novateurpublication.org Lipidlar (yunoncha
Lipos
- yog’lar) – tirik hujayraning katta qismini tashkil qilgan
turli xil tuzilishli va ba’zi bir umumiy fizik-kimyoviy xossaga ega bo’lgan organik
moddalardir. Oqsillar va uglevodlar singari lipidlar ham tirik hujayralar organik
moddasining asosiy massasini tashkil qiladi. Lipidlarning eng muhim umumiy
xossasi shundaki, ular suvda erimaydi, balki qutbsiz erituvchilarda: atseton, benzol,
xloroforim, metil va etil spirt va h.k. larda eriydi. Shuning uchun ham ular gidrafob
ya’ni
suvdan qo’rqadigan moddalar qatoriga kiradi. Gidrafil moddalar esa suvni
sevuvchi moddalardir.
Lipidlar tarkibida yuqori yog’ kislotalar, spirtlar, aldegidlar, uglevodlar, azotli
asoslar, aminokislotalar, fosfat kislotasi va h.k. kabi ko’p sonli turli-tuman tuzilishli
komponentlar aniqlangan. Bu komponentlar o’zaro turli-tuman: murakkab efir,
oddiy efir, glikozid, amid va boshqa bog’lar orqali bog’langan. Shuning uchun ham
hozirgacha kimyoviy ma’noda ular uchun yagona bir klassifikatsiya yo’q.
Lipidlar asosan quyidagi biologik fuksiyalarni bajaradilar:
1) ular membranalarning ajralmas komponenti;
2) uglevod va energiyaning asosiy ehtiyot shakli;
3) organizmda hujayra strukturalari va a’zolarining termik, elektrik va mexanik
ta’sirlaridan qo’riqlovchi to’siq sifatida xizmat qiladilar va boshqalar.
Lipidlarning tuzilishiga qarab sodda va murakkab lipidlar gruppasiga bo’lish
mumkin.Sodda lipidlar qatoriga yog’lar, moylar va mumlar kiradi. Ular lipidlarning
eng ko’p tarqalgan va eng sodda vakillaridir. Yog’lar va moylar kimyoviy tuzilishiga
ko’ra, uch atomli spirt glitserin bilan turli yog’ kislotalarining birikishidan hosil
bo’lgan murakkab efirlardir. Ular faqat oddiy sharoitdagi konsistentsiyalari bo’yicha
bir-biridan farqlanadi: ko’pincha, qattiq konsistentsiyali vakillari yog’deb, suyuq
konsistentsiyali vakillari esa moy deb yuritiladi. Mumlar yuqori molekulali yog’
kislotalarnining yuqori molekulyar bir atomli spirt bilan hosil qilgan murakkab
efirlaridir.
Murakkab lipidlar gruppasi bir-biridan ancha farqli ko’p komponentli, geterogen
birikmalarni o’z doirasiga birlashtiradi. Murakkab lipidlarning eng muhim katta
gruppasi fosfolipidlar tarkibida murakkab efir shaklida birikkan yog’ kislotadan
tashqari, azot tutuvchi komponent va fosfat kislota mavjud. Ularning strukturasi
fosfoatsilglitserinlarning azot asoslaridan xolin yoki kefalin bilan bog’lanishidan
hosil bo’ladi. Tarkibida azot sifatida sfingozin saqlovchi sfingolipidlar fosfolipidlar
gruppasiga yaqindir. Murakkab lipidlarning yana bir tipi tarkibida uglevod
komponenti tutuvchi glikolipidlar-serebrozidlar va gangliozidlar gruppasidir.
Barcha lipidlar quyidagi sinflarga bo’lish mumkin: neytral yog’lar, fosfolipidlar,
sfingolipidlar, glikolipidlar, steoridlar, mumlar. Ba’zan yog’da eruvchi vitaminlarni,
pigmentlar va boshqa moddalarni ham suvda erimagani uchun lipidlarga kiritganlar.
Bu moddalar suvda erimasa ham to’qimalarning organik erituvchilarida erishi orqali