Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
3
korporatsiyalarning asosiy tarmoqlari kundalik faoliyatida asosiy meynfreymlar rol
o'ynaydi.
2-rasm. Meinfreym kompyuterlar
Server kompyuterlar.
Serverlar – “mijozlar” deb nomlanuvchi boshqa
dasturlar yoki qurilmalarning ishlashini ta’minlaydigan kompyuter uskunasi yoki
dasturiy ta'minotining bir qismi (kompyuter dasturi). Ushbu arxitektura mijoz-server
modeli deb nomlanadi. Server turli ko’rinishli resurslar yoki xizmatlarga ega
bo’lganligi uchun bittadan ko’p bo’lgan kompyuterlar o’rtasida ma'lumotlarni
almashish yoki xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi kompyuter.
U ma'lumotlarni mahalliy tarmoq (LAN) yoki global tarmoq (WAN)
texnologiyalaridan foydalanib ma’lumot almashishni ta’minlaydi. Hozirda
serverlarning ko’plab turlari mavjud: veb-serverlar, email serverlar, fayl serverlari
va boshqalari. Har bir turda serverda maqsadiga mos dasturiy ta’minot ishlatiladi.
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
4
3-rasm. Server kompyuterlar
Ishchi kompyuterlar.
Ish kompyuterlar – kundalik ishxona faoliyatimizda
texnik ishlar yoki ilmiy dasturlardan foydalanish uchun mo'ljallangan maxsus
kompyuter. Asosan bir kishilik foydalanish uchun mo'ljallangan bo’lib, ular odatda
mahalliy tarmoqqa ulanadi va ko'p foydalanuvchiga tegishli operatsion tizimlarni
boshqaradi.
4-rasm. Ishchi kompyuterlar
Shaxsiy kompyuterlar.
Shaxsiy kompyuter (ShK) – ko'p maqsadli
kompyuterlar bo'lib, bu faqat shaxs tomonidan foydalanishga mo'ljallangan kichik
protsessorli kompyuterlardir. Ular oxirgi foydalanuvchiga foydalanish uchun
mo'ljallangan, arzon narxlardagi umumiy maqsadli kompyuter hisoblanadi yoki ular
kompyuter mutaxassisi yoki texnik tomonidan emas, balki bevosita foydalanuvchi
|