Moliy a viy tahlil va audit



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə3/28
tarix22.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#134211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
I BOB.

KIRISH ...............................................................................................

9




1.1.

Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi .................

5




1.2.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari ....................................................

6




1.3.

Tadqiqotning asosiy muammolari va savollari .....................................

6




1.4.

Tadqiqot ob’yekti va predmeti ..............................................................

7




1.5.

Tadqiqot natijalarining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati ..................

8




1.6.

Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi .............................................

9




II BOB.

ADABIYOTLAR SHARHI ...............................................................

11




2.1.

Adabiy manbalarda keltirilgan tadqiqotlar natijalari ............................

11




2.2.

Tadqiqot gipotezasi ...............................................................................

28




III BOB.

TADQIQOT METODOLOGIYASI ................................................

48




3.1.

Ma’lumotlar manbalari .........................................................................

48




3.2.

Tadqiqot dizayni ...................................................................................

48




3.3.

Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublar ..........................................................

49




3.4.

Tadqiqotni o‘tkazish uchun zarur sharoitlar .........................................

49




3.5.

Tadqiqot jarayonida kutilayotgan muammolar va ularning yechimi …

49




3.6.

Tadqiqotdan kutilayotgan ilmiy va amaliy natijalar ............................

50




IV BOB.

TADQIQOT TAHLILI VA NATIJALAR .................................

51




4.1.

Tovar-moddiy zaxiralarning auditi tekshiruvini o‘tkazish bosqichlari va auditorlik tekshiruvini rejalashtirish.

51




4.2.

Inventar va xo‘jalik jihozlari bo‘yicha muomalalarning auditi

58
















4.3.

Moddiy qiymatliklar va tovar zahiralari auditini takomillashtirish.......................

66




V BOB.

XULOSA VA TAKLIFLAR ...........................................................

71




5.1.

Tadqiqotning asosiy ilmiy - amaliy yangiligi va natijalari .................

71




5.2.

Tadqiqot natijasida keltirilgan asosiy tavsiya va takliflar ...................

71




5.3.

Kelgusi tadqiqotchilar uchun takliflar ..................................................

77







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI .......................

78






Keltirilgan jadvallar ro‘yxati:



1-jadval.

Ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi bo‘yicha ichki nazorat tizimi holatini tekshirish yuzasidan testlar

34

2-jadval.

Ishlab chiqarish xarajatlari va tannarx auditining dasturi

36
37

3-jadval.

Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari auditining bosqichlari

38

4-jadval.

Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini tekshirish muolajalari

41

5-jadval.

«Dunyo-M» AJ, «Jomboydonmahsulotlari» AJ, «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda tovar-moddiy zaxiralar tarkibi va ularning salmog‘i

43

6-jadval.

«Jizzaxdonmahsulotlari» AJda 2020 yilda 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» bo‘yicha material hisoboti

44

7-jadval.

«Jizzaxdonmahsulotlari» AJda buxgalteriya balansining aktiv va passivini harakatchanligini tahlili, mln. so‘m

47

8-jadval.

Tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazish bosqichlari

56

9-jadval.

Korxonada auditorlik tekshiruvi o‘tkazish namunaviy umumiy rejasi

59



Keltirilgan rasmlar ro‘yxati:



1-rasm.

Tovar-moddiy zaxiralarni boshqarish bosqichlari.

16

2-rasm.

Material xarajatlari holati va ulardan foydalanish tahlilining o‘tkazilish ketma-ketligi.

21

3-rasm.

Xom-ashyo va materiallarni hisobga olishning uslubiy jihati

23

4-rasm.

Xom-ashyo va materiallarni tekshirish ketma-ketligi

25

5-rasm.

Auditor fikrining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar

26

6-rasm.

1091-«Bir yillik o‘simliklar» ishchi schoti bo‘yicha schotlar korrespondensiyasi

54

7-rasm.

2840-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar» ishchi schoti bo‘yicha schotlar korrespondensiyasi

54

8-rasm.

2991-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar» ishchi schoti bo‘yicha schotlar korrespondensiyasi

55

1.I Bob. KIRISH

2.1.1. Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Jahon mamlakatlarida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditini takomillashtirish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jahon bankining hisobotiga ko‘ra «2022 yil 1 aprel holatiga bug‘doy narxining 30 foizga, neft, tabiiy gaz, mineral o‘g‘itlar narxi ham sezilarli darajada oshgani va dunyo mamlakatlarida ushbu mahsulotlarga bo‘lgan taqchillik ortayotgani»1 ta’kidlab o‘tilgan. Mazkur holatlar aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir etishi bilan birga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralar yetishmovchiligi natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu boisdan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbariyati tovar-moddiy zaxiralarni o‘z vaqtida hisobga olish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, unumsiz xarajatlarni oldini olishga e’tibor qaratmoqda.
Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida tovar-moddiy zaxiralar auditini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda tovar-moddiy zaxiralarni buxgalteriya hisobida tan olish, ularni haqqoniy qiymatda baholash, tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasini o‘tkazish, auditorlik tekshiruvlarida tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha ichki nazorat tizimini baholash, xalqaro standartlar asosida tovar-moddiy zaxiralarni tasniflash, tovar-moddiy zaxiralar tarkibida bir yillik o‘simliklarni hisobga olish, tovar-moddiy zaxiralar auditida nazoratning samarali amallarini qo‘llash, tovar-moddiy zaxiralar auditida to‘plangan dalillarning ishonchliligini baholash kabi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va sanoatning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushini oshirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish»2 vazifasi belgilanishi sanoat korxonalarida mavjud tovar-moddiy zaxiralardan oqilona va tejamkor foydalanish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish zarur hisoblanadi. Tovar-moddiy zaxiralardan foydalanish samaradorligini oshirishda ularning hisobini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish hamda auditorlik tekshiruvlari sifatini oshirish muhim hisoblanadi. Mazkur vazifalar tovar-moddiy zaxiralar auditini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish hamda uning uslubiy asoslarini takomillashtirish muhimligini ko‘rsatib beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonlari, 2018 yil 19 sentabrdagi PQ-3946-son «O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-con «Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida»gi, 2018 yil 14 dekabrdagi 1013-son «Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari, shuningdek mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Mahalliy iqtisodchi olimlardan A.Aliqulov, K.Axmedjanov, A.Ibragimov, A.Karimov, A.Pardaev, M.Pardaev, S.Tashnazarov, B.Xasanovning asarlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobi, tahlili va auditining nazariy jihatlari, shuningdek A.Achilov, D.Mavlyanova, U.Nurmanov, R.Raxmonov, A.Tuychievlarning dissertatsiya va monografiyalarida tovar-moddiy zaxiralar hisobi, tahlili va auditini takomillashtirishning ayrim masalalari o‘rganilgan3.
Ushbu mavzu doirasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va olib borilgan ilmiy-nazariy izlanishlarga qaramasdan, aynan tovar-moddiy zaxiralar auditini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari kompleks va yaxlit tarzda to‘liq o‘rganilmagan. Mazkur holat dissertatsiya ishida tadqiq etilgan ilmiy-amaliy muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning dolzarblik darajasini belgilab beradi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin