Modda sarfi va miqdorini o‘lchash reja



Yüklə 143,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix20.11.2023
ölçüsü143,44 Kb.
#164192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
modda sarfini o`lchash

 
 
4.6-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rt-burchak idish 2 
dan iborat. Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni 
kiritish uchun, ikkinchisy esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi 
uchun xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa 
profillangan teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik 
oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli pyezometrik naycha 1 
cho‘ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida 
tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va 
manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Pyezomstrik naychadagi 
bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining zichligi va balandligi bilan, demak, 
suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq. Pyezometrik naychadagi gidrodinamik 
bosimning qiymati difmanometr 3 bilan o‘lchanadi. 4.6-rasmda keltirilgan sarf 
o‘lchagichning xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari 
tengligidadir. 


Tirqishli sarf o‘lchagichda suyuqlikning hajmiy sarfi quyidagi tenglama 
bilan aniqlanadi: 
L
S
a
Q
x
0
43
,
4



(4.15) 
bu yerda, а – sarf koeffitsiyenti; S
0
– tirqishning yuzasi; L – tirqishdagi suyuqlikning 
balandligi.
Tirqishli sarf o‘lchagichning sarf koeffitsiyenti tirqishning geometrik 
shakliga, ayniqsa kirish qismidagi qirraning o‘tkirligiga bog‘liq. Taqribiy hisobda 
sarf koeffitsiyenti a ning qiymatini 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf 
koeffitsiyentining aniq qiymati asbobning o‘zini darajalashda aniqlanadi. 
Tirqishli sarf o‘lchagichlarda bosim difmanometr orqali o‘lchanadi. Sarf 
o‘lchagich bilan difmanometr o‘rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 м dan, 
difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 metrdan 
oshmasligi kerak. O‘lchash chegarasi 10...50 м
3
/соат bo‘lgan qurilmaning asosiy 
xatosi ±3,5%.

Yüklə 143,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin