Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   125
Monograph

V i t a m i n K - 
(ivish vitamini)
.
K vitamini qon ivishi jarayoni uchun va jigarda
qon ivishi omillari sintezi uchun zarur. Vitamin K ni qon to`xtatuvchi vitamin deb 
ham yuritiladi. Vitamin K organizmda qonning ivishiga yordam beradi. Boshqacha 
aytganda, vitamin K qon ivishi uchun zarur bo`lgan ba`zi moddalarni, masalan, 
protrombin, trombotropinlarni jigarda sintezlashda bevosita qatnashadi. Shuning 
uchun K avitaminoz kasalligida qonda protrombin miqdori kamayib ketadi. Bunda
qonning ivish jarayoni susayadi, natijada jarohatlangan qon tomirlardan uzoq vaqt 
qon oqadi. Bunday hollarda vitamin K berilsa, qon plazmasida protrombin miqdori
ortadi va gemoppagik (qon oqish ) hodisalari yo`qoladi. Bundan tash-qari, vitamin 
K to`qimalarning qayta tiklanishini oshiradi, yaralarni tez tuzatadi
Vitamin K - antigemoppagik vitamin, tabiatda ikki xil shaklda uchraydi. 
O`simliklar dunyosida uchraydigani vitamin K
1
, bakteriyalar tomonidan sintez-
lanadiganini vitamin K
2
deyiladi. Hayvonlar organizmida esa K
1
hamda K
2
bo`ladi. 
Vitamin K o`simliklarning yashil yaproqlarida, meva va poliz ekinla-rida, ayniqsa
pomidorda ko`p, shuningdek hayvon jigarida ham bor.Odam va hayvonlar 
organizmining vitamin K ga bo`lgan ehtiyoji (bir kech-kunduzda 20 - 30 mg) ichak 
florasiiing faoliyati tufayli ta`minlanadi. Vitamin K preparatlari ampulalarda


105 
novateurpublication.org 
(vitamin Kz), tabletka holida, flakonlarda chiqariladi. Vitamin K guruhiga kiruvchi 
sintetik preparat vikasolning poroshok(kukun) va tabletkasi ishlatiladi. 
V i t a m i n F-
(O`sish va Ca almashinuvi omili).
 
F vitamini -
 
yog’da eriydigan 
vitaminlar qatoriga bir nechta to`yinmagan yog’ kislotalar kiradi. Bular qatoriga 
linol, linolin, araxidon kislotalari kiradi. Bu kislotalar odam va hayvonlar tanasida 
sintezlanmaydi. Vitamin F organizmda moylarning so`rilishi, hazm bo`lishi va 
teridagi moy almashinuvida ishtirok etadi. U qon tomir devorlarining egiluvchanligi 
va turg’unligini oshiradi. Gipertireoz va ekzemaning ayrim turlarida ham yaxshi 
natija beradi.
Tajribalar odamning to`yinmagan yog’ kislotaga bo`lgan bir kunlik ehtiyoji 4-10 
gramm ekanligini ko`rsatdi. To`yinmagan yog’ kislotalar organizmda 
yetishmaganda teri quriydi, salga yoriladi, suyak mo`rt bo`lib qoladi va soch 
to`kiladi. To`yinmagan yog’ kislotalar organizmga asosan o`simlik moyi bilan 
tushadi. Ayniqsa paxta moyi bu moddalarga boy. Farmatsevtika sanoati ishlab 
chiqarayotgan linetol preparatida to`yinmagan yog’ kislotalar miqdori paxta 
moyidagiga qaraganda ko`p.
Linetol aterosklerozining oldini olish va davolashda qo`llaniladi. Linetol 
shuningdek, dermatit, ekzema, kuygan va nur bilan jarohatlanganlarni davolashda 
ham samarali ta`sir etadi. Vitamin F surtma dori, shamchalar, davolovchi sovun va 
krem holida chiqariladi. Shamchalar bavosil kasalligida shifo bo`ladi.O`simlik 
moylari, salat, na`matak tarkibida bor. Kamqonlikda juda foydali. F avitaminozida 
o`sish to`xtab qoladi, teri qurib, suyaklar sinuvchan bo`lib qoladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin