Moddalar almashinuvining fiziologik as


Mineral tuzlar almashinuvi va uning boshqarilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125
Monograph

Mineral tuzlar almashinuvi va uning boshqarilishi. 
Mineral moddalar oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar va vitaminlar bilan bir qatorda 
ovqatning hayot uchun muhim tarkibiy qismidirlar. Ular tirik to`qimalar 
strukturalarini qurish va eng muhim biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni amalga 
oshirish uchun zarurdirlar. Hayvonlar ovqati tarkibidan mineral moddalar chiqa-
rib tashlansa, og’ir kasalliklar va hatto o`limga olib keladi. Tirik organizmning 
asosiy xususiyatlaridan biri bo`lgan qo`zg’alish jarayoni ham mineral moddalar 
mavjudligi bilan bog’liqdir. Suyaklar, nerv elementlari, mushaklarning o`sishi va
rivojlanishi uchun xam mineral moddalar kerak. 
Mineral moddalar qon va boshqa ichki muhit suyuqliklari reaksiyasi (pH) ni
aniqlaydi, hujayralar, oqsillar, skelet suyaklari, shiralar, fermentlar va gormonlar 
tarkibiga kiradi. Ular yurak va asab tizimi me`yoriy faoliyati uchun zarur, gemo-
globin, me`da shirasidagi xlorid kislota hosil qilish uchun foydalaniladi.
Mineral tuzlar hujayralar hayotiy faoliyati uchun zarur bo`lgan muayyan osmotik 
bosimni yaratadi.O`simlik va hayvon maxsulotlaridan iborat bo`lgan aralash ovqat 


77 
novateurpublication.org 
tarkibida mineral moddalar yetarli , faqat osh tuzi- natriy xlorid bir kecha-kunduzda 
10-15 g dan ovqatga qo`shiladi. 
Organizmning osh tuziga bo`lgan bir kecha-kunduzgi talabi hammasi bo`lib 20 g, 
og’ir jismoniy ish vaqtida 25-30g. Katta yoshdagi organizmda osh tuzining zahirasi 
100-120 g. Organizmda mineral moddalarning umumiy miqdori tana massasining 
4,5 % ni tashkil etadi, ulardan 5-6 % suyaklar tarkibiga kiradi. Mineral moddalar 
organizm barcha funksiyalarining me`yorida sodir bo`lishini ta`minlaydi. Mineral 
moddalarning ionlari osmotik bosim doimiyligi va kislota-ishqor muvozanatini 
ta`minlab turadi(5-jadval).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin