Xavflar taksonomiyasi.
Taksonomiya - bu
murakkab xodisalar, tushunchalar va ob’ektlarni
sinflashtirish va sistemalashtirish xaqidagi fandir.
Taksonomiya so’zi xavflarni qonun bo’yicha
joylashtirish degan ma’noni beradi. Modomiki xavf
ko’p belgilarga ega bo’lgan murakkab ierarxik
tushunchadir. Faoliyat xavfsizligi soxasidailmiy
bilimlarni tashkil kilishda xavflarni taksonomiyalash
muxim rol o’ynaydi va ularning tabiatini chuqur
bilishga undaydi. Xozircha xavflarning yetarlicha
to’liq mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu
o’qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy
izlanishlar olib borishni ko’rsatadi.
Xavflar
nomenklaturasi.
Nomenklatura
-
ma’lum belgilariga ko’ra sistemalashtirilgan xavfli
nom va so’zlar ro’yxatidir. Xozirgi kunda xavflarning
nomenklaturasini umumiy xolda alfavit tartibida
quyidagicha keltiramiz:
Ajal, alanga, alkogol, vakuum, vulkan, vaxima,
gaz, gerbisid, dard, dinamik zo’riqish, yemirilish,
yomg’ir, yong’in, zo’riqish, zaxar, zilzila, ifloslanish,
ichkilik, kasallik, kamchilik, kuyish,lat yemoq,
loyqalanish,
lazer
nurlari,
magnit
maydoni,
momaqaldirok,
meteoritlar,
mikroorganizmlar,
namlanish, pulsasiya, pasayish, radiasiya, rezonans,
sog’aymok, sag’lanish, sirpanish, tebranish, tok urishi,
toymoq, o’zilish, yashin urmoq, ultratovush, xujum,
xavf, charchash, shamol, shovkin, elektr toki, elektr
maydoni, yaxmalak, yadro.
Aniq ilmiy izlanishlar olib borilganda, xar bir
aloxida ob’ektlar uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish
joylari, jarayonlar, kasblar va xakozo) xavflar
nomenklaturasi tuziladi.
Xavflar kvantifikasiyasi.
Kvantifikasiya -
murakkab tushunchalarning sifatini aniqlashda sonli
tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikasiyaning
sonli, balli va boshqa usullari qo’llaniladi. Xavflarni
baxolashning eng keng tarqalgan usuli tavakkaldir.
|