Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Elektrolitik ta’siri
- organizmning suyuqliklari 
parchalanishi natijasida qonning va hujayralarning 
kimyoviy va fizik hususiyatlari o’zgarilishi kuzatiladi. 
Biologik ta’siri
- tanani bioenergetik jarayonini 
buzilishi, ya’ni tirik hujayralarni to’lqinlanishi va 
mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat. 
Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko’rsatish 
mumkin: elektr jarohat va elektr zarb. 
Elektr jarohatlanishi
- insonni tanasini ayrim 
joylarini shikastlanishi, elektr kuyishi, elektr belgilari 
va terini metallanishini ko’rinishlariga ega. 
Inson tanasidan tok o’tishi natijasida tanani 
qizishi - elektr kuyish deb ataladi. Tanani ichki va 
tashqi 
qismi 
kuyishi 
mumkin. 
Jarohat 
olish 
sharoitlariga ko’ra kontakt, yoyi va aralash 
kuyishlarga ajratiladi. 


3.1- rasm. Inson tanasidan tok o’tishi natijasida 
tanani 3 darajali elektr kuyishi 
Teri yuzasidagi kul yoki oq - sariq rangli dog’lar 
elektr belgilar deb ataladi. Shu dog’lar tanani elektr 
o’tkazgich qismlar bilan tutashgan joylarda hosil 
bo’ladi. Ular ko’pincha og’riqsiz bo’ladi, vaqt o’tishi 
bilan o’tib ketadi. 


3.2-rasm. Yashin shakldagi elektr belgili 
ko’rinishi 
Tok ta’sirida metallarni zarrachalari bo’g’lanib, 
teri yuzasini qoplab oladi. Lat yegan qismini yuzasi 
g’adir - budir bo’lib qoladi. Shu holat elektr 
metallanish deb ataladi. Bu holat inson tanasi uchun 
xatarli emas, lekin ko’zni metallanishi xavfli bo’ladi. 
3.3-rasm. Tok ta’sirida ter yuzasini elektr 
metallanishi 


Yuqorida 
aytilgandan 
tashqari 
mehanik 
shikastlanishlar va elektroftalmiya 
ham elektr 
jarohatlanishiga 
kiradi. 
Tok 
o’tishi 
vaqtida 
mushaklarni keskin qisqarishi natijasida terini, qon 
tomirlarini va nervlarini yorilishiga, suyaklarni 
sinishiga va tobiqlarni chiqishiga sabab bo’ladi. 
Yoydan chiqayotgan ultra-binafsha nurlari natijasida 
ko’zni shamollashini еlektroftalmiya deb aytiladi. 
Elektr tokni ta’siri natijasida tirik to’qimalarni 
to’lqinlatib mushaklarni keskin qisqartirishiga olib 
keladigan holat elektr zarb deb ataladi. Odamni tok 
urish xolati to’rt darajada baholanadi: 
I – darajada odam hushidan ketmagan holda 
yeqilib tushish, mushaklarni qisqartirishiga olib 
keladi; 
II – darajada odamning nafas olishi va yurak 
faoliyatiga ta’sir etilmagan holda hushdan ketish; 
III – darajada nafas va yurak faoliyatiga ta’sir 
etilgan holda hushdan ketish; 


IV – darajada elektr shok, qon aylanishi va nafas 
olish to’xtab, klinik o’limyuz beradi. 
Klinik o’lim-bu odamni tirik va o’lim orasidagi 
holat, shu holatida yurakni faoliyati va nafas olishi 
to’xtaydi, insonda hech qanday hayot alomatlari 
sezilmaydi. Klinik holati 6-8 minut davom etadi. Shu 
davrida hech qanday yordam bermagan taqdirda 
miyani hujayralari parchalanib qaytarilmas-biologik 
o’limiga o’tib ketadi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin