novateurpublication.org qon tomirlarda qonning ivib qolishini oldini oladi, gialuron kislota hujayra qobig’i
orqali bakteriyalarning o`tishiga qarshilik qiladi. Ona suti tarkibidagi oli-
gosaxaridlar ichakdagi bakteriyalarni rivojlanishini to`xtatadi, qondagi geparopo-
lisaxaridlar qon guruhining xosligini ta`minlaydi. Karbonsuvlar va ularning meto-
bolitlari nuklein kislotalar, glyukoproteidlar, mukopolisaxaridlar, koenzimlar va
boshqa hayot uchun zarur moddalarning sintezida muhim rol o`ynaydi.
Jigarda mavjud bo`lgan karbonsuvlar deposi hajmi jihatdan uncha katta
bo`lmasada, organizmning karbonsuvlarga bo`lgan ehtiyoji asosan ovqat bilan
doimo tushib turadigan karbonsuvlar hisobiga qondirilib turiladi. Karbonsuvlar
yog’lar almashinuvi bilan ham o`zaro bog’liq. Og’ir jismoniy mehnat qilganda
organizmning yo`qotgan energiyasi organizmga ovqat bilan tushayotgan hamda
organizmdagi zaxira karbonsuvlar hisobiga qoplanmasa, u holda organizmning
yog’ depolaridagi yog’lardan qand hosil bo`ladi. Ammo ko`pincha buning aksi ham
bo`ladi, ya`ni organizmga ovqat bilan tushayotgan ortiqcha miqdordagi
karbonsuvlar hisobiga yangi yog’lar hosil bo`ladi va depolarda to`planadi.
Karbonsuvlarning ortiqcha miqdorda to`planishi tana vaznining ortishiga olib
keluvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Karbonsuvlar ovqat ratsio-nining
asosiy qismini tashkil etadi. Bir kechayu - kunduzgi ovqat ratsionidagi quvvatlilik
qiymatining yarmiga yaqinini karbonsuvlar qoplaydi. Karbonsuvlarga bo`lgan bir
kechayu - kunduzgi ehtiyoj 400-500 grammni tashkil etadi. Karbon-suvlarga
bo`lgan ehtiyojning qondirilishi asosan o`simlik manbalari hisobiga bo`la-
di.O`simlik, ya`ni don maxsulotlarida karbonsuvlarning ularning quruq og’ir-
ligining 75% ni tashkil etadi. Karbonsuvlarga bo`lgan ehtiyoj karbonsuv bo`lgan
qand hisobiga ham qondirilishi mumkin. Karbonsuvlarni hazm bo`lish darajasi juda
yuqori 85-90 % gacha bo`ladi (1 jadval).