Ushbu Ofertaning Mijoz tomonidan qabul qilinishi, mobil ilovani birinchi marta ishga tushirilgandan so`ng "rozilik" tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.)
4.2. Ushbu Ofertaning Mijoz tomonidan qabul qilinishi, mobil ilovani birinchi marta ishga tushirilgandan so`ng "rozilik" tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.).
4.3. Mijoz Shartnoma shartlariga rozi bo'lmagan taqdirda, mobil ilova orqali masofadan turib bank amaliyotlarini amalga oshirish uchun xizmatdan foydalana olmaydi.
4.4. Mijoz Login va Parolni kiritishi Mijozni tizimda muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tkazish tartibining natijasidir. Mijoz Login va Parolni sir saqlashi va ularni boshqa shaxslarga oshkor etmasligini ta'minlashi shart. Mijoz maxfiy avtorizatsiya qilish tizimi tomonidan ishlatiladigan parol, maxfiy so'z va SMS xabarlarni saqlash majburiyatini oladi,
4.5. Tomonlar quyidagilarni tasdiqlaydilar va qabul qiladilar:
Bank Mijoz tomonidan tizimdan foydalangan holda amalga oshirilgan to'lovlarning mazmuni va/yoki bajarilishining to'g'riligi uchun javobgar emas.
Agar Mijoz tomonidan to'lov rekvizitlari to'g'ri ko'rsatilmagan bo'lsa, Bank tizim orqali amalga oshirilgan to'lovlarni qaytarish majburiyatini o'z zimmasiga olmaydi.
Bankning huquq va majburiyatlari.
Bank quydagi huquqlarga ega:
5.1.1. Tizimda xizmat ko'rsatish uchun Bank tariflariga muvofiq haq undirish;
5.1.2. Bank tariflariga va /yoki shartnomaga bir tomonlama o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish. Agar Mijoz o'zgartirish va qo'shimchalar bilan rozi bo'lmasa, mijoz tizimda akkauntini o'chirish orqali shartnomani bekor qilishga haqlidir.
5.1.3. Agar Mijozni shaxsini aniqlash zarur bo'lsa, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan Bankga kelishini talab qilish. Identifikatsiya qilish uchun zarur bo'lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ushbu shartnoma bo'yicha operatsiyalarni rad etish.
5.1.4. Bank karta hisobvarag‘i orqali shubhali amaliyot o‘tkazilganligi aniqlanganida, o‘tkazilgan amaliyotning qonuniyligi to‘g‘risida Mijozdan yozma tushuntirish xati olinguniga qadar bank Mijozga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib turish, shubhali amaliyot o‘tkazilishi natijasida bank karta hisobvarag‘ida shakllangan mablag‘lar chiqim qilinishini cheklash, doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzil bo‘yicha Mijozni o‘rganish shu jumladan, bevosita shartnomada ko‘rsatilgan shaxs tomonidan amaliyotning o‘tkazilayotganligini o‘rganish; Ushbu holat bo’yicha Bank Mijozning manziliga tegishli xabarnoma yuborish va/yoki mijozning telefon raqamiga SMS-xabar yuborish orqali ogoxlantirish.
5.1.5. Mobil ilova bilan ishlashda, tizimda texnik nosozlik tufayli Mijozning bank kartasiga yoki boshqa hisobvaraqlariga ortiqcha mablag' o'tkazilganda, Bank Mijozning hisobvarag'idan ortiqcha pul mablag'larini akseptsiz hisobdan chiqarish huquqiga ega;
5.1.6. Bank qonun hujjatlariga va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.