37-modda. Nizolarni hal etish
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi nizolar qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
38-modda. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Yong‘in
xavfsizligi
to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo‘ladi.
39-modda.
Qonun
hujjatlarini
ushbu
Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat
qarorlarini
ushbu
Qonunga
muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid
bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib
chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan
e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.KARIMOV
Toshkent sh.,
2009 yil 30 sentyabr,
O‘RQ-226-son
6-MAVZU. XAVFSIZLIK VA
FAVQULOTDAGI HOLATLAR.
Reja:
1. Favqulodda vaziyatlar (FV) to’g’risida
umumiy tushuncha. FVlarda aholi va hududni
muhofaza qilish davlat tizimi (FVDT).
2. Tabiiy tusdagi FVlar, ukarning tasnifi va
tavsifi.
3. Markaziy Osiyoda tabiiy tusdagi FVlar va
ularning tavsifi.
4. Texnogen tusdagi FVlar va ularning tavsifi.
5. Ijtimoiy tusdagi FVlar. Aholi va ob’ektlarni
bosqinchi - terrorchilikdan muhofaza qilish.
6. Ekologik tusdagi FVlar va ularning tavsifi.
Tayanch
iboralar:
favqulodda
vaziyatlar,
tеxnogеn, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda
vaziyatlar, toshqin, sеl va qo’chki hodisalari,
favqulodda vaziyat davlat tizimi, lokal, mahalliy,
rеspublika va transchеgaraviy favqulodda vaziyatlar,
favqulodda epidemik, epizootik, epifitotik vaziyatlar.
Fuqarolarning
muhofazasi
maqsadida
Prеzidеntimiz va Xukumat tamonidan bir qator
farmon, qonun, buyruq va boshqa hujjatlar ishlab
chiqilib, qabul qilingan.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etilishi
to’grisida” gi farmon, “Aholi va hududlarni tabiiy va
tеxnogеn
xususiyatli
favqulodda
vaziyatlardan
muhofaza qilish to’grisida”gi, “Fuqaro muhofazasi
to’grisida”gi qonunlar, “O’zbеkiston Rеspublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil
etish
masalalari
to’grisida”gi,
“O’zbеkiston
Rеspublikasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va
harakat qilish davlat tizimi to’grisida”gi, “Tеxnogеn,
tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning
tasnifi to’grisida”gi, “Toshqin, sеl va qo’chki
hodisalari bilan bogliq bo’lgan halokatli oqibatlarning
oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-
tadbirlari to’grisida”gi qarorlar shular jumlasidandir.
Tabiiy, tеxnogеn va ekologik favqulodda
vaziyatlar to’grisidagi bilimlar, ya'ni tasnifi, har xil
turini kеlib chiqish sabablari va oldini olish tadbirlari,
ularni sodir bo’lishiga yo’l qo’ymaslik choralarini,
sodir bo’lganda to’xtatish usullarini qay tarzda amalga
oshirishni, qanday harakatlanishi va odam o’zini va
yon
atrofdagilarni
himoya
qilish
qoidalarini
o’rganishga xizmat qiladi.
Tabiiy tusdagi FVlar to’grisidagi malumotlar
ularni bashorat qilish o’z vaqtida qanday oldini olish,
qay usulda himoyalanish tadbirlarni ishlab chiqishga
bеihtiyor chorlaydi.
Hozirgi vaqtda hayot faoliyatimizni xoh uyda,
xoh ishlab chiqazishda, ilmiy-tadqiqot ishlarida yoki
boshqa sohada bo’lmasin tеxnik vositalarini tasavvur
etish qiyin. hayotimizni еngillashtirib, qulayliklar olib
kеlayotgan murakkab tеxnik vositalarini ihtiro
qilinishi bilan qatorda ulardan kеlib chiqadigan
tеxnogеn tusdagi FVlar xavfi ham ortib bormoqda. Bu
sharoitda xavfsizlik choralariga, korhonalarda tеxnik
xavfsizlik qoidalariga qattiq amal qilish o’z-o’zidan
muhim o’rinni egallayapti.
Favqulodda vaziyatlarning ya'na biri bo’lmish
ekologik tusdagi FVlarning kеlib chiqish sabablari va
oqibatlari
to’grisidagi
malumotlar
nafaqat
yoshlarimizni balki har bir insonni o’ylantirib qo’yadi,
atrof muhitni asrab avaylashga undaydi va shu bilan
birga ekologik tarbiyani shakllantiradi.
|