Korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tashkil topishi korxonalar faoliyati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi,chunki u mazkur sharoitda faoliyatga joriy etilmagan ishlab chiqarishishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni o'z vaqtida aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashda muhim ro'l o'ynaydi. Foydalanilmagan resurslarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotini, qolaversa, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy faoliyat tahlili deb nimaga aytiladi? Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, Buxgalteriya hisobi va bosgqa axborotlarning malumotlari asosida o'rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi. Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo'lib korxonalar moliyaviy holati tahlili hisoblanadi. Korxona moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to'lovga qodirligi, o'z mablag'lari bilan ta'minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko'rsatkichlar darajasini o'rganish va tahlil qilish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko'rsatkichlarni o'z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart sharoitlar yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir.