimlandi [1]:
1-
jadval Operatsion tizimlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Kompaniya belgisi Operatsion
tizim
nomi
Ko‘rsatkichi % da
Symbian OS
47
Blackberry
20
Windows Mobile
9
Google Android
5
Symbian OS (operatsion tizim)ning bir nechta modifikatsiyalari ishlab chiqilgan
bo‘lib, ular har xil turdagi qurilmalar bilan bog‘liq bo‘lib, ulardan eng keng
tarqalgani:
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
56
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Sony Ericsson smartfonlari uchun asosiy platforma UIQ modifikatsiyasi
hisoblanadi. Ushbu modifikatsiyaning o‘ziga xos xususiyati sensor ekranli
qurilmalarda ishlash qobiliyati edi.
Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi smartfonlari uchun Symbian OS Series 60
modifikatsiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu modifikatsiya qisqartirilgan tugmalar
to‘plamiga hamda telefon klaviaturasiga ega qurilmalar uchun ishlab chiqilgan.
To‘liq o‘lchamli klaviaturaga ega qurilmalar uchun, Series 90 modifikatsiyasi
ishlab chiqilgan. Yaponiyadagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri NTT
DoCoMo smartfonlarida Symbian OS - FOMA modifikatsiyasidan foydalanilgan.
Mitsubishi, Fujutsu va Motorola kompaniyalari ushbu uyali aloqa operatorining
buyurtmasiga ko‘ra FOMA da smartfonlar ishlab chiqargan.
2011-yil avgust oyida Nokia kompaniyasi Symbian Belle deb nomlangan,
yangilangan Symbian versiyasini taqdim etdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan,
operatsion tizimning ushbu versiyasini xavfsiz deb hisoblash mumkin, chunki u
uchun viruslar yo‘q edi, faqat Symbian 9 uchun bir nechta viruslarni ishga
tushirish ehtimoli bor edi.[6] Ushbu OT versiyasining interfeysi 6 ta asosiy
ekrandan ishlaydi, ularning har biri uchun 5 xil o‘lchamda fon rasmini shu
jumladan, yangi “almashtirish” vidjetini tanlash mumkin. Operatsion tizimda
har qanday bosh ekranda mavjud bo‘lgan ko‘p vazifalar, ochiladigan menyular
va vazifalar paneli takomillashtirildi. Symbian Belle bilan Nokia va Microsoft
o‘rtasidagi hamkorlikning ilk mevalarini ko‘rishimiz mumkin. U Lync,
Sharepoint, OneNote, Exchange ActiveSync va PowerPoint Broadcaster
ilovalarini o‘z ichiga oladi.
Ammo Symbian Bellening eng qiziqarli xususiyatlaridan biri NFC
texnologiyasini qo‘llab- quvvatlashi edi. Uning yordamida boshqa qurilmalar
bilan tezda ma’lumot almashish, dinamiklar va minigarnituralar kabi turli
aksessuarlardan foydalanish mumkin.
Nokia Symbian ustida juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi, biroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aytganda, bu uning avvalgi darajasida mashhurligini saqlab qolish uchun yetarli
emas. Gap shundaki operatsion tizim atrofida hech narsa yo‘q. Aynan Apple,
Google va Microsoftni qurayotgan ekotizim yo‘qligida, 2013 yil yanvar oyida
Series 90 UIQ
Series 60
Yaponiyada FOMA
|