Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash
28
2017 yilda, hukumat tomonidan majburiy mehnatni qo’llashga barham berishga yo’naltirilgan choralarni kuchaytirdi. August oyida, paxta terimiga talabalar
va davlat idoralari xodimlarini (jumladan sog’liqni saqlash va ta’lim muassasalari xodimlarini) jalb qilishni ta’qiqlovchi hukumat qarori qabul qilindi va
ta’qiqlarga qaramasdan paxta terimiga jalb qilingan shaxslar esa dala maydonlaridan o’z uylariga qaytarildilar. XMTning 2017 yilgi paxta mavsumi bo’yicha
hulosasiga ko’ra, “amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar markaziy hokimiyatning majburiy mehnatdan butunlay voz kechishga bo’lgan siyosiy intilishini
ko’rstamoqda. 2017 yilda, bu kabi maqsadlar yuqori siyosiy darajada tasdiqlanib, xozirda mazkur yo’nalishda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.”
22
Ushbu masalaning doimiy ravishda hal qilinishi paxta sanoatini kompleks qayta qurish, paxta maydonini kamaytirish, tijorat paxtachilikni joriy etish va
mexanizatsiyalashni rivojlantirishni talab qiladi. Paxta ekiladigan maydonlarni qisqartirish kabi ba'zi masalalarda, O'zbekiston hukumati bir qator choralar
ko'rmoqda. 2017 yil davomida, mazkur yo’nalishdagi harakatlar jadallashtirilib, ko’lami kengaytirildi. Paxta terimchilariga to’lov miqdori sezilarli darajada,
ba’zi hollarda ikki karra oshirilib, tijorat maqsadida paxta ishlab chiqarishga ruxsat berildi va mexanizatsiyalashtirishga yirik investitsiyalar kiritildi.
Ayollarning siyosiy hayotdagi ishtiroki, etnik va boshqa kichik guruhlar
O’zbekiston Konstitutsiyasining 18 Moddasiga ko’ra, fuqarolar jinsiy mansubligidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. O’zbekiston Ayollarning
Kamsitilishiga Barham berish Komissiyasiga (CEDAW) a’zo mamlakat sanaladi. Ammo shunga qaramay, ayollar yuqori davlat boshqaruvi organlari va
parlamentda ozchilikni tashkil etadi. BMTning O'zbekistondagi inson huquqlari bo'yicha byurosining raxbari may oyidagi O'zbekistonga tashrifi yakunida
o'tkazilgan matbuot konferentsiyasida yuqori lavozimlarda ayollar sonining kamligi bo'yicha o'z fikrini bildirib o'tdi. BMTning Inson huquqlari bo’yicha
Qo’mitasi O’zbekistondagi ayollar rolini kengaytirish masalalari bo’yicha qator tavsiyalar berdi.
23
Rivojlanish strategiyasi “ayollarning ijtimoiy siyosiy
faoliyatini oshirishga” chaqirsada, ammo shu davrga qadar bu sohada sezilarli o’zgarishlar amalga oshirilmadi.
18 modda etnik, diniy va boshqa guruhlarnig ham huquqlarini kafolatlaydi. 4 moddaga ko’ra, O’zekiston hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning
tili, an’ana va urf-odtlariga nisbatan hurmatni kafolatlab, ularni keng rivojlanishi uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratib beriladi. Konstitutsiya asosan
qoraqalpoq millati yashovchi Qoraqalpog’iston Respublikasiga rasman avtonomiya huquqi berilgan.
Taziyq, qo'rqitish va qiynoqlarning oldini olish
Konstitutsiyaga ko’ra fuqarolar qiynoqlardan qonunan himoyalanganlar. 26 moddaga ko’ra “shavqatsiz yoki inson qadr-qimmatini poy-mol qiluvchi qiynoq,
kamsitish yoki shu kabi harakatlarni amalga oshirish qat’iyan ta’qiqlanadi”. Bunday ta’qiqlar Jinoyat Kodeksida aks ettirilgan. O'zbekiston BMTning Qiynoq
va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazolarga qarshi konventsiyasini imzolagan mamlakatlat qatoriga kiradi.
Biroq, inson huquqlarini himoya qilish va uning monitoring uchun javobgar bo’lgan xalqaro tashkilotlar hibsga olingan va qamoq jazosi o’tayotgan shaxslarga
nisbatan zo’ravonlik qo’llanilayotgani haqida tashvish bildirmoqdalar.
24
2017 yilda, O’zbekiston hukumati bunday muammolarning mavjudligini tan olib, uni
nazorat ostiga olinishini kafolatladi. 2017 yilning noyabr oyida, Prezident tomonidan sud-tergov jarayonida qiynoqqa solish natijasida olingan dalillarni
qo’llashni ta’qiqlovchi farmonga imzo chekildi. Shu bilan birga, farmonga ko’ra, dalillarning hibsga olingan shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlariga
jismoniy va ruxiy bosim o’tkazish orqali olinishini bartaraf etish prokuratura xodimlariga yuklatildi. 2018 yil aprelida kuchga kirgan qonunda qiynoqlarga aniq
va kengaytirilgan ta'rif berilib, kuch ishlatganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin bo'lgan shaxslarning kengaytirilgan ro'yxati ishlab chiqilgan va
qiynoqlar qo'llanilganlik uchun jazo choralarini kuchaytirgan.
22. 2017 yilda O'zbekistonda paxta yig'im-terimi vaqtida bolalar va majburiy mehnatning uchinchi tomon monitoringi, XMT, 2018.
23. BMTning Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasi. O'zbekistonning to'rtinchi davriy hisobotida yakuniy kuzatishlar, 2015 yil, par.8-9.
24. BMTning Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasi. O'zbekistonning to'rtinchi davriy hisobotida yakuniy kuzatishlar, 2015 yil par. 13-14.