Modul: Mustaqilik davrida Ozbekiston respublikasida turizmni rivojlanishi


O'z-o'zini nazorat uchun savollar



Yüklə 124,17 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2022
ölçüsü124,17 Kb.
#77672
1   2
O'z-o'zini nazorat uchun savollar
Farg'ona vodiysidagi sayohatbob joylarni bilasizmi?
Toshkent viloyatining qaysi joylarida xalqaro turizm uchun manzillar bor?
Toshkent viloyatining qaysi tog'larida sayohat maskanlari va sog`lomlashtirish oromgohlari mavjud?
Chotqol, Turkiston, ZarafShon, Nurota tizma tog'lari qaysi viloyatlarning xududlarida joylashgan?
Toshkent-Termiz Shoh magistral yo'lida qanday oromgohlar, dam olish joylari, sayohatlar uchun qulay joylar bor?
Sirdaryo, ZarafShon, Amudaryo sohillarida sayr-sayohatlarni qaerlarga uyuShtirish mumkin?
Samarqand, qaShqadaryo, surondaryo viloyatlarining Respublikaga maShhur qanday sayohat manzillari bor?
Buxoro, Xorazm, qoraqalmog'iston xududlarida qanday sayr manzillari bor, ular qadimgi tarix bilan aloqadorligi nimada?
O'zbekistonda qaysi sanalarga bag'ishlab bayramlar, katta tantanalar o'tkaziladi?
Ulug' sanalarga bag'ishlab qanday sayr-sayohatlar tashkil qilsh mumkin va ular kim tomonidan uyuShtirilishi lozim?

1.1. Turizmning vujudga kelishi va rivojlanishi Turizm (sayohat) ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan nazariy va amaliy fan sifatida o‘qitiladi. U o‘zining ijtimoiy tizimlar (formatsiya) bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z tarixi hamda rivojlanish jarayonlariga ega. Turizm umumiy ma’noda sayr-sayohatlar, sarguzashtlarni ifoda etadi. Shu sababdan ular ijtimoiy-turmush va mehnat jarayonlaridan tarkib topadi. Turizm haqida ilmiy-ommabop risolalar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar juda ko‘p. Ularning mazmunida turli yoshdagi kishilar va aholining talablariga qarab sayr-sayohatlarni tashkil qilish yo‘llari bayon etilgan. Turizmning vujudga kelish omillari va davrlari ijtimoiy turmush, madaniy hayot va mehnat jarayonlari bilan bevosita bog‘liqdir. Eng qadimgi insonlar yashash uchun ov va mehnat qurollarini yaratishga harakat qilganlar. Shu tarzda tog‘lar, daryo va ko‘llarning sohillarida yashab, yovvoyi hayvonlarni ov qilganlar, ularni qo‘lga o‘rgatib o‘z mehnatlarida foydalanganlar. Ov manzillari va dam olishga qulay bo‘lgan joylarda ma’lum bir belgilarni (tur) qo‘yishgan va zarur bo‘lgan paytlarda ana shu joylarga kelib hordiq chiqarishgan, turli o‘yinlar tashkil qilib musobaqalashishgan. Ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarining takomillashuvi, ov va jang qurollarini yaratishining yangi usullari odamlarning 8 uzoq joylarga borib ov va mehnat qilishi, shu asosda eng qulay va yaxshi joylarni tanlab dam olish, hatto o‘troqlashib qolishlariga olib kelgan. Shu tariqa daryolar, ko‘llar, dengizlarda ov qilish, sayr o‘tkazish, izlanish uchun kemalar yasab, ulardan maqsadli foydalanganlar. Bu sohada Xristofor Kolumbning Amerika qit’asiga borib qolishi (kashfiyot), turli sayohatchilarning Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit’alar, mamlakatlarga borganligi tarixdan ma’lum. XIX asrning ikkinchi yarmida bir qator rus sayyohlari, mutaxassis olimlari (asosan harbiylar) Markaziy Osiyoning iqlimi, tabiiy boyliklari, aholining madaniyati va boshqa jihatlarini o‘rganish uchun tashrif buyurishgan. Ular orasida P.P.Semyonov, Tyanshanskiy, Prejevalskiy kabilar tog‘ sharoitlarini chuqur o‘rganib, maxsus xaritalar tayyorlaganlar. O‘zbekistonda turizmning dastlabki rivojlanish davri asosan o‘tgan asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. 1925–1930 yillarda Markaziy Kasaba uyushmalari kengashi qoshida maxsus turistik jamiyat, ya’ni ishchi-dehqonlar turizm tashkilotini ta’sis etgan. Bu jamiyat asosan mehnatkashlarning turli shaharlarga sayohatini (ekskursiya) uyushtirish, o‘quvchi-yoshlarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish, o‘lkani o‘rganish kabi tadbirlar bilan shug‘ullangan. Shuningdek, dam olish kunlari ommaviy ravishda shahar atroflariga piyoda chiqish, chang‘ida yurish, velosiрedda sayr qilish kabi amaliy faoliyatlarni tashkil qilgan. Ularning asosiy maqsadi jismonan chiniqish, mehnat faoliyatini oshirish va mudofaa ishlariga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat edi. Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941–1945-yillar) harbiy tayyorgarlik jarayonlarida o‘quvchi-yoshlar va mehnatkashlarning topografik bilimlarini oshirishga alohida e’tibor berildi. Atroflarni chamalab (ориентирование) topish, xaritani o‘qish, mo‘ljalga tez yetib borish (jismoniy harakat) kabi turistik faoliyatlar keng rivojlandi. Bu jarayonlar o‘sha davrlarda va hatto 9 keyinchalik ham “Mehnat va mudofaga tayyor” majmuyidan o‘rin oldi. Urushdan keyingi yillarda (1950–1960-yillar) Markaziy Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan barcha viloyatlarda va ularning quyi tarmoqlarida turistik klublar tashkil etildi. Klublar turizm bo‘yicha (piyoda yurish, tog‘ turizmi, velosiрed turizm va hokazolarni uyushtirish) seksiyalar, to‘garaklar, jamoalar tashkil etib, musobaqalar tashkil etishga kirishdi. Keyingi 30–40 yil davomida (1955–1990-yillar) Respublikalar, hududlar (Markaziy osiyo, Kavkaz, Boltiq bo‘yi, O‘rol, Sibir va hokazo) miqyosida slyotlar (musobaqalar) tashkil etildi. Ularning dastur mazmunida kategoriyali (darajali) piyoda yurish, tog‘ so‘qmoqlari va dovonlaridan oshish, daryolardan kechib o‘tish, arqonlarga osilib daryo, jarlarning ustidan o‘tish hamda belgilangan joylarni kompas orqali va chamalab topish, gulxan yoqish, chodirlarni tez (vaqtga) o‘rnatish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jamoaning ish faoliyatlarini ifoda etuvchi albomlarni namoyish etish, qo‘shiq-raqs bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazish kabi ko‘p qirrali ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlar o‘rin egallagan edi. Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang‘ich jamoalarda (ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u yoki bu darajada o‘tkazilishi odatga aylandi. Ommaviy piyoda yurish, shahar va tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish sayr-sayohatlari asosan quyi jamoalarda yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Markaziy shaharlar, viloyatlarda tashkil qilingan seksiyalardagi terma jamoalar tog‘ turizmi, velosiрed turizmi kabilar bilan shug‘ullanib, ularda chamalab topish (ориентирование) bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Shu asosda yuqorida zikr etilgan turlar maxsus sportga aylandi. Ularning qoidalari (nizomlar) ishlab chiqilib, sport razryadlari (I-II-II darajalar, sport ustaligiga nomzod, sport ustasi, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi va hokazo unvonlar) tasdiqlandi. 10 Belorussiya, Boltiqbo‘yi, O‘rol, Sibir o‘lkasida o‘z hududlariga mos, asosan turizmning tog‘ turizmi, chamalab topish, suv turizmi kabi turlari amalga oshirildi. Kavkaz, Qirg‘iziston va shu kabi boshqa tog‘li hududlarda esa tog‘ turizmi (g‘orlarni topish, qoyalarni zabt etish) ko‘proq rivojlanadi. Boshqa hududlarda ommaviy piyoda yurish turizmi keng rivojlandi. 1.2. O‘zbekistonda turizmning rivojlanishi O‘zbekiston hududidagi sayr-sayohatlar bayon qilingan juda ko‘p manbaalarni uchratish mumkin. Ya’ni qadimgi ajdodlarimiz ijtimoiy turmush kechirish davomida ko‘chmanchi sifatida ham har tomonga o‘tib hayot kechirganlar. Oilaviy va urug‘-qabila bo‘lib, butun bor mol-mulkini turli ulovlarga (tuya, ot, eshak, xachir, ho‘kiz va hokazo) ortib yaylovlar, cho‘llar, tog‘li joylarda qo‘nib, ko‘chib yurganlar. Bunday yurish-turish, albatta, ularga oson bo‘lmagan. Lekin tabiiy sharoitlarda, yaylovlarda mol boqish, hayot kechirish, zilol suvlardan miriqib ichish, oftob nurlarida toblanish, sut-qatiq, go‘sht va mevalarni iste’mol qilishning o‘ziga xos lazzatlarini tatiganlar. Ajdodlarimizning sayr-sayohatlarini ko‘z oldimizga keltirish uchun “Avesto”, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Qirq qiz”, “Tohir va Zuhra” kabi o‘nlab dostonlar, “Temur tuzuklari”, “Boburnoma” kabi badiiy, ilmiy, geografik asarlar misol bo‘la oladi. Ayniqsa, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temurning jahonni kezishi, Boburning Hindiston tomon sarguzashtlari va u y erda kechirgan hayotiy tafsilotlari sayr-sayohatning mazmunini yanada to‘ldiradi. Inson kamolotini ta’minlash, sihat-salomatligini doimiy ravishda yaxshilab borishda sayohatlarning (ko‘l yoqalarida tunash, kemalarda yurish, tog‘larga chiqish va hokazo) amaliy mohiyatlarini sharq tabobatining sultoni Abu Ali ibn Sino ilmiy 11 jihatdan o‘rganib, ularni meros qilib qoldirganligi bugungi kunda muhim ahamiyatga egadir. Yurtimizning geografik tuzilishi juda xilma-xildir. Ya’ni sharqda Tyan-Shan tog‘larining shohobchalari (davomi), janubda Turkiston, Hisor tog‘lari o‘rtada esa Zarafshon, Nurota tizma tog‘larining suvli hamda ko‘kalamzor maydonlarida aholi ko‘proq yashaydi. Shu sabab u yerlarda dam olish, hordiq chiqarish, sog‘lomlashtirish maskanlari ko‘plab qurilgan. Respublikaning g‘arb va shimol tomonlari cho‘l-sahrolar bilan tutashgan bo‘lsa-da past, yassi tog‘lar bilan o‘ralib, Chimqo‘rg‘on, Arnasoy, Kattaqo‘rg‘on kabi suv omborlari, katta-kichik sun’iy ko‘llarning nam havosi ekologik jihatdan tabiiy muvozanatni saqlab turadi. Orol dengizi muammolari ham asta-sekin hal qilinish arafasidadir. Respublikada turizmning shakllanishi va rivojlanishi haqida bir qator ilmiy-ommabop kitoblar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan. Ular orasida mutaxassis olimlar R. Abdumalikov, T.X. Xoldarov va boshqalar tomonidan tayyorlangan dasturlar, o‘quvqo‘llanmalar muhim ahamiyatga ega. Respublika turizmi tarixida I.G‘. Xolmurodov, V.I. Kucheryavix (Samarqand), V. Ratsek, A.V. Kolbinsev (Toshkent) kabi iqtidorli mutaxassislarning o‘rni e’tiborga loyiqdir. O‘zbekistonda turizmni rivojlanishi yuqoridan berilgan ko‘rsatmalar asosida faoliyat ko‘rsatib keldi. Endilikda davr talablariga mos ravishda tarixiy shaharlarga sayr (ekskursiya) uyushtirishga katta e’tibor berilmoqda. Bu yo‘lda katta-katta shaharlar va chet ellardan tashrif buyurgan sayohatchilarni Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarda qabul qilish, ularga madaniy xizmat ko‘rsatish borasida yuqori tajribalarga erishildi. Mahalliy sharoitda o‘quvchi-yoshlar talabalar va mehnatkashlarning sayr-sayohatlarini uyushtirish ham yuqori saviyada amalga oshirildi. Ayniqsa, yoshlarni markaziy shaharlardagi 12 (Moskva, Leningrad, Kiyev va hokazo) tarixiy-madaniy joylar bilan tanishtirishda katta faoliyatlar ko‘rsatildi. O‘tgan bo‘limda bayon etilganidek, respublikadagi turistik faoliyatlarga asosan kasaba uyushmalari kengashlari rahnamolik qildi. Turizm ishlari asosan jamoatchilik asosida boshqarildi. Ya’ni yirik shaharlar va viloyat markazlarida tashkil etilgan turistik klublar, seksiyalar turizm harakatining asosini tashkil etdi. Ilg‘or tajriba va imkoniyatlarga ega bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ba’zi bir umumta’lim maktablarda turistik klub (seksiya) tashkil etildi. Ularning faoliyatida ommaviy piyoda yurish sayohati va turizm bo‘yicha musobaqalar (slyot) tashkil etish, viloyat hamda respublika musobaqalarida ishtirok etish ustuvor turar edi. Bunday jamoalarda turistik faollarni (aktiv) tayyorlashga ham alohida e’tibor berildi. Respublika turizmining rivojlanish tarixida Samarqand sayohatchi-tashkilotchilarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Samarqand eng qadimiy shahar sifatida tarixiy obidalarga boy bo‘lishi bilan jahonga mashhurdir. Shu sababdan bu yerga eramizdan oldingi 327-yilda bosqinchilik maqsadida kelgan Aleksandr Makedonskiy talon-tarojlik bilan shug‘ullangan bo‘lsa-da, 1865–1870-yillarda rus bosqinchilari, sobiq ittifoq davrida esa markaz rahbarlari ham shaharni va baland minoralarni ko‘rib lol qolishgan. Samarqand o‘zining qadimiy arxitektura qurilishi va tarixiy madaniy obidalari orqali yurtimizning shon-shuhrati hisoblanadi. Shu sababdan o‘tgan davrda ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan sayr (ekskursiya) va piyoda yurish turizmi mazmun va mohiyat jihatdan e’tiborga loyiq edi. Ikkinchi jahon urushidan avvalgi davrlarda (1930–1940- yillar) o‘quvchi-yoshlarning piyoda yurish sayohatlari asosan Ohalik (shahardan 20–25 km janubda), Omonqo‘ton (40 km janubda) va Zarafshon daryosi yoqasidagi Cho‘ponota 13 (shaharning g‘arb tomonida 6–8 km) ziyoratgohiga ko‘p tashkil etilgan. Ularning maqsadi atrofmuhitni o‘rganish, jismonan chiniqish, o‘simliklardan gerbariylar tayyorlashdan iborat edi. Urushdan keyingi dastlabki davrlarda (1950– 1960-yillar) Ohalik, Mironko‘l, Cho‘ponota, Omonqo‘ton va boshqa manzarali joylarga guruh-guruh (o‘quvchi-yoshlar) bo‘lib sayohat qilish odat tusiga aylandi. Ayniqsa, Omonqo‘ton g‘ori (1946-yilda topilgan) mehnatkashlar va o‘quvchi-yoshlarning diqqatini ko‘proq jalb etgan. Chunki mazkur g‘orda bundan 40 ming yil avval yashagan odamlarning suyaklari topilib, uning tarixi ancha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. 1951-yil pedagogika bilim yurti negizida jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurtining tashkil etilishi (direktori Yu.Yu. Yusupov uzoq yillar rahbarlik qildi) katta voqelik bo‘ldi. Bilim yurti o‘quv rejasi asosida turizm maxsus fan sifatida o‘qitila boshlandi. Uni geografiya o‘qituvchisi Ibrohim G‘aybullayevich Xolmurodov boshqardi. Xolmurodov bilim yurtidagi 50 yildan ortiq xizmati davomida juda ko‘p tajribali sayohatchilarni yetishtirish hamda ko‘p mingli mutaxassis kadrlarni tayyorlashda faol xizmat qildi. E’tirof etish lozimki R.Abdumalikov (1951-1955-yillar) va T.X.Xoldarov (1965–1968yillar) I.G‘. Xolmurodovning ilk, qaldirg‘och shogirdlari hisoblanadilar. Jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurti o‘quvchilari bilan “bir kunlik” (dam olish kunlari) va “ko‘p kunlik” (yozgi imtihon sessiyasi oldidan) sayohatlarni o‘tkazishning asosiy manzili Cho‘ponota va Omonqo‘ton, keyinchalik esa Ohalikda tashkil etilgan (1962-yil) sog‘lomlashtirish oromgohi hisoblandi. “Piyoda yurish” sayohatlari jarayonida nazariy bilimlar (yurish, dam olish, tunash, ovqatlanish, tabiatni kuzatish va hokazo) va amaliy ko‘nikmalar chuqur o‘rgatila boshlandi. Shahar va viloyat miqyosida tashkil etilgan musobaqalarda (slyot) barcha o‘quvchi-yoshlarni (500–600 kishi) jalb etish yo‘lga qo‘yildi. 14 Iqtidorli yoshlar va havasmand turistlarni jamlab (15–20 kishi) 13–15 kun davomida Ko‘likalon, Iskandarko‘l, Morg‘uzar ko‘llariga sayohat uyushtirish ishlari yaxshi natijalar bera boshladi. Natijada shahar turistlar klubi tashkil etilib (rahbar N.Boykoni) turizmni targ‘ibot qilishda muhim burilish bo‘ldi. Uning faollari V.I.Kucheryavix, B.Klimov, A.P.Avanesov kabilar ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida turistik to‘garaklar tashkil etishdi. Samarqandda turizmning ravnaq topishi 1960–1970-yillarga to‘g‘ri keladi. Jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurti tajribalari va turizmni targ‘ibot qilishdagi ko‘pgina faoliyatlar shahardagi xotin-qizlar pedagogika bilim yurti (R.Abdumalikov), oziqovqat texnikumi (J.Faxritdinov), tikuv fabrikasi (R.P.Suxareva) va boshqa jamoalarda turizmning ommalashuviga sabab bo‘ldi. Shu sababdan ham viloyat “Spartak” sport jamiyati tarkibida turizm seksiyasi (boshqaruvchi) tashkil etilib, unga A.P.Avanesov rahbarlik qildi. Samarqand turizmining rivojlanishida xotin-qizlar pedagogika bilim yurtining faoliyati salmoqli o‘ringa ega. 1955–1960-yillarda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari A.Sirojov, V.Sintoyev va rasm o‘qituvchisi S.S.Xegay boshchiligida Zarafshon daryosi sohillari, Afrosiyob qazilmalari va shahar ichida dam olish kunlari sayr-sayohatlar tashkil etilib, o‘quvchi qizlarning bilim doiralarini kengaytirishga xizmat qilishgan. Hatto ular Ko‘likalonga (Tojikiston) sayohat uyushtirishga muvaffaq bo‘lishgan. 1960-yil sentabrda bilim yurtiga tajribali mutaxassis R.Abdumalikov taklif etildi. Abdumalikov avvalo bilim yurtining shartsharoitini o‘rganib chiqdi. So‘ngra Xegay va boshqa o‘qituvchilar bilan maslahatlashib birinchi marta 30 ga yaqin o‘quvchi qizlar bilan Omonqo‘tonga sayohat uyushtirildi. Chunki, R.Abdumalikovning xotirasida (1951–1956-yillar) Omonqo‘ton chuqur iz qoldirgan edi. Sayohat mazmunli, qiziqarli 15 bo‘lib o‘tdi. Sayohat yakunida bunday sayohatlarni har bahor va har kuzda tashkil qilish, yozgi ta’tilda esa Iskandar ko‘lga sayohat uyushtirishga kelishib olishdi. Shu tufayli bilim yurti o‘quvchi qizlari “Spartak” jamiyati turizm seksiyasi va shahar turistik klubi tomonidan uyushtirilgan qishki, bahorgi va yozgi ommaviy sayohatlarining eng faol, eng ommaviy jamoasiga aylandi. Qizlar har bir sayohatda 100-150 goho 300 dan ham ortiq tarkibda qatnashib, ko‘rik-sinovlarning g‘olibligini qo‘lga kirita boshladi. Ayniqsa, Cho‘ponota, Xishrov GES, Ohalik, Mironko‘l kabi tog‘li hamda xushmanzarali joylarda o‘tkazilgan slyot (musobaqalar) dastur g‘oliblarini (ommaviylik, albomlar namoyishi, qo‘shiq-raqs, chodir o‘rnatish, noma’lum joyni topish, choy qaynatish va hokazo) Abdumalikov rag‘batlantirib bordi. Bu haqda bilim yurti jismoniy tarbiya o‘qituvchisi R.Abdumalikovning o‘quv qo‘llanmalari, gazetalardagi maqolalari guvohlik beradi. Eng muhimi va e’tiborli tomoni shundaki, R.Abdumalikov, S.S. Xegay, B.G‘aniyev rahbarligi va ishtirokida 1962–1967-yillar davomida xotin-qizlar bilim yurti o‘quvchi qizlari bilan Ko‘likalon, Iskandarko‘l, Morg‘uzar (Tojikiston), Shohimardon (Farg‘ona) va boshqa ko‘p joylarga “ko‘p kunlik” sayohatlar uyushtirildi. Shuningdek, Navoiy shahri, Moskva, Leningrad shaharlariga sayr (ekskursiyalar) tashkil etilib, o‘quvchi qizlarning bilim doiralarini kengaytirish, ularning jismoniy barkamolligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shdi. 1967-yil Samarqandda pedagogika instituti tashkil etilib, unda jismoniy tarbiya fakulteti ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Bunda tajribali mutaxassis sifatida R.Abdumalikovning xizmatlari kattadir. Mutaxassis kadrlarni tayyorlashda turizm fan sifatida o‘z o‘rniga ega edi. Shu boisdan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun, eng avvalo, Ohalikda turistlar bazasi, keyinchalik esa “Institut yozi” oromgohi tashkil etildi. Omonqo‘tondagi sport-sog‘lomlashtirish maskanida ham 16 oromgoh tashkil etildi. Bunda sayohatlar jarayonida tog‘ oraliqlari va cho‘qqilarida turli xil texnik mashqlar o‘rgatildi. O‘quv dasturi asosida bir haftalik amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish va sayohatlarning ahamiyatini targ‘ibot qilish maqsadida 1970-yil yozgi ta’tilda talabalar sayohatini o‘tkazish Issiqko‘lda (Qirg‘iziston) amalga oshirildi, sayohat jarayonida Issiqko‘l atrofi, uning sharqida joylashgan Prijevalsk shahri bilan tanishildi. 10 kundan oshiq davom etgan bu sayohat talabalar xotirasida chuqur iz qoldirdi. Keyingi davrlarda talabalarning “ko‘p kunlik” sayohatlari yana Iskandarko‘l, Morg‘uzor ko‘llari sohillari, baland qorli tog‘ cho‘qqilarida mazmunli davom ettirildi. O‘zbekiston turizmi turnalar kabi baland uchdi. Yuqorida ta’kidlanganidek Markaziy “Spartak” jamiyatining turizm seksiyasi tomonidan turli hududlarda turistik slyotlar o‘tkazish davom etdi. Keyinchalik Kavkaz, Boltiq bo‘yi va Markaziy Osiyo birinchiliklari tashkil etildi. Markaziy Osiyo hududidagi slyot Issiqko‘lda bo‘lib o‘tdi. Respublika terma jamoasi (rahbar, F.Tuxvatullin) tarkibida Samarqandlik turistlar R.Abdumalikov, J.Faxritdinov, R.Suxarevalar ishtirok etishdi. Slyot avgust oyining birinchi yarmida boshlandi. Slyot dasturida turistik texnika va taktika mashqlari bilan tanishtirish, jismoniy chiniqtirish, oziqovqatlarni jamg‘arish, topografik bilimlar va shu kabi zarur tadbirlar haqida nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Amaliy mashg‘ulotlar Ananyeva (Issiqko‘lning sharqiy qismi) Oqsuv darasi va dovoni, kichik Olma ota ko‘li – Olmaota shahri – Medeo–Gorelnik marshruti (yo‘nalishi) bo‘yicha 180 km. Tog‘li masofani 4 kunda piyoda o‘tish amalga oshirildi. Gorelnik turistlar bazasida dam olib, hordiqlar chiqarilgach dasturning asosiy qismiga o‘tildi. Ya’ni 10 dan ortiq jamoa (Moskva, Turkmaniston, O‘zbekiston, Dog‘iston, Omsk, Leningrad va hokazo) o‘rtasida texnik musobaqalar boshlandi. Bunda 50 m 17 uzunlikdagi sim arqonda jarlik ustidan sirpanib o‘tish, tortilib o‘tish, qiyaliklar va jarliklarda yugurib, belgilangan narsani chamalab topish (800 m), pastlikka tushib “jarohatlangan” kishiga tibbiy yordam ko‘rsatish, chodirni tez o‘rnatish va boshqa turlarda O‘zbekistonlik 8 kishi (14 tadan) muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqalar tugagach, barcha jamoalar baland qorli tog‘ dovonlaridan oshib, tez oqar daryolarni kechib yana Issiq ko‘l sohiliga (Ananyeva shahri) qaytib kelishdi. Mazkur slyotda ishtirok etgan qatnashchilar xotirasida bir umr saqlanib qolishi bilan birgalikda mamlakatda turizmni yanada ommalashtirishga katta xizmat qildi. Respublikaning iqtisodiy, madaniy va siyosiy salohiyatining o‘sa borishi bilan yangi viloyatlarni tashkil qilish yuzaga keldi. 1974-yil yangi Jizzax viloyati tashkil etilib, unda Pedagogika instituti ham ochildi. Odatdagidek fakultetning o‘quv rejasida turizm mustaqil fan sifatida o‘qitilaboshladi. Fakultetni tashkil etish va uning faoliyatini boshqarish uchun R.Abdumalikov taklif etildi. Shu bilan birgalikda T.Xoldarov, R.Bozorov, M.Pardaqulov, A.G‘ulomov kabi yosh mutaxassislar ham jalb etildi. Avvaldan faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar X.Komilov, H.Meliyev, Sh.Hasanov, P.Rajabov kabi yoshlar yangidan kelgan hamkasblari bilan jam bo‘lishib fakultet faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga kirishdilar. Qishki imtihon sessiyasi tugagach (1977-yil, fevral) talabalarning bir haftalik turistik mashg‘ulotini o‘tkazish uchun institutning Uchma qishlog‘ida (Forish tumani) joylashgan sport-sog‘lomlashtirish maskaniga (oromgoh) yo‘l olishdi. Maskan baland tog‘ oralig‘idagi soy yaqinida joylashgan bo‘lib 20 dan ortiq talabalar hamda o‘qituvchilar R.Abdumalikov va P.Rajabovlar boshchiligida mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Ular nazariy tushunchalarga ega bo‘lgach, amaliy mashg‘ulotlarni bajarishdi. Bunda tog‘ sharoitidagi 10 km masofani yurish va yugurish bilan o‘tish, 6 ta nazorat belgisini 18 (punkt) avvaldan qo‘yilgan narsani (yozma xat quti ichida) topib kelish vazifa qilib qo‘yildi. Ikki jamoaga bo‘lingan talabalar masofalarni belgilangan muddatda o‘tib kelishdi. Qirrali toshlar, qoyalarga chiqish, jarliklardan o‘tish, qiyaliklardan yiqilmay tushish kabi murakkab texnik mashqlar talabalarning mahoratini oshirish, tog‘ turizmi bilan shug‘ullanish kabi faoliyatlarini uyg‘otishga katta hissa qo‘shdi. Shu tariqa Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirishning yangi qirralariga asos solindi. Respublikada turistik kadrlarni tayyorlashda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining (O‘zDJTI) hissasi beqiyos kattadir. Institut tashkil topgan davrdan boshlab (1955-yil) qishki (1965yilgacha) va yozgi ko‘p kunlik turizm o‘quv dasturida turizmning jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni, turizmni tashkil qilish, sayohatchilarni topografik bilimlar, ilmiy qidiruv ishlari, birinchi tibbiy yordam kabi mavzularda nazariy mashg‘ulotlar va amaliy tadbirlar mazmun topgan. Shu asosda bo‘lajak o‘qituvchilar va murabbiylarning turistik faoliyatlari takomillashtiriladi. Bu o‘z navbatida barcha turdagi ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish, mehnat jamoalari va turli muassasalarda sayr (ekskursiya) va sayohatlarni (turizm) tashkil qilish yo‘llarini belgilab beradi. Institutdan ko‘p kunlik sayohatlar Toshkent-Xo‘jakent yo‘nalishida poyezdda va undan keyin Xo‘jakent-Chimyon yo‘nalishida piyoda borish va qaytib kelish (130 km) sharti bilan o‘tkazilib kelindi. So‘nggi 8–10 yil davomida esa Toshkent-Kumushkon yo‘nalishida avtobusda, keyin esa u yerdagi institutning sog‘lomlashtirish-sport maskani atrofida piyoda yurish bilan dastur talablari bajariladi. Bu o‘quv-amaliy mashg‘ulotda III bosqich talabalari ishtirok etib, avvalo hisob (zachot) va keyin esa III razryad (“Turist” insho) normativini bajarishdi. Shu tariqa mutaxassislar turistik bilim va malakaga ega bo‘ldi. 19 Yuqorida ta’kidlanganidek, “mehnat va mudofaaga tayyor” majmui talablari asosida deyarli barcha turdagi ta’lim muassasalarida yil davomida 1–2 marotaba ommaviy sayohatlar uyushtirilar edi. Shu sababdan o‘quvchi-yoshlar va talabalarning 80–90 % sayohatlarda ishtirok etar, bu esa “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari talablarida ham o‘z ifodasiga ega edi. Lekin ommaviy sayrsayohatlarni o‘tkazish talab darajasida emas. Buning u yoki bu sabablari bor. Qanday sabab bo‘lmasin o‘quvchi-yoshlar va talabalar jismoniy barkamollikka erishish va kelajakda mehnat jamoasida sayohatlarni tashkil etish, ularda ishtirok etish va shu bilan bog‘liq faoliyatlarni boshqarish uchun turistik malakaga ega bo‘lishlari lozim. Xulosa qilib aytganda O‘zbekistonning mustaqilligi va istiqlol yo‘lidagi taraqqiyotida sog‘lom avlod Davlat dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘quvchi-yoshlar, talabalar va mehnatkash ommaning sihat-salomatligini yaxshilash, ularning jismoniy barkamolligini oshirishda jismoniy tarbiyaning muhim vositasi sifatida turizm o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Shu sababdan barcha aholi turizmning u yoki bu turi bilan shug‘ullanishlari maqsadga muvofiqdir. 1.3. O‘zbekiston mustaqilligi davrida turizmning yangi yo‘nalishlari va ularning istiqbollari Ma’lumki, ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlari davlat tasarrufidagi ko‘p sohalar, boshqaruv organlari faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlar uning asosini tashkil etadi. Fan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, jismoniy madaniyat va sport kabi eng muhim sohalar insoniyat uchun eng zarur hayotiy tadbirlar sirasiga kiradi. Aholining barcha qatlamlarida sog‘lomlashtirish, hordiq chiqarish va ko‘ngil ochish tadbirlarini yanada keng yoyish, bunda sayr-sayohatlarni (turizm) maqsadli tashkil qilishga katta e’tibor berilmoqda. 20 Buyuk kelajak avlodlarini tarbiyalab yetishtirish, ularning ma’naviy va jismoniy kamolotini oshirishda sayohatlarning barcha turlari hamda shakllaridan keng foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Ana shunday keng qamrovli ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlarni tashkil qilish va uyushtirish maqsadida Respublikada “O‘zbekturizm” kompaniyasi tashkil etildi (1995-yil). Uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilganligini eslatish lozim: 1. Aholining madaniy dam olishlari va sayohat qilishlarini ta’minlash. 2. Qadimiy buyuk iрak yo‘li o‘tgan shaharlarga aholining sayr-sayohatlar qilishiga shart-sharoitlar yaratish. 3. Ulug‘ allomalar xotirasiga bag‘ishlab qurilgan maqbaralar, yodgorlik maskanlari va hokazolarga ziyorat qilish uchun sayohatlar uyushtirish. 4. O‘quvchi-yoshlarning tarixiy yodgorliklarni sayohatlar orqali o‘rganishi va sayr qilib, dam olishlarini ta’minlash. 5. Xalqaro turizmni rivojlantirish, chet mamlakatlarga sayohat qilish, chet eldan keladigan sayohlar guruhini ko‘paytirishga alohida e’tibor berish. 6. Tijorat, o‘zaro hamkorlik va boshqa maqsadlarda sayohat tadbirlaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 7. Turizm bo‘yicha madaniy xizmatlarni kengaytirish, ularga yoshlarni jalb etish va mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlarini jadallashtirish va hokazolar. Ta’kidlash zarurki, mustaqillik sharoitida sayohatlarga bo‘lgan talablar avvalgi davrlardagi turizmdan keskin farq qilmoqda. Bular, o‘z navbatida, Respublikada turizmni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari hamda shakllarini ochib bermoqda. Bunday jarayonlarni yanada rivojlantirish masalalari Respublika hukumatining diqqatmarkazida turibdi. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 21 15-apreldagi “2005-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida” va 1999-yil 30-iyundagi “O‘zbekistonda turizm uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida”gi farmonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risidagi” 1999-yil 2-iyuldagi 324 sonli Qarori va boshqalarda ko‘rish mumkin. 1999-yil 2-iyuldagi qaror asosan mamlakatda turizm bo‘yicha zamon talablari darajasida mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan maxsus ta’lim muassasalarini yaratish hamda shu asosda turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish maqsad qilib qo‘yilgan. Shunga ko‘ra: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda 1999-yil 1-avgustga qadar tuzilgan rejalari amalga oshirilib, ya’ni: Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti tarkibida xalqaro turizm fakulteti faoliyat ko‘rsatib turibdi. Toshkent shahar mehmonxona xo‘jaligi va turizm litseyi negizida Toshkent turizm kasb-hunar kolleji tashkil qilindi. 2. Toshkent Madaniyat institutidagi turizm fakultetiga rejalashtirilgan qabul (80 ta) Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetiga o‘tkazilsin, degan ko‘rsatmalar amalga oshirildi. 3. Termiz, Shahrisabz, Samarqand shaharlarida turizm kasbhunar kollejlari tashkil etildi. Ushbu qaror (5-band)da ko‘rsatilishicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi turizm sohasidagi ta’lim muassasalariga har tomonlama yordam berishlari ta’kidlangan. Bunday ma’muriy va tashkiliy ishlarni bajarishdan maqsad shundaki, Respublikada turizm 22 xizmatlari hamda ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan amaliy faoliyatlarni yuqori darajaga ko‘tarishdan iboratdir. Bu bilan yurtimiz shon-shuhratini jahonga tanitishdagi faoliyatlarda turizm muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutilganligini bilish va anglash qiyin emas, albatta. Respublikaning barcha ijtimoiy-madaniy salohiyatlarini yuqori darajaga ko‘tarish, ayniqsa, aholi o‘rtasida turizmni ommalashtirish asosiy tadbirlardan biriga aylanmoqda. O‘quvchi-yoshlar va mehnatkash aholining sevimli sayohatlaridan biri piyoda yurish, toqqa chiqish, ot va boshqa ulovlarda go‘zal manzarali tabiat qo‘ynida sayohat qilish kabi faoliyatlar ham yangi shakl va mazmunga ega bo‘lib, ular ham ommalashmoqda. O‘quvchi-yoshlar va talabalarning yozgi sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohlaridagi sayohatlari o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lmoqda. Aholining salomatligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlarning jismoniy barkamolligini tarbiyalashda turizm o‘z mavqeyi va maqomiga erishmoqda. Bu jihatlar “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari majmuyida o‘z ifodasini topganligi muhim ahamiyatga egadir.
Yüklə 124,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin