Budjet mablag'larini ikkinchi va uchinchi darajadagi tasarruf qiluvchilar moliyalashtirish hisobi uchun birinchi tartibli 14-«Moliya-lashtirishga doir idoralar ichidagi hisob-kitoblar» schyotini qo'llaydi. Bu birinchi tartibli schyot quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) bo'linadi:

140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
142 - «Boshqa budjetlar hisobidan moliyalashtirishga doir hisob-
kitoblar» subschyoti;
143 - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir
hisob-kitoblar» subschyoti.
Yuqorida keltirilgan moliyalashtirish hisobi bo'yicha barcha
subschyotlar passiv subschyotlardir. Bundan tashqari, 140-subschyotda
budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar va budjet mablag'larini
ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilar tasarrufidagi tashkilotlami moliya-lashtirish bo'yicha hisob-kitoblami olib boradi. Bu holda 140-subschyot aktiv subschyot funksiyasini bajaradi.
Respublika budjetidan moliyalashtirish bo yicha budjet mablag larini bosh tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:
Respublika budjetidan moliyalashtirish bo yicha budjet mablag larini bosh tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:
1) respublika budjetidan budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchini saqlashga moliyalashtirish olinganida budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti.