Asar 1156-1157 yillari bitilgan bo‘lib, to‘rt qismdan iborat:
Dabir (kotib)lar va dabirlik haqida;
SHe’riyat ilmi va shoirlarning qadr-qiymati haqida;
Cayyoralar haqidagi ilm va munajjimlik haqida;
Tibb (meditsina) va tabiblik xususidadir.
Birinchi qismda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar o‘rtasidagi 1141 yilning 9 sentabrida Samarqand atrofida bo‘lgan urush, Qoraxitoylar bilan Xorazm, shuningdek, Sulton Mahmud G‘aznaviy bilan Movarounnahr hukmdori Qoraxoniy Bug‘raxon Muhammad (1033-1056 yillar atrofida vafot etgan) o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, qoraxitoylar istilosi arafasida Buxoro sadrlarining umumiy ahvoli haqida qisqa, lekin qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
“Chor maqola”ning ikkinchi qismida ham muhim ma’oumotlarni uchratamiz. Mashhur forsiyzabon shoirlar Rudakiy (taxm.860-941 yy.), Farruhiy (1038 yili vafot etgan), Firdavsiy (taxminan 940-1020-1030 yillar orasi)larning hayotiga oid, shuningdek, Bodhizning tabiiy sharoiti, masalan u yerda bo‘lgan 1000ga yaqin koriz, uzumning 120ta navi, Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning adabiy va madaniy hayotiga oid axborotlar shular jumlasidandir.
Uchinchi qismda Abu Rayhon Beruniy va Umar Hayyomning (taxm. 1048-1123) hayoti (Nizomiy Aruziy Samarqandiy u bilan yaqindan tanish bo‘lgan) bilan bog‘liq ma’lumotlar berilgan.
To‘rtinchi qismda o‘zbekistonlik buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning (980-1037 yy.) Buxoro va Xoraz mdagi ilmiy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni uchratamiz.
Xullas, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning ushbu asari O‘zbekistonning X-XI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan manbalardan biri hisoblanadi.
“Chor maqola”ning forsiy matni 1910 va 1955-1957 yillarda eronlik sharqshunos olimlar Mirzo Muhammad Qazviniy hamda Muhammad Mu’in tomonidan chop qilingan. Asar ingliz tiliga 1921 yili va 1963 yili rus tiliga tarjima qilingan. Sharqshunos Mahmud Hasaniy uni o‘zbek tiliga tarjima qilib chop ettirgan.
“Zayn al-axbor”
“Zayn al-axbor” (“Tarixlar bezagi”) nomli kitob muallifi XI asrning yirik tarixchisi Gardiziydir. Uning to‘la ismi Abu Said Abulhay ibn Zahhok ibn Mahmud Gardiziy, G‘azniga (Afoniston) tobe bo‘lgan va uning sharqiy tarafida joylashgan Gardiz qishlog‘ida tug‘ilgan. U o‘z zamonidayoq shuhrat topgan olimdir. Bu esa uning yaqin “Zayn al-axbor” nomli asari tufayli bo‘ldi. Kitob 1049-1050 yillar orasida yozib tamomlangan va G‘aznaviylardan Sulton Abdurashidga (1049-1053) taqdim etilgan.
“Zayn al-axbor” asosan qadim zamonlardan (islomiyatdan avval o‘tgan qadimgi Eron podshohlari zamonidan) to 1041 yilgacha, ya’ni G‘aznaviylardan Sulton Mavdud (1041-1050) bilan Sulton Muhammad (1030-1031, ikkinchi marta 1041) o‘rtasida, ya’ni 1041 yili Dinovarda bo‘lgan urushgacha Xurosonda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida hikoya qiladi. Asarda ayniqsa Xurosonning arab istilosidan 1041 yilgacha bo‘lgan tarixi boshqa asarlarga nisbatan kengroq yoritilgan.
Gardiziy ushbu asarini yozishda as-Sallomiyning “Kitob fi axbor vuloti Xuroson”, al-Jayxoniyning “Ajoyib al-buldon”, shuningdek ibn Muqaffa, ibn Xalliqonning asarlaridan ham foydalangan.
“Zayn al-axbor” rumliklarning madaniyati (dar ma’rifati rumiyon), turli xalqlarning diniy marosimlari va yil hisoblari, Movarounnahrning turkiy aholisi va Hindiston haqida degan boblardan iborat. Asarning turli xalqlarning (musulmonlar, yahudiydar, xristianlar va boshqalarning) diniy marosimlari va yil hisoblari hamda Hindiston haqidagi boblari Abu Rayhon Beruniy asarlari, O‘rtv Osiyo va O‘zbekistonning turkiy aholisi haqidagi bobi esa qisman ibn Xurdodbeh, Jayhoniy va ibn Muqaffa asarlariga tayanib yozilgan.
Gardiziyning “Zayn al-axbor” asari Xuroson va Movarounnahrning arablar istilosidan to XI asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan siyosiy tarixini qrganishda muhim o‘rin tutadi.
“Zayn al-axbor” asarining forscha matni eronlik Mirzo Muhammad Qazviniy 1937 yili, Muhammad Nozim 1928 yili hamda Said Nafisiy tomonidan 1954 yili chop etilgan edi. 1969 yili Tehronda asarning to‘la nashri amalga oshirildi. Uning turkiy xalqlar haqidagi bobi rus tilida V.V.Bartold tomonidan 1900 yili nashr qilingan.
Kitobning O‘zbekistonga aloqador qismi A.K.Arends tomonidan ruschaga qilingan tarjimasi 1991 yili L.M.Yepifanova tomonidan nashrga tayyorlanib Toshkentda chop etildi.
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” (“Samarqand tarixi haqida qand kitob”) nomli asar muallifi yirik tarixchi, tilshunos va faqih Najmuddin Abu Hifs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Luqmon an-Nasafiy (1068-1142)dir. U musulmon qonunshunosligiga oid “Manzumot an-Nasafiya fi-l-xulofiyot” (“Kelishmovchiliklar haqida Nasafiyning she’riy asari”), “Aqoid an-Nasafiy” (“(Islom) aqidalariga an-Nasafiy sharhi”) shariat yo‘l-yo‘riqlari va “Qur’oni karim” sharhiga bag‘ishlangan “Al-yavoqit fi-l-mavoqit” (“Qulay vaqtlar xususida yoqutlar”), “Zallat al-qoriy” (“Qorilarning xatolari haqida”) va tasavvuf xususida “Risolai Najmiya” kabi bir necha kitoblar yaratgan.
Nasafiyning tarix fani uchun eng muhim “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” asaridir. Uning yana bir nomi “Kitob al-qand fi ma’rifati ulamoi Samarqand” (“Samarqand olimlarini tanish borasida qand kitobi”) ham mashhurdir. Ushbu asarda O‘zbekistonning islomgacha bo‘lgan tarixi, uning arab istilochilari tomonidan bosib olinishi, Samarqandning diqqatga sazovor osori atiqalari haqida ma’lumot keltirilgan.
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning arabcha asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Nasafiyning shogirdi Abulfazl Muhammad ibn Abdujalil ibn Abdumalik ibn Haydar as-Samarqandiy (XII asr) ushbu asarning qisqartirilgan forscha tahririni yaratgan. V.V.Bartoldning fikricha (Asarlar, VIII jild,- M.: 1973, 257 bet) Abulfazl Muhammad as-Samarqandiy asarning forscha tahririga Abulfazl Muhammad as-Samarqandiy al-Idrisiyning (1015 yili vafot etgan) “Kitob komil al-ma’rifat ar-rijol” (“Mashhur kishilarni tanish haqida mukammal kitob”) nomli asaridan am ayrim parchalarni olib kiritgan.
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning XV asr oxiri XVI asr boshlarida Said Ahmad ibn Mir Vali qalamiga mansub forscha tahriri ham bor. “Qandiyayi xurd” (“Kichik qandiya”) nomi bilan mashhur bo‘lgan bu asarning qo‘lyozma nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Dushanbe shaharlarida hamda Germaniya, Hindiston va Saudiya Arabistoni kutubxonalarida saqlanmoqda.
“Qandiyayi xurd” bir necha marta toshbosma usulida Samarqand (1909 y.), Toshkent va Tehronda (1955 y.) chop etilgan; bir qismi V.L.Vyatkin (1869-1932 yy.) tarafidan rus tiliga tarjima qilingan va 1906 yili nashr etilgan.
“Tarixi jahonkushoy”
“Tarixi jahonkushoy” (“Jahongir (Chmngizxon) tarixi”) nomli yirik tarixiy asarni yaratgan tarixchi XIII asrda o‘tgan yirik olim va davlat arbobi Juvayniydir. Uning to‘la ismi Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad al-Juvayniy. U 1226 yili G‘arbiy Xurosonning Juvayn hududiga qarashli Ozodvor qishlog‘ida badavlat va nufuzli siyosiy arbob oilasida tug‘ilgan. Otasi Bahouddin Muhammad Xorazmshoh Alouddin Muhammadning Xurosondagi noibi bo‘lgan, mo‘g‘ullar xuruji vaqtida Sulton Jaloluddin bilan birga ularga qarshi danglarda qatnashgan. Mo‘g‘ullar 1221 yili Nishopurni ishg‘ol qilgach, Bahouddin Muhammad Tusga qochib bordi va uning mustahkam qal’alaridan biriga yashirindi. Lekin qal’a hokimi uni bandga olib mo‘g‘ul lashkarboshilaridan Qo‘lbo‘lotga topshirdi. Qo‘lbo‘lot asirning ma’lumotli va iste’dodli shaxs ekanligini anglab, uni tirik qoldirdi. Keyincha Bahouddin Muhammad mo‘g‘ullar xizmatiga qabul qilindi va tovafotiga (1258 y.) qadar Xurosondagi mo‘g‘ul hokimlari Chintemur, Kirko‘z, Arg‘un og‘a huzurida sohib devonlik vazifasida turdi.
Bahouddin Muhammaddan ikki o‘g‘il qoldi. To‘ng‘ichi Shamsuddin Muhammad 1262-1283 yillari Erondagi mo‘g‘ul hukmdorlari Elxonlardan Halokuxon (1256-1265 yy.) hamda Abaqaxon (1265-1282 yy.)ning vaziri, sohib devon bo‘lgan va mamlakatning idtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynagan.
Bahouddin Muhammadning kenda o‘g‘li Alouddin yoshligidan yaxshi o‘qidi, arab, fors, keyinchalik mo‘g‘ul va uyg‘ur tillarini mukammal o‘rgandi, o‘rta asr fanining bir talay sohalarini puxta egalladi. U yoshligidayoq mo‘g‘ul hukmdorlari xizmatiga qabul qilindi va Kirko‘z hamda Arg‘un og‘aning devonida xizmat qildi. Alouddin Otamalik Juvayniy Arg‘un og‘a bilan uch marta 1246-1247, 1249-1251, 1252-1253 yillari Mo‘g‘ulustonga, Qoraqo‘rumga bordi. U 1256 yilning boshlarida Halokuxonning buyrug‘i bilan Ismoiliylar hukmdori Rukniddin Hurshoh huzuriga Maymanduz qal’asiga elchi bo‘lib bordi va unga qarshilik ko‘rsatmay taslim bo‘lish haqidagi talabnomani topshirdi. Juvayniy Maymanduzni mo‘g‘ul qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilish chog‘ida Ismoiliylarning boy kutubxonasini talon-tarojdan saqlab qoldi.
Alouddin Otamalik Juvayniy 1259 yili Iroq va Xuzistonga hokim, malik qilib tayinlandi. O‘shanda u Bag‘dod va uning atrofidagi joylarni obod qildi. Tarixchi Vassofning (XIII asr oxiri-XIV asrning birinchi yarmi) ma’lumotlariga qaraganda, u katta mablag‘, 10000 oltin dinor sarflab Frot daryosidan Kufa va Najafga suv olib kelgan. Juvayniy bu lavozimda 20 yildan ortiq turdi. 1271 yili raqiblari qozi sayyid Tojiddin Ali ibn Muhammad, “Kitob al-faxriy” asari muallifi Abu Ja’far Jaloluddinning otasi, boshchiligida unga qarshi zimdan kurash boshladilar. Oqibatda ular Juvayniyni mansabini suiiste’mol qilib, xazinani bir qismini o‘zlashtirganlikda aybladilar. Juvayniy odam yollab qozi Tojuddin Alini o‘ldirtirdi, lekin bu bilan muxoliflarining ta’qibidan qutulib qololmadi. O‘sha yilning o‘zida Abaqaxon Bag‘dod devonini taftish qilish uchun odam yubordi. Taftish natijasida 250 tuman, bir tuman 10000 kumush dinorga teng, kamomad borligi aniqlandi. Juvayniy qamab qo‘yildi va kamomad undirib olingandan keyin hibsdan ozod qilindi va o‘z mansabiga tiklandi.
Oradan o‘n yil o‘tgach, 1281 yili, Tojuddin ismli bir shaxs uni yana xazinaga “qo‘l cho‘zishda” va yashirincha Misr bilan aloqa bog‘laganlikda aybladi. Bag‘dodning moliyaviy xo‘jaligi yana taftish qilindi va 300 tuman kamomad borligi aniqlandi. Bag‘dodning moliyaviy xo‘jaligi yana taftish qilindi va 300 tuman kamomad borligi aniqlandi. Juvayniy yana hibsga olindi, lekin kamomadgi to‘lashga so‘z bergani uchun qamoqdan ozod qilindi. Lekin, butun yer-suv va qimmatbaho buyumlarni sotsa ham kamomadning faqat 170 tumanini qopladi, xalos. Juvayniy yana qamoqqa olindi, uni qiynoqqa soldilar, Bag‘dod ko‘chvlari bo‘ylab yalangg‘och qilib olib o‘tdilar. Juvayniy To‘qudar Ahmad davri(1282-1284 yy.)da og‘asining yordamida hibsdan ozod etildi, musodara qilingan molu mulki qaytarib berildi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay, shahzoda Arg‘un Bag‘dod devonini qaytadan taftish qilish va Juvayniyning mol-mulkini musodara qilishni buyurdi. O‘sha vaqtda Juvayniy Ozarbayjonning Arronida edi. Bu xabar fojeaga olib keldi – 1283 yili Juvayniyning .ragi yorilib vafot etdi.
Alouddin Otamalik Juvayniy Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi asari bilan shuhrat topti. Kitob 1260 yili yozib tamomlangan.
“Tarixi jahonkushoy” asari uch qismdan iborat:
1) Mo‘g‘ullar, ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon (1246-1249 yy.) davrigacha, shuningdek, Jo‘jixon, Chig‘atoyxon va avlodlari tarixi,
Dostları ilə paylaş: |