Mexanik ventelyasiya.
Mexanik ventilyasiya
tortib oladigan, irmoq, murakkabga ajraladi.
Tortib olinadigan ventilyasiya:
Deraza va eshiklar orqali havo etarli bo‘lsa;
Binoda odamlarning qisqa vaqt bo‘lishlari
holatlarida;
Binodan ifloslangan havoni ko‘p qismini
chiqarish talab qilinganda qo‘llaniladi.
Irmoq ventilyasiyadan:
Binoda to‘liq havoni almashtirishni talab
etishda;
1.1–rasm. Tortib olinadigan ventilyasiya.
Binoda zaharli, xavfli va o‘ta sassiq
ifloslanish yoki gazlar chiqmayotgan bo‘lsa;
Ifloslangan
havoning
binoga
kirishini
ogohlantirilayotganda qo‘llaniladi.
1.2–rasm. Irmoq ventilyasiya.
Irmoqli – so‘rg‘ich ventilyasiya ventilyasiyaning
faqat birgina tizimi bilan bino havosini tozalash
imkoni bo‘lmaganida o‘rnatiladi. Bunday ventilyasiya
sozlash va ishga tushirishda katta harajat talab qiladi,
o‘ta samarali sanalib, faqat ayrim holatlarda zarurat
tug‘ilganda loyihalashtiriladi.
Changlangan havoni tozalash qurilmalari
Filtrlar - g‘ovakli mexanik chang ajratuvchilar,
elektrofiltrlar va moyli.
G‘ovakli- (ipsimon, gazmolli, donli, graviyali)
chang filtrlar g‘ovaklarida tez-tez o‘tirib qoladi,
ko‘pincha filtrlovchi massa tepasida va g‘ovaklar
devorlarida qoladi.
Mexanik chang ajratuvchilar – turli xil siklonlar,
chang o‘tiruvchi kameralar, chang to‘plovchilar.
Elektrofiltrlar
–
doimiy
tarzda
yuqori
kuchlanishdagi tokni o‘tkazuvchi havo o‘tkazgichi
ichida elektrodlar o‘rnatilgan. Elektrodlar yonidan
ifloslangan havo o‘tayotganda chang zarralari
nurlanayotgan
elektrod
elektronlarining
salbiy
elektrzaryad oladilar, oqibatda ular erga tutash
elektrodlar yo‘nalishida joylashadi va shu erda chang
to‘plovchilarga o‘tirib qoladi. Samaradorligi 99% dir.
Shuni aytib o‘tish kerakki yonuvchi va portlash xavfi
bulgan moddalarda ishlatib bulmaydi.
Moyli filtrlar – ifloslangan havo va moyli ustama
bilan tutash ustunini hosil qiluvchi moylangan qisqa
metall quvurchalar bilan to‘ldirilgan katakli quti.
Bunday filtlar irmoq va so‘rg‘ich ventilyasiyada
qo‘llaniladi.
Afzalliklari - qurilma va xizmat kursatishi oddiy.
Filtr ifloslangan paytda doiralar davriy tarzda issiq
soda eritmasida yuviladi va ularning ustamalari
moylanadi (doiralar –qutisi bilan moyli vannaga
solinadi. Changni tozalash uchun qurilmalar chang va
chang zarrachalarining xarakteri va xajmini inobatga
olgan holda tanlanadi.
Chang zarrachalari xajmi yuzasidan kichik,
o‘rtacha va yirik changga taqsimlanadi.
I. Eng kamida – agar 1 m
3
havoda 50 mg gacha
chang bo‘lsa.
II. O‘rtacha 500 mg gacha.
III. 500 mg dan ancha yuqori.
Zamonaviy filtrlar 10 mk gacha eng kichik
changni sezib, 1 m
3
havoga 1-2 mg ni tozalashga
qodir.
Tozalash darajasiga ko‘ra gazmolli va elektrik
filtrlar o‘ta samarali, ular 10000 mg/m
3
gacha, ya’ni
99,5% changi mavjud havoni tozalashga qodir.
Irmoq ventilyasiyasi uchun tozalash darajasi
quyidagicha – ishlab chikarish binosining ishchi
hududi havosida zararli moddalar konsentratsiyasi <
30% MYQK.
Iflos chang yoki zararlangan moddalar bor havo
doimo ham to‘liq ko‘zga tashlanmaydi. Yilning eng
sovuq davrida so‘rilayotgan havoni isitish uchun
issiqlikni tejash maqsadlarida ifloslangan havo aralash
kameraga haydalib, (>10%) tashqi havo bilan
aralashib, so‘ng tozalangach, yana binoga uzatiladi.
Bunday havo ayriboshlash retsirkulyasiya deb ataladi.
Aralashtiruvchi kameraga so‘riladigan havoda
zararli va portlash xavfi bo‘lgan (akkumulyatorlardan)
moddalar mavjud bo‘lsa, retsirkulyasiyaga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Radio
va
telestudiyalarining
radiouzatish
markazlarida retsirkulyasiya binoda havo maxsus,
ataylab sovutiladigan yilning eng issiq vaqtida ham
amalga oshiriladi. Binoda havo t, R, V sining davriy
tekshiruvchi
havo
almashtirishning
qisqaligi
ventilyasiya qurilma harakati samaradorligining
nazorati hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |