Modulidan o’quv-metodik majmua


-ilova  Maktab islohotida texnologiya fani ularga qo‘yiladigan DTS talablari



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

7-ilova 
Maktab islohotida texnologiya fani ularga qo‘yiladigan DTS talablari 
Amaldagi Davlat ta’lim standarti sharhiga ko‘ra o‘quvchilar 5-9 sinflarda 
texnologiya fani fanida mavjud beshta yo‘nalishlaridan faqat bittasi bo‘yicha 
tahsil olishi belgilab berilgan bo‘lib, unda xalq xo‘jaligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi tayyorlov yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi tuzilmasi 
va talablariga muvofiq tayyorlash bilan bog‘liq imkoniyatlar hamda qiziqishlari 
cheklab qo‘yilgan edi. SHu bilan birga kasb tanlashga yo‘llash ishlari faqatgina 8-
9 sinflarda qisman o‘rganilishi o‘quvchilarda quyi sinflardan kasb-hunarlar 
to‘g‘risidagi tushunchalarni tizimli shakllantirish imkonini bermasligi, ta’lim 
mazmunini mujassamlashtirish tamoyilini to‘laqonli amalga oshirishga to‘sqinlik 
qilar edi. “Gazlamalarga ishlov berish” yo‘nalishi zamonaviy talablar darajasida 
qayta ishlanib, uning mazmunga yangi “Ro‘zg‘orshunoslik” va “Elektronika 
asoslari” bo‘limlari qo‘shildi.
8-9 sinflarda “Texnologiya va dizayn” va “Servis xizmati” yo‘nalishlar 
mazmuniga “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi” bo‘limlari mahalliy sharoitlar 
hamda milliy xususiyatlarni e’tiborga olgan holda o‘quvchilarni kasbga 
yo‘naltirish maqsadida yangi kirildi. “Gazlamalarga ishlov berish” yo‘nalishi 
zamonaviy talablar darajasida modernizasiya qilinib, ishlab chiqarish asoslari va 
kasb tanlashga yo‘llashga oid bilimlar bilan to‘ldirildi. 
Shunga ko‘ra, ishchi guruh tomonidan Davlat ta’lim standarti sharhlarida 
o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mos kelmaydigan
fanlararo 
bog‘lanishni ta’minlamaydigan ko‘pgina mavzular chiqarilib, 
texnologiya fani yo‘nalishlari o‘zaro integrasiyalashtirilib, 5 ta yo‘nalish 3 taga 
keltirildi, ya’ni:
5-7 sinflarda “Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi” va “Metalga ishlov berish 
texnologiyasi” yo‘nalishlari umumlashtirilib, yangi “Uy-ro‘zg‘or buyumlarni 
ta’mirlash” va “Elektrotexnika ishlari” bo‘limlari bilan yagona “Texnologiya va 
dizayn”; “Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi” va “Pazandachilik asoslari” 
yo‘nalishlari mazmunan umumlashtirilib, yangi “Buyumlarni ta’mirlash 
texnologiyasi” bo‘limi bilan yagona “Servis xizmati” yo‘nalishlar mazmuni ishlab 
chiqildi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin