Modulli ta`limni shakllantirish. Reja


Dasturli ta'lim turlari. Masofaviy ta'lim va uni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari



Yüklə 39,48 Kb.
səhifə6/8
tarix26.06.2023
ölçüsü39,48 Kb.
#135259
1   2   3   4   5   6   7   8
MODULLI TA`LIMNI SHAKLLANTIRISH.

5. Dasturli ta'lim turlari. Masofaviy ta'lim va uni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari.
Oliy ta'lim sohasidagi o’qitish usullari zamonaviy axborot vositalari bilan boyitilishi natijasida ta'lim sifatining yanada ortishi kutilmoqda. Bu borada masofaviy o’qitish usuli o’qituvchi (pedagog) va talabalar uchun ham qator qulayliklarga egaligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Internet, multimediya kabi texnologik usullar talabalar uchun zarur bo'lgan o’quv materiallari, qo'llanmalar asosida kompyuter dasturlarini ishlab chiqish vazifasini qo'ymoqda. Zero, masofaviy o’qitish har qanday sohada ham jahon ta'lim markazlarining uslubiy adabiyotlari, zamonaviy hamda so'nggi axborotlarni olish va ulardan jamlab foydalanish imkoniyatlarini beradi.
Masofaviy o’qitish usuli an'anaviy ta'lim shakllaridan farqi qiladi. U talabalarni o'ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o’qitish imkonini beradi. O’quv kursiga bog’liq bo'lmagan holda shaxsiy va guruh talabi asosida o’quv rejalari ishlab chiqiladi. O’qitish jarayonida talabalarga ilmiy axborot va ma'lumotlar bo'yicha markazlashgan tarmoq orqali o'zaro axborot almashinuvini joriy etish mumkin. O’quv maydonlari, texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish, ma'lumotlarni yig’ib bir tizimga solingan holda ifodalab berilishi va mutaxassislarni qayta tayyorlashda ham xarajatlarni kamaytirishga erishilishi kutilmoqda. Ta'lim-tarbiya berish jarayonida eng zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va turli samarali texnologiyalardan foydalaniladi.
Masofaviy ta'lim o’qituvchi (pedagog) va mutaxassislarning ham vaqtini tejab, imkoniyati darajasidan kelib chiqqan holda moddiy manfaatdorligini oshirish bilan mustaqil ta'lim olish uchun keng sharoit yaratib beradi. Ta'lim sohasida erishilayotgan yutuqlarning jahon ta'lim tizimi doirasida almashinuvini tashkil etish, bu sohadagi yutuqlarni ho'lga kiritishni ta'minlashi shubhasizdir.
Masofaviy o'qitish usuli mutaxassis o'qituvchi(pedagog)larning oldiga yangidan-yangi dolzarb vazifalarni qo'ymoqda. Chunki o'quv materiallarining muntazam to'ldirib borilishi, ta'lim beruvchilarning ijodiy yondashuv hamda yangiliklar bilan o'z malakasini oshirishlari va bu ko'rsatkichlarni jahon ilmi yutuqlari bilan muvofiqlashtirib borishlari talab etilmoqda. Bu o’qitish usuli ta'lim talabiga asosan talabaning o'z ustida ishlashini tashkil etish, ko'proq bilim olishga intilishi, kompyuter bilan mustaqil ishlash va olgan bilimlaridan ijodiy foydalanishini ta'minlaydi hamda olingan bilimlar maxsus o’quv-uslubiy nashrlar, testlar bilan tekshirilib, to'ldirilishi mumkin.
Axborot texnologiyalarining keng miqyosda joriy etilishi bilan masofaviy o’qitishni bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni echishda ham joriy etish mumkin. Ta'lim sohasiga bo'lgan fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar yaratish bilan respublikamizning malakali mutaxassislarga bo'lgan talabi ham qondiriladi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy va kasbiy faolliklarini oshirishga erishish mumkin. Xususiy tadbirkorlik bilan mashg’ul shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu esa oliy ta'lim tizimida yig’ilgan ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini qo'ymoqda.
Masofaviy o’qitish geografik jihatdan turlicha joylashgan ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan edi. Lekin zamonaviy axborotlar va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta'lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo'l ochib berdi. Natijada masofaviy o’qitish uslubi asosida o’qitish tez vaqt ichida Oliy va o'rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitishda yangi uslublarni qo’llashga yana bir turtki bo'ldi. Masofaviy o’qitish bo'yicha Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi kunda jahon miqyosida 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta'lim olishmoqda. AQSHda shu uslub asosida o’qitish maqsadida yangi o’quv markazlari barpo etilmoqda hamda ular milliy kadrlarni zamon talablari asosida tayyorlash va qayta tayyorlash afzalliklariga egadir.
Masofaviy o’qitishning quyidagi afzalliklari mavjud:

Yüklə 39,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin