Molekulalar va ularning o‘lchamlari
Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarraga molekula deyi ladi
Molekula (lotincha moles – massa) bitta atomdan yoki bir necha atomdan tashkil topishi mumkin.
Masalan, suv molekulasi 3 ta atomdan tashkil topgan. Unda 1 ta kislorod va 2 ta vodorod atomi bor
Biz nafas oladigan kislorod molekulasi ikkita bir xil kislorod atomidan iborat. Nafas chiqarganda chiqadigan karbonat angidrid gazi esa bitta uglerod va ikkita kislorod atomidan tashkil topgan. Har bir atom va molekulani o‘ziga xos harfl ar va raqamli harf bilan belgilash qabul qilingan. Masalan, kislorod atomini – O harfi bilan, molekulasi ikkita atomd an tashkil topganligi uchun O2 shaklida belgilanadi. Karbonat angidrid molekulasi – CO2, suvniki – H2O ko‘rinishda bel gilanadi.
Shunga ko‘ra suv molekulasini atomlarga ajratsak, ikkita vodorod va bitta kislorod atomi alohida holatda suv xossasini bermaydi. Juda ko‘p atomlardan tashkil topgan molekulalarda atomlarning o‘zaro joylashishiham uning xossalarining o‘zgarishiga sabab bo‘lar ekan. Hatto aynan bitta nomdagi atomlardan ba’zilari ichki tuzilishi bilan boshqasidan farq qilishi mumkin ekan.
Tabiatda aynan bir xil jismlar yo‘q. Hattoki egizaklar ham nimasi bilandir farq qiladi. Shu farqlari bilan ota-onasi ularni ajratib oladi. Lekin aynan bitta moddaning molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Masalan, tarvuzdan, dengiz suvidan bug‘lantirib tozalangan suv molekulasi, buloq suvidan olingan molekula dan farq qilmaydi.
Kengroq idish (tarelka)ga suv solib, unga bir tomchi yog‘ tomizaylik. Shunda yog‘ tomchisi suyuqlik sirti bo‘ylab yoyilib ketadi. Chunki eng ustki qatlamdagi molekulalar «toyib» ketib yoniga, undan keyingi qatlamdagilar ham xuddi shunday yoniga tushib yoyiladi. Oxirida faqat bitta qatlam qoladi. Yoyilgan yog‘ tomc hisi doira shaklida bo‘lsa, uning diametri shtan gensirkul bilan o‘lchanib, yuzasi S hisoblanadi
). Bitta tomchi hajmini aniqlash uchun alohida kichik menzurkaga 50–100 tomchi yog‘ tomizilib, hajmi V belgilanadi. Shunda tomchi hajmi bo‘ladi, n – tomchilar soni.
Yoyilgan tomchi hajmi V1 = d ּ S ga teng bo‘lganli gidan yog‘ qatlamining qalinligi
bo‘ladi. Bundan qatlam qalinligi yoki molekula diametri
isoblab ko‘rilsa d = 0,0000002 mm ga teng bo‘ladi. Hozirgi zamon
usullari bilan o‘lchangan molekulalar diametrlari ham shu tartibda ekanligi aniqlangan. Bu raqamning kichkinaligini quyidagi misolda ko‘rish mumkin. Bir dona vodorod molekulasini kattalashtirib, olma ko‘rinishiga olib kelinsa, Yer olmadan necha marta katta bo‘lsa, olma vodorod molekulasidan taxminan
shuncha marta katta bo‘lar edi.
Hozirgi kunda maxsus elektron mikroskoplar yordamida katta o‘lcham-dagi molekulalar bilan birga ayrim atomlarning rasmini ham olish mumkin. Vodorod atomining o‘lchami 0,00000012 mm ga, molekulasining o‘lchami esa 0,00000023 mm ga teng. Oqsil molekulasining o‘lchami 0,0043 mm atrofi da ekan.
Molekula kattami yoki bakteriyalarmi? Bakteriya o‘lchamini botanika yoki zoologiya kitoblaridan qarab solishtirib ko‘ring.
Molekula tarkibida nechta atom borligini qanday bilish mumkin?
Atom va molekula bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
Dostları ilə paylaş: |