Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya 
Ilmiy texnika taraqqiyotini faqat fan va texnika 
yutuqlari majmui tarzida tushunish yaramaydi. 
Chunki bunday tushunish jamiyatning rivojlanish 


jamiyatning rivojlanish mezonlarini hisobga olmagan 
holda bo‘ladi. Bu tabiat va jamiyat va uchun salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar salbiy oqibatlar 
fan va texnikaning ijobiy natijalardan ortib ketsa, u 
holda ijtimoiy tabiiy taraqqiyot muvozanati buziladi. 
A.Tolstoy “Nimani farovonlik deb atash mumkin?” 
degan savolga javob berib qo‘yidagilarni yozgan edi: 
Yo‘l xizmatini yaxshilash, kitoblar nashr etib 
tarkatish, ko‘chalarni charag‘on qilish, kambag‘al, 
beva-bechoralar, qariyalarg‘a xizmat qiladigan uylarni 
kupaytirishmi yoki tabiatning ibtidoiy boyliklari- 
urmon, balik, yovvoyi kushlar, jismoniy rivojlanish
axlokiy soflik yoki boshqa narsalarmi? Insoniyat 
hayotning barcha tomonlariga extirossiz munosabatda 
bo‘lgan inson hayotining bir tomonlama taraqqiyoti 
xamisha uning boshqa tomondan tanazzuli hisobiga 
bo‘lishini kuzatishi mumkin. Bu fikrlar aytilganda 
ham atom bombasi kashf etilmagan va qo‘llab 
ko‘rilmagan edi. Demak, insoniyat o‘z taraqqiyoti 
yo‘lida xech qanday ziddiyatlarsiz kamolot sari to‘g‘ri 


ketavermas ekan. 
Ekologik tanazzulning sinfiy ijtimoiy sabablari 
mavjudligi insoniyat taraqqiyoti an’anaviy modellar 
asosida etavermasligi kerak, degan xulosa chiqarishga 
imkon beradi. Ammo tabiat va insoniyatning ko‘pgina 
qismi 
taraqqiyot 
evaziga 
qurbon 
bo‘lishi 
mumkinligining tasdiqlanganiga hali unchalik ko‘p 
vaqt bo‘lgani yo‘q. Bombalar tashlanishi, urushda 
texnik vositalarning qo‘llanishi, texnika bilan bog‘lik 
fojialar, AES halokati va boshqalarni eslab ko‘raylik. 
Taraqqiyot evaziga qurbon bo‘lishi nafaqat ma’naviy 
xo‘rlik, balki ma’nosiz va foydasiz yashash demakdir. 
Insoniyat 
bugungi 
kunda 
taraqqiyot 
yo‘lidan 
ketayotgani haqida da’vo qilar ekan, ammo, aslida bu 
taraqqiyot unga hali o‘zi o‘ylagandek farvonlik, 
tinchlik, baxt keltirganicha yo‘q, aksincha, uni global 
tanazzul holatiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu 
muammoni oshkora muxokama etmaslik, hal etishga 
harakat qilmaslik halokat yo‘lini tanlash demakdir. 
Moddiy farovonlik yoki taraqqiyot evaziga tabiatni 


qurbon etishning oqibati boshi berk ko‘chaga kirib 
qolish bilan barobar. 
Bu esa, moddiy farovonlikka emas, balki 
iqtisodii tanazzulga va insonning ahloqiy jixatdan 
buzilishiga, shaxs yaxlitligining parchalanishiga olib 
keladi. XX asrda insoniyat ma’lum bir o‘sishlarni 
kurdi. Ijtimoiy hayotda majburiylik, zo‘rlik va 
xuemdorlik asta-sekinlik bilan bulsa-da, o‘rnini 
erkinlik va o‘z-o‘zini an6glash holatiga bushatib 
bermoqda. 
Ammo 
ekologik 
tanazzul 
ijtimoiy 
taraqqiyot tushunchasi ma’nosi yanada to‘ldirilishi 
tug‘rirogi, u ijtimoiy tabiiy taraqqiet tushunchasi bilan 
almashtirilishi kerak. 
Ijtimoiy tabiiy taraqqiyot tushunchasida inson va 
tabiatning birgalikdagi tarakkiyoti nazarda tutiladi. 
Evolyusiyaning tabiiy-ilmiy konsepsiyasini inson va 
tabiatning o‘zaro munosabatlariga ham qo‘llash 
o‘rinlidir. 
Ijtimoiy tabiiy taraqqiyotning tarkibiy qismiga 
qo‘yidagilar kiradi: 


1) ilmiy-texnikaviy taraqqiyot; 
2) 
iqtisodiy 
taraqqiyot 
(ishlab 
chiqarish 
ko‘satqichlarining o‘sishi ma’nosida); 
3) shaxs 
taraqqiyoti 
(insoniy 
sifatlarning 
rivojlanishi doirasida); 
4) tabiiy taraqqiyoti (insonni o‘rab turgan atrof-
muxit holatini nazarda tutgan holda.) 
Buyuk olim V.I.Vernadskiy tabiiy muxitning 
rivojlanishi va insonning er tabiati (biosfera) ga 
ta’sirining ilmiy-nazariy g‘oyasini ishlab chiqqan edi. 
U birinchi bo‘lib tirik moddaning “sayyoraviy-
samoviy hodisa” ekani haqida gapirib, uning geologik 
kuch, “faol moddiyat” tarzidagi mohiyatini ochib 
beradi. Olim fikricha, Erni o‘zgartiruvchi bosh omil, 
bu-hayotning o‘zidir. Bundan tashqari, u insoniyatga 
sayyora biosferadagi qudratli, butun vaqt davomida 
ortib boruvchi o‘ziga xos alohida unsur (element) 
tarzida 
karaydi. 
SHuningdek 
«aql 
qatlami» 
(noosfera)ga o‘tishning muqarrarligi, ya’ni insonning 
tabiatga ta’sirini boshqarish mumkinligini oldindian 


ko‘ra bilgan. Olim bora-bora inson tabiatning 
«tayyor» mahsulotlariga bog‘lik bo‘lmagan jonzotga 
aylanishi g‘oyasini ilgar suradi [3]. 
Insoniyat sekin-astalik bilan aql qatlamiga kiradi, 
to‘g‘rirog‘i, uning o‘zi «aqlga aylanib ketadi». 
Ehtimol, aql tomonidan yaratilgan hozirgi hayvonot 
bog‘lari aql qatlami-noosferada yashaydigan dastlabki 
erliklardan kelajak uchun sovg‘adir. Inson yaratgan 
«aql qatlami» ya’ni biosferadagi jarayonlarning aqlan 
boshqarilishi biosfera taqdrining yangi tarmog‘i aynan 
inson 
tufayligina 
tabiat 
uzining 
kelgusi 
taraqqiyotining omiliga ega bo‘ladi. Insonsiz 
tabiatning etarli darajada taraqqiy etishi mumkin 
emas. 
Inson 
asta sekinlik bilan nafaqat o‘zi 
yashayotgan erning rivojiga, balki butun Koinot 
miqyosidagi xayotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Bugungi kunda katta quvvat manbay, tegishli 
moddalar, axborotlar to‘plangan. Akl kuchi, fan, 
texnika sayyoramizda uzluksiz ravishda insoniyatga 


xizmat qilmoqda. Lekin afsuski, har qanday texnika, 
har qaysi fan Erning o‘z-o‘zini tiklash quvvati va 
imkoniyatini uning o‘zichalik amalga oshira olmaydi. 
Gap 
shundaki, 
inson 
akli 
erishgan 
muvaffaqiyatlaridan oqilona foydalana bilish ekologik 
muammoni hal etishda muhimdir. Inson aklining 
tabiat va jamiyatga ta’sirining kuchayishi uning tabiiy 
jarayonlarga aralashuvi oqibati, o‘z avlodlari xayoti 
uchun, insoniyat kelajagi uchun mas’ulligini yanada 
keskin qilib qo‘yadi. Aql qatlami deyilganda ham 
inson aqli bilan o‘zgartiriladigan va boshqariladigan 
zaminiy-sayyoraviy 
hamda 
samoviy 
bo‘shlik 
tushuniladi. Bu aql insoniyatning har tomonlama 
rivojlanib, kamol topishini kafolatlaydi. SHuning 
uchun ham insoniyat ko‘plab muhim bioqatlama 
jarayonlarining tabiiy kechishini ta’minlashni, ularni 
nazorat qilib, «sozlash»ni o‘z zimmasiga oladi. Agar, 
akl va texnika kuchida ularga zarur bo‘ladigan 
donishmandlik, yuksak ahloqiy, ekologik ong rivoji 
namoyon bulsagina Erning biosfera «aql qatlami 


noosferaga » aylana oladi. Buning uchun esa inson 
hayotining 
ijtimoiy 
shart-sharoitini 
butunlay 
o‘zgartirish, uyg‘unlikning tanasi uchun ijtimoiy-
iqtisodiy zamin yaratish kerak. O‘shandagina uzluksiz 
rivojlanish uchun kafolat yuzaga keladi. Ammo 
chukur ekologik ong ayni shu kunlarda juda zarurdir. 
Ekologik ongsiz bioqatlamning aql kuchi 
jilovlanmagan kuch-qudrat misoli goh u yoqqa, goh 
bu yoqqa «sang‘ib» qoladi. Ekologik ong sohibi 
bo‘lmish inson esa ishonch ila oldinga zintiladi. 
Ekologik 
ong 
harakatning 
barqarorligi 
va 
yo‘nalganligini, aql kuchi xarakat sur’atini, hammasi 
birgalikda esa taraqqiyot tezligini ta’minlaydi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin