Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207
5c78e023dfdea (1)

O'lchov asboblari 
Ish 
joylaridagi 
elektromagnit 
maydoni 
intensivligini jbaholash uchun elektromagnit maydoni 
hosil qilayotgan manba yaqinida maydonning elektr 
va magnit kuchlanishlarini o'lchash bilan belgilanadi. 


Chunki elektromagnit maydoni zonadagi elektr va 
magnet maydonlarining umumiy ta'siri ostida vujudga 
keladi. Elektromagnit maydonining kuchlanishini 
o'lchaydigan asosiy asbob IEMP-1 va uning 
birmuncha modiflkatsiyalari mavjud (2.2, 2.3-rasm). 
Bu asbob yordamida elektr maydonining 50 Gs-100 
kGs va 100 kGs-30 MGs, shuningdek, magnit 
maydonining 100kGs -1,5 MGs diapazonlarida 
elektromagnit maydonining kuchlanishini o'lchash 
imkoniyatini beradi. Umumiy ushchi chastotalar 
diapazonida kuchlanish qiymati elektr tarkibi bo'yicha 
5-1000 Vt va magnit tarkibi bo'yicha 0,5-300 A/m 
bo'lganda aniqlik darajasi 20% tashkil qiladi. 


2.2-rasm. Elektr va magnit maydon 
kuchlanganligini o‘lchovchi asbob
 
(Narda NBM-550) 
2.3-rasm. Elektr va magnit maydon kuchlanganligini 
o‘lchovchi kichik chastotali asbob
 (
С.А 42
)
Xodimning ish joylarida va bo‘lishi ehtimoli bor 
joylarda elektromagnit maydonlar quvvat oqimining 
imkon qadar kerakli bo‘lgan mustahkamliligi 300 
MGs chastota diapazonida – 300 GGs bo‘ladi. 
Imkon qadar kerakli bo‘lgan mustahkamlilik 10 
Vt/m
2
yoki 10
3
mkVt/cm
2
, ish joylarida, binolarida 


rentgen nurlanishi yoki havo haroratining balandligida 
28 
0
C – 1 Vt/m
2
yoki 100 mkVt/cm
2

Nurlanish jadalligi ustidan nazorati yiliga kamida 
bir marta o‘tkazilishi kerak, shuningdek, yangi yoki 
eski generator qurilmalari ishga tushirilishi yoki 
ta’mirlanishi va mehnat sharoitlari o‘zgarishida 
o‘tkaziladi. O‘lchov poldan 0,5 – 1 – 1,7 m masofada 
3 nuqtadagi maksimal quvvatda o‘tkaziladi. 
Elektromagnit maydonlarni tashkil qiluvchi 
elektromagnit o‘lchovlar uchun 1-ИЭМП asbobidan, 
quvvat oqimi mustahkamliligini o‘lchash uchun esa, 
1-ПO, 
3-ПO, 
9-ПO, 
13-PO 
asboblaridan 
foydalaniladi. Shu asboblar yordamida elektromagnit 
maydonlar jadalligi imkon qadar kerak bo‘lgan 
me’yorlardan oshadigan hududni aniqlash va tegishli 
himoya choralarini ko‘rish mumkin. 
Elektromagnit 
maydonlarni 
ta’siridan 
himoyalashning asosiy usullari va vositalariga 
quyidagilar taluqli: 
1. Himoyalashning tashkiliy choralari. 


2. 
Manbadan 
nurlanishning 
jadalligini 
kamaytirish. 
3. Nurlanish manbaining ekranlashuvi. 
4. Nurlanish manbaidan ishchi o‘rinlarini 
ekranlashtirish va yoki holi qilish. 
5. Signalizatsiya vositalarini qo‘llash. 
6. Individual himoya vositalarini qo‘llash. 
Ishning muayyan sharoitlariga bog‘liq tarzda shu 
vositalardan 
ularning 
ixtiyoriy 
kombinatsiyasi 
qullanilishi mumkin. 
1. Tashkiliy choralar – uskunalarning ratsional 
joylashuvi, qurilmalar va xizmat ko‘rsatilayotgan 
personal ishi muayyan rejimini belgilashdir. 
Yuqori chastotalar va o‘ta yuqori chastotalar 
qurilmalari ishiga tibbiy ko‘rikdan o‘tgan 18 yoshdan 
kichik bo‘lmagan, texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qib, 
imtihon topshirgan shaxslarga ruxsat etiladi. Har yili 
xizmat ko‘rsatayotgan personal tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkaziladi. 


Agar ish yuqori xavfli sharoitlarda, nurlanishda, 
ketayotgan bo‘lsa, xodimlar uchun qisqartirilgan ish 
kuni va qo‘shimcha ta’til belgilanadi. 
2. 
Kelishgan 
yuklar, 
quvvat 
yutuvchilar 
qo‘llovida, 
manba 
nurlanishi 
jadalligini 
kamaytirilishga erishiladi. 
Hozirgi paytda qo‘llaniladigan kuch (antenna 
ekvivalenti) yuqori chastotalar quvvatni 40-60 db ga 
kuchsizlantirish imkonini beradi. 
Qabul qilish, indikator, antenna-fider traktlari
avtomatika va radiostansiya boshqaruv tizimlari ishini 
tekshirishda 
signallarning 
kam 
quvvatli 
imitatorlaridan foydalanish mumkin. Bu holatda 
uzatuvchi qurilmadan tashqari stansiyalarning butun 
tizimi ishlaydi. Bu esa ishlayotganlarning nurlanish 
extimolini istisno etadi. 
3. Nurlanish manbai maxsus ekranlar yordamida 
ekranlashtiriladi. Ekranlarning himoya xossalari turli 
materiallar bilan elektr magnit nurlanishlarning aks 
etishi va yutilishiga asoslanadi. 


Ekranlar turlari: yaxlit, metall, turli metall, 
yumshoq metall, ip-gazlama yoki boshqa gazmolli 
(matoli), yutuvchi. Yutuvchilardan tashqari barcha 
ekranlar o‘ta yuqori chastotalar -quvvat, aksini 
ta’minlaydi. 
Elektromagnit yuqori chastotalar quvvatning o‘ta 
yuqori chastotalar bilan kirib borish chuqurligi juda 
kam bo‘lgani bois, 0,01 mm qalinlikdagi o‘ta yuqori 
chastotalar maydoni 0,5-1 mm metall listlardan yopiq 
yuzalar shaklida 50 db (100000 marta) kuchsizlanadi. 
Engil ekran – folga (yupqa metall qog‘oz). 
Turli ekran 20-30 db (100-1000 marta) ga yomon 
(sust) ekranlashtiradi. 
Ekran pardalari, drapirovka, qoplamalar, maxsus 
kiyim-bosh (kombinezonlar, xalatlar, kapyushonlar) 
uchun elastik (egiluvchan) ekranlar o‘ta yuqori 
chastotalar quvvatdan himoya qiladi.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin