Modda sarfi va miqdorini o‘lchash reja


 BOSIM FARQLARI O‘ZGARUVCHAN SARF O‘LCHAGICHLAR



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix21.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#118686
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 MODDA SARFI VA MIQDORINI O‘LCHASH

2. BOSIM FARQLARI O‘ZGARUVCHAN SARF O‘LCHAGICHLAR 
Quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug‘ sarfini bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf 
o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday 
usul bilan o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq-
diafragma. 4.1 – rasm,a, soplo 4.1 – rasm,b, Venturi soplosi 4.1 – rasm, v va 
Venturi quvuri 4.1 – rasm, g o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial 
energiyasi (statik bosimi) ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Kichik 
diametrli to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga o‘rnatilib, 
mahalliy torayishni hosil qiladi. Suyuqlik, gaz yoki bug‘ quvurning kesimi 
toraygan joyidan o‘tayotganida uning tezligi oshadi. Tezlikning va, binobarin, 
kinetik energiyaning ortishi oqimning kesimi toraygan joyida potensial 
energiyaning kamayishiga olib keladi. Bunda to‘siqdan keyingi statik bosim undan 


oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi. Shunday qilib, modda toraytirish 
qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi ∆Р = Р
1
—Р
2
xosil bo‘ladi. Bu bosimlar farqi 
oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib bo‘ladi. Demak, toraytirish qurilmasi 
hosil qilgan bosim farqlari quvurdan o‘tayotgan modda capfining o‘lchovi bo‘lishi 
mumkin. Sarfning son qiymati esa difmanometr o‘lchagan ∆Р bosimlar farqi 
bo‘yicha aniqlanadi. 
4.1 rasm. Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi: а – diafragma, б – soplo,
в – Venturi soplosi, г – Venturi quvuri

Suyuqlik, gaz va bug‘larning sarfini o‘lchash, uchun toraytirish qurilmasi 
sifatida standart diafragmalar, soplolar, Venturi soplosi va Venturi quvurlari 
ishlatiladi. 
4.1.-rasm, а da ko‘rsatilgan diafragma dumaloq teshikli yupqa diskdan 
iborat. Teshikning markazi quvur o‘qida yotishi kerak. Oqimning torayishi 
diafragma oldida boshlanadi va undan o‘tgach, ma’lum masofadan so‘ng, o‘zining 
eng kichik kesimiga erishadi. Undan keyin oqim tobora kengayib, quvurning to‘liq 
kesimiga erishadi. Modda diafragmadan o‘tganda, diafragma orqasidagi 
burchaklarda «o‘lik» zona hosil bo‘ladi. Bu yerda, bosim farqlari natijasida 
suyuqlikning teskari yo‘nalishdagi harakati yoki ikkilamchi oqim paydo bo‘ladi. 
Suyuqlikning qovushoqligidan asosiy va ikkilamchi oqim bir-biriga qarama-qarshi 
harakat qilib, uyurmalar hosil qiladi. Bunda diafragma orqasida birmuncha 
energiya sarflanadi, demak, bosim ham ma’lum darajada kamayadi. Diafragma 


oldidagi zarrachalar yo‘nalishiining o‘zgarishi va ularning diafragma orqasidagi 
siqilishi potensial energiyaning o‘zgarishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
4.1-rasm а da ko‘rsatilganidek, Р
1
va Р
2
bosimlar diafragma diskining oldi 
va orqasida o‘rnatilgan alohida teshiklar yordamida o‘lchanadi. Soploning (4.1-
rasm, б) kirish qismi ravon toraygan, chiqish qismi esa silindrdan iborat. Soploning 
profili sharrachaning to‘liq siqilishini ta’minlaydi va soplodagi silindr teshigining 
yuzi oqimning minimal kesimiga teng deb hisoblanishi mumkin. 
Soploning orqa qismida hosil bo‘ladigan uyurmali harakat diafragmadagiga 
ko‘ra kam energiya yo‘qotishlarga olib keladi. Soploning old va orqasidagi Р
1
va 
Р
2
bosimlar xuddi diafragmanikidek o‘lchanadi. 
4.1-rasm, в da Venturi soplosi tasvirlangan. Venturi soplosi qisqa silindrik 
qismga o‘tuvchi silindrik kirish qism va kengayuvchi konussimon diffuzor 
qismdan iborat. Toraytirish qurilmasining bunday shaklida, chiqish diffuzori 
mavjudligi tufayli bosim yo‘qolishi diafragma va soplodagi bosim yo‘qolishiga 
nisbatan ancha kam bo‘ladi. Р
1
va Р
2
bosimlar Venturi soplosining ichki bo‘shlig‘i 
bilan aylana bo‘yicha joylashgan teshiklar orqali bog‘langan halqa kameralar 
yordamida o‘lchanadi. 
4.1-rasm, г da Venturi quvuri tasvirlangan. Venturi quvuri kirish silindrik 
quvuri, kirish konusi, o‘rta silindrik quvuri va diffuzor chiqish konusidan tuzilgan. 
Р
1
va Р
2
bosimlar kirish konusining oldi va o‘rta silindrik quvurining o‘rta 
qismlarida o‘rnatilgan alohida teshiklar yordamida o‘lchanadi. 
Toraytirish qurilmalari vujudga keltirilgan bosimlar farqi orqali modda 
sarfini o‘lchash prinsipi va ularning asosiy tenglamalari toraytirish qurilmalarining 
barcha turlari uchun bir xil. Faqat bu tenglamalardagi tajriba orqali aniqlanadigan 
ba’zi koeffitsiyentlar bir-biridan farq qiladi.
Siqiluvchi muxit (gaz, bug‘) sarfini o‘lchashda, ayniqsa, bosimlar farqi katta 
bo‘lganda, modda oqimi toraytirish qurilmasidan o‘tayotgandagi bosimning 
o‘zgarishi natijasida modda zichligining o‘zgarishini e’tiborga olish zarur. Lekin 
gaz yoki bug‘ning toraytirish qurilmasidan o‘tish vaqti ko‘p bo‘lmagani sababli, 


moddaning siqilishi va kengayishi adiabatik ravishda, ya’ni issiqlik almashinuvisiz 
o‘tadi. 
Demak, gaz va bug‘ sarfini hisoblash tenglamalari suyuqlik sarfini hisoblash 
tenglamasidan ε koeffitsiyentning mavjudligi bilan farq qiladi. Agar ε=1 bo‘lsa, bu 
tenglamalarni siqilmaydigan suyuqliklar uchun ham qo‘llash mumkin. Bir qator 
o‘zgartirishlardan so‘ng quyidagi hajmiy va massaviy sarf tenglamasiga ega 
bo‘lamiz: 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin