novateurpublication.org Salomatlik uchun zarur bo`lgan ko`pchilik vitaminlarni biz asosan kundalik iste`mol
qilayotgan ovqat mahsulotlari orqali qabul qilamiz. Odam organizmida sintez
qilinadigan va saqlanadigan vitaminlar juda ham kamchilikni tashkil qiladi.
Odamlar juda qadim zamonlardan boshlab o`z ovqatlarida turli xil o`simlik va
hayvon mahsulotlaridan keng foydalanib kelganlar. Garchi ular vitamin to`g’risida
hech qanday tushunchaga ega bo`lmasalar ham salomatliklarini saqlash maqsadida
turli xil o`simliklardan foydalanish yo`lini bilganlar. Shu bilan birga, ular
ovqatlanishning izdan chiqishi natijasida sodir bo`ladigan ayrim kasalliklar
to`g’risida ham ma`lumotlarga ega bo`lganlar.
Yer sharida uzoq vaqt davom etgan “singa” kasalligi ming-minglab inson yostig’ini
quritgan. Mana shu ofat qurbonlari orasida uzoq muddatli ekspeditsiya
qatnashchilari, dengiz sayohatchilari, matroslar ko`pchilikni tashkil qilgan. XVIII
asr o`rtalariga kelib, singa kasalligi to`g’risida yetarli ma`lumot to`plangan bo`lib,
ular asosida 1753 yili Angliyada shifokor Lindning singa kasalligi to`g’risidagi asari
yaratiladi. U o`zining bu asarida ishonarli va boy dalillar asosida singa kasalligini
davolashning yo`llari to`g’risida fikr yuritib qolmay, uning oldini olish choralari
to`g’risida ham o`z fikrini bayon etadi.
Vitaminlar asosan o`simliklarning yashil qismida sintez qilinishi ularni
o`simliklardagi murakkab fotosintez jarayoni bilan bog’langanidan darak beradi.
O`simliklar bilan bir qatorda ayrim bakteriyalar vitamin ishlab chiqarish qobiliyatiga
egadir. Bularga odam ichagidagi bakteriyalar, turli suv havzalaridagi bakteriyalar
misol bo`la oladi.Organizm o`ziga kerak bo`lgan vitaminlarni turli xil ovqat
mahsulotlaridan oladi. Iste`mol qilinadigan vitaminlarning miqdori kishining
yoshiga, tanasining vazniga, mehnatning og’ir yengiligiga, organizmning fiziologik
holatiga va yashayotgan joyning iqlim sharoitiga qarab har xil bo`ladi. Masalan,
O`zbekistonning issiq iqlim sharoitida, organizmda sarf bo`ladigan
vitaminlarning miqdori boshqa iqlim sharoitiga nisbatan o`zgacha bo`lishi medik
olimlarimiz tomonidan isbot qilingan.
Issiq iqlim ta`sirida odam ortiqcha terlaydi, ter orqali mineral tuzlar bilan bir
qatorda suvda eruvchi vitaminlar ham ko`plab ajraladi. Bunday sha-roitda
ovqatni ratsional tashkil qilishda oqsil, yog’ va uglevodlarni yetarli bo`li-shidan
tashqari, turli vitaminlarga boy sabzavotlar, poliz ekinlari va mevalardan keng
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunga qadar 30 ga yaqin vitamin
guruhiga mansub moddalar ixtiro qilingan bo`lib, aholining ovqat-lanishi va
salomatligini saqlashda shulardan 20 ga yaqini muhim ahamiyatga egadir.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, odamlar juda qadim zamonlardan boshlab o`z
ovqatlarida turli xil o`simlik va hayvon mahsulotlaridan, garchi ular vitamin
to`g’risida hech qanday tushunchaga ega bo`lmasalar ham salomatliklarini saqlash
maqsadida foydalanish yo`lini bilganlar. Shu bilan birga, ular ovqatlanishning